声母 Shengmu
Shenmu bo’g’inning undosh tovush bilan boshlanishini anglatadi, agar bo’g’in undosh tovush bilan boshlanmasa, u holda bu bo’sh shenmu deyiladi.
Masalan, xitoy tilidagi cun zhuang so’zidagi shenmular – “c” va “zh”, biroq ang so’zida esa boshlang’ich undosh tovush mavjud emas, ya’ni bo’sh shenmudir.
Undosh tovush va shenmu alohida tahlil qilinadi, ya’ni bular ikkalasi turli atamalardir.
Undosh tovush ko’pincha shenmu vazifasini bajaradi.
Shuningdek, yunmu oxiri vazifasini ham bajarishi mumkin.
Masalan, nan so’zidagi oldindagi [ n ] undoshi shenmu vazifasini, orqadagi [ n ] undoshi esa yunmu oxiri vazifasini bajaradi.
b, p, m, n, f
j, q, x
d, t, n, l
zh, ch, sh, r
g, k, h
z, c, s
Xitoy adabiy tilida jami 21 ta shengmu mavjud bo’lib, tovush chiqarish o’rniga ko’ra 7 guruhga bo’linadi.
Ular quyidagilar:
1. Lab tovushlari: yuqori va pastki lablarning yumilishi natijasida 3 ta shengmu hosil bo’ladi.
Bular b, p, m shengmularidir.
辨别 bian bie – ajratmoq 把柄 ba bing – predlog
批评 pi ping - urishmoq 乒乓 ping pang – taqqillagan ovoz
秘密 mi mi - sirli 明媚 ming mei – ajoyib
2. Lab tish tovushi: tepa tishni pastki labga tegishi natijasida 1 ta shengmu hosil bo’ladi.
Bu f shengmusidir.
方法 fang fa – usul, metod 芬芳 fen fang – xushbo’y
3. Til uchi oldi tovushlari: til uchi tepa tishning orqasiga yaqinlashishi natijasida 3 ta shengmu hosil bo’ladi.
Bular z, c, s shengmularidir.
总则 zong ze – umumiy qonun qoidalar
祖宗 zu zong – ajdodlar
猜测 cai ce – bilib olmoq 仓促 cang cu – shoshilmoq, oshiqmoq
松散 song san – yengil 琐碎 suo sui – mayda-chuyda, arzimagan
4. Til uchi o’rta tovushlari: til uchi tepa tishning mulkiga tegishi natijasida 4 ta shengmu hosil bo’ladi. Bular d, t, n, l shenmularidir.
大豆 da dou – so’ya 达到 da dao – yetib bormoq
天堂 tian tang – jannat 梯田 ti tian – terrasa, ayvon
能耐 neng nai - iqtidor 牛奶 niu nai – sut
联络 lian luo - aloqa 伦理 lun li – etika
5. Til uchi orqa tovushlari: til uchini qattiq tanglayga tegishi natijasida 4 ta shengmu hosil bo’ladi. Bular zh, ch, sh, r shengmularidir.
庄重 zhuang zhong - jiddiy 周折 zhou zhe – g’amxo’rlik
出差 chu chai – ximat safari 长城 chang cheng – buyuk devor
时时 shi shi – har doim 山水 shan shui – tog’ suvi
柔软 rou ruan - yumshoq 容忍 rong ren – sabr qilmoq
6. Til usti tovushlari: til usti qattiq tanglayning oldiga tegishi natijasida 3 ta shengmu hosil bo’ladi. Bular j, q, x shengmularidir.
积极 ji ji - faol 进军 jin jun – yurish qilmoq
请求 qing qiu - sabr qilmoq 亲戚 qin qi – qarindosh- urug’
写信 xie xin – xat yozmoq 虚心 xu xin – kamtar
7. Til orqa tovushlari: til orqani yumshoq tanglayga tegishi natijasida 3 ta shengmu hosil bo’ladi. Bular g, k, h shengmularidir.
古怪 gu guai - ajoyib 更改 geng gai – o’zgartirmoq
框框 kuang kuang – ramka 开口 kai kou – gapirmoq
呼唤 hu huan – chaqirmoq, taklif etmoq 后悔 hou hui – afsuslanmoq
韵母 Yunmu
Yunmu bo’g’indagi shenmudan keyin keladigan fonemadir.
Xitoy tilida 39 ta yunmu mavjud. U bitta unlidan ham, unlilar birikmasidan ham, unli va undosh tovushlarning birikmasidan ham tashkil topishi mumkin.
Masalan, ba so’zida yunmu [ a ] dir, yakkalasi unli; jiao so’zida esa yunmu – [ iao ] dir, unlilar birikmasi; xing so’zida yunmu – [ ing ] dir, unli va undosh tovushlarning birikmasi.
Shengmu va yunmularning birikishidan bo’g’in hosil bo’ladi.
Har bir bo’ginning ustiga qo’yilgan ohang ularning ma’nosini farqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
a, o, e ai, ei ia, ie iao ê, i, u ao ua, uo iou ü, i, i, er ou üe uai , uei an en ang ing ian in iang ueng uan un uang ong üan ün eng iong
Putonghuada yunmularni 3 turga ajratishimiz mumkin, ya’ni yakka yunmular, qo’sh yunmular va burun yunmulari
Do'stlaringiz bilan baham: |