24
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
process of teaching literature, the formation and development of literary analysis skills among deaf
and weak hearing students.The article was devoted to the study of the skills of creative ideas of
children in the works that they read in an oral presentation, in accordance with the experimental
program of studying the general and specific features of speech development in the literary process of
learning. In the period 2019 A systematic study of the development of children with speech disorders
during literary learning was presented.
Key words:
literary education, deaf pupils, weak-learning students, conscious reading, literary
analysis, skill, pedagogical system, principles, methods, reading activity, literary and creative,
communication.
Maxsus pedagogikada adabiy ta’lim jarayonida kar va zaif eshituvchi bolalar nutqini
rivojlantirish alohida jarayon emas, balki o`quvchi shaxsining umumiy, jumladan, estetik va aqliy
rivojlanishining bir qismi sifatida tadqiq etiladi. Adabiy ta’lim jarayonida kar va zaif eshituvchi bolalar
nutqini rivojlantirish ayni vaqtda umumiy estetik rivojlanishning bir qismi sifatida obrazli fikrlash,
ijodiy va qayta yaratuvchi tasavvur, ijodiy faoliyatga intilish uning estetik rivojlanish bilan bog`laydi.
Adabiy ta’lim jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish shaxsning ko`plab sifatlari va xususiyatlarining
birikishi ifodasini qamrab oladi
1
.
Tadqiqot natijalari adabiy ta’lim sharoitida eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalarning nutqini
shakllantirish metodikasi rivojlanishining zamonaviy bosqichida surdopedagoglar bolalarni badiiy
adabiyotni idrok qilishga tayyorlash, eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalarning nutqini rivojlantirish
metodlarini optimal tanlash, evristik va ijodiy xarakterdagi topshiriqlar sonini orttirish, adabiy ta’lim
sharoitida eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalarning nutqini shakllantirish natijaviyligini aniqlash
bo`yicha diagnostik topshiriqlarni ishlab chiqish bilan bog`liq nuqtiy rivojlantirishning yangi yo`llarini
tatbiq etish haqidagi xulosaga kelishga imkon berdi.
2019-yilda adabiy ta’lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo`lgan bolalar nutqini rivojlantirish
holatini tizimli o`rganish jarayonida Toshkent shahridagi 106-sonli ixtisoslashtirilgan maktab, Buxoro
shahridagi 123-sonli sonli ixtisoslashtirilgan maktab, Qarshi shahridagi 17-sonli sonli ixtisoslashtirilgan
maktab, Olmaliq shahridagi 80-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning o`quvchilari tadqiqot obyekti
sifatida tahlil etildi.
Adabiy ta’lim jarayonida eshitishida nuqsoni bo`lgan o`quvchilar nutqining rivojlanishining
umumiy va o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishning eksperimental dasturiga muvofiq, tadqiqot
bolalarning o`qigan asarlari haqidagi ijodiy fikrlarini og`zaki nutq vositasida bayon etish malakasini
o`rganishdan iborat bo`ldi.
Tadqiqotni tashkil qilish va o`tkazishning metodik asosini M.P.Voyushina, M.I.Nikitina tomonidan
ishlab chiqilgan diagnostik topshiriqlar tashkil qildi.
2
O`quvchilar tomonidan o`qigan asarlari haqidagi
ijodiy fikrlari og`zaki nutq vositasida bayon etish darajasini aniqlash maqsadida 6-sinf darsligidagi
“Tonggi so`z” va “Ko`pik” hikoyasini o`qish, keyin o`qiganlari haqida voqealarning keyingi rivojining
o`z variantini taklif qilgan holda, og`zaki matn tuzish taklif qilindi. Birinchi turkum topshirig`ida
o`quvchilar bog`langan fikrlarni mustaqil tuzdi, ikkinchisida esa matn asosidagi reja yordamida tuzdilar.
Birinchi turkum eksperimental topshiriqlarni bajarishga oid bog`langan fikrlarini jamlagan ishlar tahlili
sinaluvchilarning bog`langan fikrlarni mustaqil tuza olmasligini aniqlash imkonini berdi. Odatda,
bolalarning fikrlari bitta gapdan tashkil topdi, masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: