Ilmiy ma`ruza qilish. Ilmiy ma`ruza asosan ilmiy amaliy konferentsiyalar. anjumanlar hamda davra suhbatlarida ilmiy tadkikotchi tomonidan amalga oshiriladi. ilmiy ma`ruza muayyan bir muammo yuzasidan kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlar tahlili bo`lib, bunda muammoni hal qilish chora-tadbirlari ko`rsatiladi. ushbu muammolar xususida boshqa qatnashchilar ham o`z nuqtai nazarini bildirishi, taklif va mulohazalar bilan qatnashishi mumkin. ilmiy ma`ruzalar o`quv jarayonida, seminar. konferentsiyalarda, ilmiy kengashlarda kilinadi. ilmiy ma`ruzaning mavzusi tashkillashtirilgan forumning yo`nalishiga mos bo`lishi shart. ilmiy ma`ruza prezentatsiya slayd, kodoskop, mulg’timediadan foydalanib keng auditoriyaga tanishtirishni ham o`z ichiga oladi.
Taqdimot (prezentatsiya) — tanishtiruv degan mahnoni anglatadi. Ilmiy ma`ruzani taqdimot kilish tartibi kuyidagicha:
1. Reglamentga qathiy rioya kilish kerak bo`ladi.
2. Kirish kismida ko`rilayotgan muammoning dolzarbligi.
3. Asosiy qismda o`rganilganlik darajasi, muammoning yechimlari, iqtisodiy samaradorligi, ijtimoiy ahamiyatiga to`xtalib o`tiladi.
4. Xulosa qismida erishilgan natijalar va xulosalar beriladi. MA`RUZA tinglovchilarning savollariga javob berish bilan yakunlanadi.
Ilmiy maqola yozish. Ilmiy maqolani yozishda muallif ikki narsaga ehtiborini karatishi lozim:
- maqolada aks etayotgan mavzuning dolzarbligi va axamiyatliligi, ilmiy maqolada ko`tarilgan muammoni o`rganish zaruriyati;
- maqolaning maqsadi, ko`tarilgan masalaning ilmiy yechimi, takliflar, muallifning fikr va mulohazalari asosida aniq yoritilishi lozim.
Muallif maqola yozishda rejaga muvofiq ishlashi lozim, aks holda, maqolaning maqsadi va vazifalari, ko`tarilgan masalaning yechimi maqolada o`z ifodasini topa olmaydi. Maqolaning nomlanishi maqola mazmuniga mos kelishi, qisqa va aniq ifodalangan bo`lishi lozim. Maqolada tadqiqot mavzusining biror bir tomoni ko`rib chiqiladi, muammo nimadaligi va uning yechimi haqida taklif-tavsiyalar berilgan bo`ladi. Maqola annotatsiya, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan tashkil topishi, iqtibos va havolalar, mualliflik qisqartmalari, shartli belgilar, jadvallar, chizmalar to`g`ri joylashtirilishi lozim. Ilmiy maqola odatda kafedrada professor-o`kituvchilari tomonidan ko`rib chikiladi va muhokama qilinib, kafedra majlisi yoki ilmiy seminar qarori bilan chop etishga tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |