Kurs ishlari va ularni bajarishning umumiy qoidalari.
Kurs ishi - har xil nuqtai nazarlarni o`zaro solishtirish va tahlil kilish ko`nikmasiga ega bo`lishni talab etadigan bir yoki bir kancha manbalarni o`zida mujassam etadigan g`oyalar ilmiy asoslangan yozma ko`rinishdagi taqdimotdir. Kurs ishi ustida ishlash tartibi quyidagicha:
- kurs ishi mavzusini tanlash
- tadkikot rejasini tuzish
- mavzu bo`yicha asosiy manbalarni o`rganish
- zaruriy materiallarni konspekt qilish
- yig`ilgan materiallarni tartibga solish va yozish
- adabiyotlar ro`yxatini rasmiylashtirish
- kurs ishini rasmiylashtirish.
Kurs ishlari loyihasi profsssor-o`kituvchilar rahbarligida talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish bo`lib, uning natijasi, kafedra tomonidan tayinlangan va dekanat tomonidan tasdiqlangan uch kishidan iborat komissiyada, kurs ishi rahbarining ijobiy taqrizini olgandan so`ng avvaldan belgilangan reja asosida himoya qilinadi. Himoyaning o`tkazilish tartibida komissiyaga takdim etilgan ish komissiya raisi tomonidan ehlon kilinadi, ehtirozlar bo`lmasa, muallifga 5-10 daqiqa ishning maksadi, moxiyati, olingan natija va xulosalar xakida gapirishga ruxsat etiladi. So`ng savol-javoblar bo`lib, komissiya ahzolari va katnashuvchilar ehtirozi bo`lmasa himoyaga o`tiladi. Himoya vaqtida muallif kurs ishlari materiallaridan, grafik gasvirlari va ko`shimcha mahlumotlardan foydalanishi mumkin.
Kurs ishini rasmiylashtirishga qo`yiladigan talablar:
1. Titul varag`i;
2. Mundarija;
3. Tartib raqamlari bir varaqdan ikkinchi varaqqa o`tadigan va 3 - betdan boshlanishi kerak. (birinchi va ikkinchi varaq — bu titul varag`i, mundarija va kirish bo`lib, ular raqamlanmaydi).
4. Kurs ishining hajmi 25 betdan kam bo`lmagan va 35 betdan oshmagan bo`lishi kerak.
5. Takdim etiladigan kurs ishi kompg’yuterda 14 - shrift Times New Roman, 1,5 interval oralig`ida A4 shaklidagi kog`ozda terilishi kerak. Matnning chap tomoni 3,0 mm, yukori tomoni 2,5mm, o`ng tomoni 1,5 mm va quyi tomonida 2,5 mm bo`sh joy bo`lishi kerak. Iqtibos va havolalarda muallifning familiyasi va ismi sharifi, kitobning nomi, chiqarilgan joyi va yili, sahifasi ko`rsatiladi.
1. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati 35 ta muallifdan kam bo`lmasligi va nazariy adabiyotlar (bunda avval ingliz tilidagi adabiyotlar, so`ngra rus va o`zbek tillaridagi adabiyotlar alfavit tartibida beriladi); badiiy adabiyotlar; ommaviy axborot vositalari materiallari; lug`atlar; internet – saytlari qismlaridan iborat bo`ladi.
Himoya rejasida belgilangan barcha talabalar himoyasi tugagandan so`ng, komissiya ahzolari holi qolib, bir qarorga kelinadi va reyting sistemasi bo`yicha 100 balli tizimda baholanadi hamda qo`yilgan baholar ehlon kilinadi. Qonikarsiz baholanganlar akademik qarzdor hisoblanib, dekanat belgilangan rejaga asosan yana bir bor himoya kilishlari mumkin. Komissiyaga topshirilgan kurs ishlari rasmiy ravishda kafedraga so`ng institut arxiviga kamida 5 yil muddatda saqlash uchun topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |