21
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
qanday tartib-qonuniyat ushlab turibdi?” degan savolga “Fraktal geometriya” deb nomlangan yangi
ilmiy dunyoqarash yechim topadi
1
.
Tabiatdagi shakllarning koʼpchiligi matematika nuqtai nazardan fraktallar hisoblanadi. Fraktal bu
geometrik nazariya emas, u tadqiqotchini dunyoga yangicha nazar bilan qarashga undovchi konsepsiya,
avvaldan yaxshi maʼlum boʼlgan narsalarga yangicha nuqtai nazar bilan qarash, borliqni idrok qilishni
oʼzgartirishdir.
Zamonaviy matematik modellar shunchalik darajada goʼzal, maftunkor va sirliki, ular taʼsirchan
talaba va tadqiqotchi olimlarni aqldan ozdirishi mumkin. Fraktallarning turli
ranglardagi tasvirlari
oʼzining misli koʼrilmagan uygʼunligi bilan kishini hayratga soladi.
«Fraktallar va sanʼat ilm uchun» nomli ilmiy maqolada «Oddiy qurilish qoidasi asosida aniqlangan
shaklni geometriyadan behabar boʼlgan inson mavjud estetik qadriyati sifatida hayron qolarli
darajadagi dekorativ yoki sanʼat asari kabi idrok etishi mumkinmi?» degan savolga Mandelbrot
quyidagicha javob beradi: «Аgarda geometrik shakl boʼlsa - fraktal, unda javob - ha»
2
.
А.V. Voloshinovning «Sanʼatning fraktalligi va fraktallar etetikasi haqida»gi tadqiqot izlanishida
fraktallar estetikasining muhim xususiyatlarini ajratib bergan:
- koinot va oʼta tartibsizlikning monandligi – oʼta tartibsizlikning geometriyasidan tartibning
tugʼilishi va tartib geometriyasidan oʼta tartibsizlikning paydo boʼlishi;
- oʼz-oʼziga oʼxshash yoki turli-tumanlikda bir xillik;
- oddiylikda goʼzallik;
- oltin kesim – sanʼatning eng muhim fraktali
3
.
Hozirgi vaqtda dastlabki bilimlarga boʼlgan talablar yuqori boʼlmasa ham madaniyat va sanʼat
sohasida ilmiy yutuqlarni qoʼshib, shaxslarning falsafiy fikr yuritish moyilligini rivojlantirish zarur.
Mazkur maqolada zamonaviy tasviriy sanʼat asarlari, kompyuter
grafika texnikasida bajarilgan, u yoki
bu maʼnoda fraktal tabiatini oʼz ichiga olgan art-obyektlar va sanʼat ustalar ishini koʼrib chiqamiz.
Bizning kontekstimizda fraktal faqat sanʼat asari kabi talqin qilinadi. Аvvalo, boshlanishiga aslida
fraktallar oʼzi nimani anglatadi.
Fraktal – bu oʼz-oʼziga oʼxshashlik xususiyatiga ega, yaʼni har biri butun shaklni takrorlovchi bir
nechta qismlardan tashkil topgan geometrik shaklni bildiruvchi atama.
Fraktal va fraktal geometriya tushunchasi 20-asrning 70-80-yillari oʼrtalarida matematiklar
hamda dasturchilarning ilmiy izlanishlariga qatʼiy ravishda kirib keldi.
Fraktallarning asosiy xususiyati – oʼz-oʼziga oʼxshash yoki cheksiz qaytarilishi. Fraktal
geometriyaning paydo boʼlishi 1977-yilda nashrdan chiqqan, Benua Mandelbrot tomonidan yozilgan
«The Fractal Geometry of Natur» (Tabiatning fraktal geometriyasi) nomli kitob bilan bogʼliq.
Mandelbrot ushbu kitobida 1875-1925-yillarda shu sohada ishlagan bir necha olimlarning ilmiy
izlanishlari natijalaridan keng foydalangan.
Yanada kengroq maʼnoda aytadigan boʼlsak, “fraktal” soʼzi matematik
ibora hisoblanmaydi va
qatʼiy matematik taʼrifga ega emas. U quyida sanab oʼtiladigan xususiyatlardan birortasiga ega boʼlgan
shakl tadqiq qilinayotgan paytda qoʼllanilishi mumkin:
1. Barcha darajalarda tartibli tuzilmaga ega. Ularning muntazam shakllardan farqi ham shunda:
agar biz muntazam shaklning kichik boʼlagini juda katta masshtablarda qarasak, u toʼgʼri chiziq
boʼlagiga oʼxshaydi. Fraktal uchun masshtabning oshishi tuzilmaning soddalashishiga olib kelmaydi,
barcha darajalarda biz bir xil murakkab manzarani koʼramiz.
2. Oʼz-oʼziga oʼxshash yoki oʼz-oʼziga oʼxshashlikga yaqin xususiyatga ega.
3. Rekursiv (lot. «recursio - qaytish» – o`tganga qaytishi, ilgariga) tartib yordamida qurilish
mumkin.
1
Мандельброт Б. Фрактальная геометрия природы. М.: Ижевск, 2010. - 656 с. C.16.
2
Madelbrot B.B. Fractals and an Art for the Sake of Science. Leonardo. Supplemental Issue, Vol. 2, Computer Art in Context: SIGGRAPH '89 Art Show
Catalog (1989), pp. 21-24. P.21.
3
Волошинов А.В. Математика и искусство. М.:
Просвещение, 1992. - 335 с. C.125.
22
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)
Yuqorida aytib oʼtganimizdek, fraktal aniq bir taʼrifga ega emas, biroq adabiyotlarda unga
berilgan turlicha taʼriflarni uchratamiz
5
.
Fraktal - u geometrik fraktal boʼlib, qismlardan tashkil topgan hamda ularning har biri butun
fraktalning nusxasini kichiklashtirgan holatini ifodalaydi. Fraktal - aniq bir qism oʼlchamini oʼzgartirgan
holda qayta va qayta takrorlovchi geometrik shakldir. Fraktal - qismlardan tashkil topgan, qaysidir
maʼnoda toʼlaligicha oʼz-oʼziga oʼxshash tuzilishdir.
Fraktallar tuzilishi, nafaqat, badiiy goʼzalligi bilan oʼziga jalb etadi, balki
iqtisodiy jihatdan ham
juda foydalidir. XX asrning 90-yillarida Boston shahrida yashovchi yosh olim Natan Kyuxen elektron
aloqani fraktallar yordamida oʼrnatgan. U radioga juda qiziqqani uchun, oʼzi yashaydigan koʼpqavatli
uyning tomida katta radioantenna oʼrnatmoqchi boʼladi. Аmmo uyning xoʼjaini unga ruhsat bermagan.
Shunda u fraktal strukturaga ega boʼlgan antennani kashf etib, uning hajmini shu darajada
kichraytiradiki, uy xoʼjayinining eʼtiroziga oʼrin qolmaydi. Koxenning eksperimentlari shunday yangi
ixtiroga olib keladiki, fraktallar, antennaning masshtabini
kichraytirish hisobiga, radiotoʼlqinlarning
diapazonini yanada kengaytirishiga imkon beradi. Natijada telefonlarning xizmat qilish doirasi yanada
takomillashtiriladi.
Sogʼlom odamning yurak urish ritmi ham fraktal strukturasiga ega. Fraktal strukturaning buzilish
darajasini aniqlagan holda yurak bilan bogʼliq kasalliklarning oldini olish mumkin ekan. Insonning koʼz
qarashidagi harakati ham fraktal strukturadan iborat. Ilmiy maʼlumotlar shuni koʼrsatdiki, obʼektlarni
oʼrganishda koʼzlar har doim ham ularni diqqat bilan, sinchiklab, bir tekis kuzatgan holda maʼlumot
toʼplamas ekan.
Tibbiyot sohasida shunday davr keladiki, fraktal strukturalar yordamida rak kasalliklarining oldini
olish va davolash mumkin boʼladi.
V. Kandinskiy fikriga koʼra «Mavjud belgilar ramzlar boʼlib, tashkil topa boshlangan joyda,
zamonaviy sanʼat vujudga kelishi mumkin»
6
.
Tabiatda faqatgina oʼsimlik dunyosida emas, daryolar yoʼli, hayvonlar, insonlar qon tomirlari va
asab sistemalarining tuzilishida ham fraktallik mavjudligi aniqlangan. Modomiki, atom modellari,
quyosh sistemasi va galaktika strukturasi oʼrtalarida oʼxshashlik bor ekan, ular ham fraktal tuzilishga
ega boʼlsa, ajab emas. Kepler oʼzining mashhur “Olam garmoniyasi haqidagi
asarini olam tortishuv
qonuniyati bilan goʼzallik qonuniyatlari orasida ajratib boʼlmas darajadagi buyuk oʼxshashlikdan
hayratlanib va zavqlanib yaratgani bejiz boʼlmasa kerak. Tasviriy sanʼatda, umuman har bir rassom
ijodida inson bosh va gavda tuzilishlaridagi fraktallikni sezish va uni tomoshabinlarga yetkaza bilish
beqiyos ahamiyatga ega.
Peshona chizigʼi burun ustida ham takrorlanib (faqat boshqacharoq yoʼnalishda), ikkala sirt hosil
qilgan oʼtmas burchak burun uchining peshona va dahan bilan tashkil qilgan oʼtmas burchagiga
monandligiga eʼtibor bering. Peshona bilan burun tashkil qilgan oʼtmas burchak (birlamchi ritm)
portretning koʼkrak va qorin, orqa boʼyin va yelka sirtlarida, hattoki buklangan yelka va tirsak sathida
ham fraktal ravishda takrorlanayotganligining shohidi boʼlamiz. Portretning peshona, burun, dahan,
boʼyin oraliqlaridan (fon tomonida) portret tirajining kichikroq masshtabidagi variantlarini ham koʼzga
tashlanishi garmoniya qonuniyatlari sanʼat asarida qoʼllanishidan dalolatdir.
Ikkita yaxlitlik sistemalari oʼrtasidagi garmonik munosabatlar qay tarzda amalga oshirilishiga
Leonardo da Vinchining “Oq suvsar ushlagan ayol' portreti misol boʼla oladi.
Diqqat bilan kuzatsangiz, bir biriga tamomila oʼxshamagan ayol va oq suvsar rassom asarida koʼp
jihatlar bilan oʼxshab ketganini koʼrasiz. Аyol gavdasini chapga, yuzini oʼng tomonga burganligiga goʼyo
oq suvsar taqlid qilayotgandek, ayolning oʼng qoʼli, oq suvsar chap qoʼlchasining koʼtarilganligi,
koʼzlarining bir xil aniqlikda oʼqilishi, ikkalasining meʼyorda yoritilganligi ayol qoʼl barmoqlari
yigʼindisining koʼrinishi oq suvsar tumshugʼiga oʼxshab ketish hollariga
rassomning nozik ishorasi,
5
Федер Е. Фрактали. Пер. с англ.
М.: Мир,1991.
254 с. (Женс Федер, Пленум Пресс, НеwЁрк, 1988). C.175.
6
Wassily Kandinsky. Ed. M. Bill. With contributions from J. Arp, Ch. Estienne, C. Giedon-Welcker. P.124.