25
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
qahramonlari aytilmagan, asosiy qahramonlarga munosabat ifodalanmagan, o`quvchilar o`z
tuyg`ularini formal ifodalagan. Ta’kidlash kerakki, birinchi turkum topshiriqlarini bajarishda eshitishida
nuqsoni bo`lgan o`quvchi sinaluvchilar tajriba o`tkazuvchiga nima haqida yozishni aytib berishni so`rab
murojaatlar qilishdi, o`zlari uchun buning qiyinligini bildirishdi. Ko`p hollarda sinaluvchilar hikoyaning
davomini mustaqil yozishdan bosh tortdi. Bu holatlar eshitishida nuqsoni bo`lgan o`quvchilarning
fikrlarni tuzishda qiyinchiliklarga duch kelishi haqida dalolat beradi, ularni esa o`quvchilarning lug`ati
cheklanganligi, o`qish darslarida o`qilgan asarlar asosida o`z hikoyalarini tuzish tajribasining yo`qligi
bilan izohlash mumkin.
Ikkinchi turkum topshiriqlar bo`yicha olingan eksperimental material o`qilgan asar haqida fikrlar
yaratishning yuqorida ajratilgan darajalari bo`yicha tahlil qilindi. Olingan eshitishida nuqsoni bo`lgan
o`quvchilar fikrlarini tahlil qilish natijalari ularni yaratishning yuqori darajasi yo`qligidan dalolat beradi.
O`quvchilar ishlarining qiyosiy tahlili eshitishida nuqsoni bo`lgan o`quvchilarning reja asosida tuzilgan
fikrlari hajmiga ko`ra normal eshitadigan bolalarning rasmlar turkumi bo`yicha tuzgan fikrlaridan
qolishmasligini ko`rsatdi. Nisbatan o`xshash hajmiga qaramay, ularda sifat jihatidan farqlar mavjud.
Faqat ikkinchi turkum topshiriqlaridagi reja eshitishida nuqsoni bo`lgan o`quvchilarga fikr tuzish,
o`qilgan hikoyaga o`zining munosabatini to`liq yoki qisman ifodalashda yordam berdi.
Sinaluvchilarning ayrimlari personajlarga baho bera oldi, ularning o`zaro munosabatlarini yoritib berdi,
shuningdek, hikoyani davom ettirishga urinib ko`rdi.
Eshitishida nuqsoni bo`lgan o`quvchilar ishlarida nutqning grammatik tomonining buzilishi qayd
etildi. Bundan tashqari, o`quvchilar fikrlarini sifat jihatidan tahlil qilish ularda bir xildagi sintaktik
konstruksiyalar mavjudligini qayd qilish imkonini berdi.
Ma’lumotlar topshiriqlarning birinchi turkumida tuzilgan matnlarda sodda yig`iq gaplarning
ustuvorligidan (79%) dalolat berdi. Sinaluvchilarning fikrlari bitta gapga teng bo`ldi, masalan:
“
Hikoya
menga yoqdi, chunki qiziq
”
,
“
Qiziq
”
,
“
Menga qiziq bo`ldi
”
.
Ikkinchi turkum topshiriqlarini bajarishda
o`quvchilar tomonidan tuzilgan fikrlarda gaplar miqdori ortdi. Biroq sinaluvchilar tuzgan matnlarda
sodda gaplar ustuvorlik qildi (84%). Sinaluvchilarning yozma fikrlari tahlilida ularda katta miqdorda
grammatik va nutqiy xatolar aniqlandi: so`z tartibining buzilishi (
zaif eshituvchi o`quvchilarda
8%
,
kar
o`quvchilarda 10 % )
“
salom mushuk berdi Adhamga
Do'stlaringiz bilan baham: