Ilmiy ish asoslari


-MA`RUZA: ILMIY ISHLARNING TARKIBIY -TUZILMAVIY XUSUSIYATLARI



Download 9,27 Mb.
bet21/72
Sana08.04.2022
Hajmi9,27 Mb.
#537769
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Bog'liq
Ilmiy ish asoslari

3-MA`RUZA: ILMIY ISHLARNING TARKIBIY -TUZILMAVIY XUSUSIYATLARI


Reja:
1. Ilmiy ishlarning tuzilmaviy xususiyatlari
2. Ilmiy matnni rasmiylashtirish qoidalari
3. Havolalarni berish tartibi va namunalari
4. Ilmiy matnga reja tuzish, uni tahrir qilish
5. Ilmiy ishga taqriz va ilmiy xulosa yozish


Tayanch so`z va iboralar:
Kompozitsiya, rubrika, sarlavha, bibliografiya, bibliografik apparat, kirish, asosiy qism, xulosa, taqriz, iqtibos, havola, ilova, qisqartmalar, shartli belgilar, illyustratsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar, reja, ilmiy matnni tahrir qilish.


1. Ilmiy ishlarning tuzilmaviy xususiyatlari
Ilmiy ishning tuzilmaviy xususiyatlari fikrning mantig`i bilan belgilanadi va matnning tuzilmaviy unsurlari, kompozitsiya va rubrikatsiyasini belgilab beradi. Ilmiy tadqiqot, izlanish jarayonini quyidagi tartibda borishini ko`rsatib o`tish mumkin:

  • Talqiqot mavzusi va sarlavhasini aniqlash

  • tadqiqotning dolzarbligi, yangiligi, obhekti, predmeti va uslubini asoslab berish;

  • tadqiqot jarayonini tasvirlash;

  • xulosalar chiqarish va umumlashtirish

Bularning barchasi ilmiy ishlarning kompozitsiya va rubrikasini belgilab beradi. Biroq ular fan sohasi, janriga va muallif uslubiga ko`ra o`zgarishi mumkin.
Kompozitsiya – asarning tuzilmasi, qismlarining mutanosibligi va o`zaro joylashuvi bo`lib, u ikki o`zaro bog`liq qismdan, yahni tasviriy - obzor qismi va asosiy - tadqiqot qismlaridan iborat. Kompozitsiyani tanlash, uni detallashtirish, avvalo, hal qilinayotgan ilmiy vazifaning turi, tanlangan uslub, fan sohasi, janr va muallifning individual uslubiga bog`liq.
Rubrikatsiya – kompozitsion tuzilmaning tashqi ifodasi bo`lib, ilmiy tadqiqotning mantiqiy qismini tashkil etadi. Rubrikatsiya matnni tarkibiy qismlarga bo`lish, bitta qismni boshqasidan grafik tarzda ajratish hamda nomlar, raqamlarni qo`llash jihatlariga ega.
Har qanday ilmiy-ijodiy ishda (ilmiy maqola, ilmiy ma`ruza, BMI, dissertatsiyalar) tadqiq manbai va predmeti aniqlanib, tadkikot, uning asosiy bosqich va xatto, xulosalari olim miyasida pishib yetilgach, ilmiy ishga sarlavha tanlanadi. Sarlavha ishda nima va kanday o`rganilayotgani haiqda aniq mahlumot berishi lozim. Shu nuqtai nazardan bir necha ilmiy ish sarlavhasini ko`rib o`tamiz.
1- guruh:
a) Ingliz tilidagi frazeologik birliklarning lisoniy xususiyatlari
b) Ingliz xalk topishmoklarining leksik-semantik xususiyatlari
v) Ingliz tili xarbiy terminalogiyasining sinxronik tadqiqi
2- guruh:
a) Ingliz tilida "do`stlik" kontseptining leksek-semantik maydoni
b) Ingliz tilida artikllarning semantik xususiyatlari
Sarlavhalardan ko`rinib turibdiki, bu ilmiy tadqiqot ishlarida bosh tadqiq manbai "til", aniqrog`i, "ingliz tili"dir. Sarlavhalardagi "frazelogik birliklar" (Іa), "xalq topishmoqlari" (16), "xarbiy terminalogiya" (1v), "do`stlik" kontsepti (2a), "noaniq artikl" (26) kabi izohlar umumiy tadqiq manbayining alohida birliklarini ifodalab, uni toraytiradi, muayyanlashtiradi. Sarlavhadagi "lisoniy xususiyatlar", "leksik-semantik xususiyatlar", "sinxronik tadqiq", "leksek-semantik maydoni", "semantik xususiyatlari", tadqiqot predmetiga, tadqiq usuliga ishora qilib turadi.
1-guruh sarlavhalaridan ko`rinib turibdiki, ular tildagi bir narsani (tilimizning ma’lum bir bo`lakchasini) tavsiflashga bagishlangan.
2-guruh mavzulari esa til tizimida (yoki uning mahlum bir bo`g`inida) biror hodisa-qonuniyatning voqelanishi tavsifiga bagishlangan. Sarlavha qanchalik qisqa, ixcham va sermazmun bo`lsa, shuncha yaxshi. Aksincha, uzundan-uzoq va o`ta keng miqyosli sarlavha noqulay va ishning g`o`rligi nishonalaridan biridir. Sarlavhada ortiqcha so`zlar bo`lmasligi kerak. Chunonchi, "Ingliz tili mashg`ulotlarida bolalarni savol-javobga o`rgatishning nazariy-metodik asoslari (tahlim-tarbiya uzbek tilida olib boriladigan bolalar bog`chalari misolida)". Bu nomzodlik dissertatsiyasining mavzusi 19 ta so`z bilan ifodalangan. Vaholanki. shu mazmunni "O`zbekzabon bog`chalarda bolalarni ingliz tilida savol-javobga o`rgatish" sifatida atigi 8ta so`z bilan ifodalash mumkin. Shuning uchun har bir ilmiy tadqiqot mavzusi ilmiy jamoatchilik orasida (dastlab, tadqiqotchi va uning ilmiy rahbari orasida, so`ngra kafedra, laboratoriya yig`ilishida, muassasa ilmiy kengashida, dissertatsiya mavzulari esa yana mintaqa va respublika muvofiqlashtiruvchi kengashlarida) muhokama etilib, ma’qullanishi talab etiladi.
Ilmiy ishlar, odatda, kirish, asosiy qism va xulosa qismlaridan iborat bo`ladi.
Kirish - mazkur ishda o'rganilayotgan muammolar bo'yicha ilmiy adabiyotning obzoridir, kitobxon masalaning qaysi tomonlari tadqiq etilganligi, qay jabhalari o'rganilganligi, nima o'rganilmay qolganligini va bu o'rganilmagandan mazkur tadqiqotchi nimani o'rganmoqchi bo'lganligi va nima sababdan aynan shu savollarni hozirda o'rganishga qaror qilib, zarur deb to’ganini aniqlay oladigan tarzda tuziladi. Bu savollarga javoblar mavzuni tanlashni asoslab beradi va shu bilan bir qatorda uning dolzarbligini ham isbotlaydi. Kirishda tadqiqotning maqsad va vazifalari aniqlanadi, material tahlilda tadqiq etilgan uslubni ko'rsatish ham maqsadga muvofiq. Bundan tashqari til materialining umumiy xarakteri - uning manbalari, tanlash tamoyillari, o'rganilganlik darajasini ko'rsatish ham maqsadga muvofiq bo'ladi.

Download 9,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish