Ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


REALIZATION OF ENVIRONMENTAL TOLERANT AT STUDENTS AND ORGANIZATIONS



Download 4,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/84
Sana20.06.2022
Hajmi4,66 Mb.
#678431
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84
Bog'liq
6832 871 3 пед 10 (3)

REALIZATION OF ENVIRONMENTAL TOLERANT AT STUDENTS AND ORGANIZATIONS 
Azimov I.T.
- Associate Professor, Tashkent State Pedagogical University 
Saydamatov F.R.
- Senior Lecturer, Tashkent State Pedagogical University 
Annotation.
In given article data on formation of ecological tolerance of pupils, on an example of 
studying of ecological factors about influence limits on live organisms of temperature are resulted. 
Laws of division of live organisms on ecological groups on the basis of influence of ecological factors 
and a temperature range are opened. Explanations are given on the basis of examples of borders of 
endurance of plants and animals concerning temperature.
Key words:
ecology, tolerance, anthropogenic, biotic, abiotic factors, optimum, acclimatization. 
Tabiatdan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi zamonaviy 
ekologiyaning amaliy qismi sifatida odamzodning ekologik ehtiyojiga muvofiq, tabiat va jamiyat 
o`rtasidagi munosabatlarni, biosfera barqarorligini ta’minlashga yo`naltirilgan mahalliy, mintaqaviy va 


32 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI
PEDAGOGIKA 
2019/3(20)
global muammolardan biri hisoblanadi. Bu muammoni o`quvchilar ongiga singdirish va ekologik 
madaniyatni shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining eng dolzarb vazifalaridan biridir. 
Hozirgi ekologik sharoit keskin o`zgarib borayotgan sharoitda har qanday tirik organizm bilan 
muhit o`rtasidagi munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini o`rganish, abiotik, biotik, antropogen 
omillarning ta’sirini o`rganish eng dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan tirik 
organizmlarga jonsiz tabiat omillarining ta’sir doirasi chegarasini ochib berish, o`simlik va 
hayvonlarning ma’lum haroratga chidamlilik darajasini yoritib berish ayni vaqtda faoliyat 
ko`rsatayotgan pedagog, biolog va ekologlarning asosiy maqsadidir. Tirik organizmlarning tolerantlik 
darajasini baholash har bir organizmning biologiyasini o`rganish va introduksiya qilish imkonini yaratib 
beradi. Zamonaviy ekologiya o`rganadigan obyektlar va jarayonlar qanchalik xilma-xil bo`lmasin, ularni 
o`ziga xos bitta umumiy xususiyat – hayot birlashtirib turadi. Ekologik omillarning ta’sir doirasiga qarab, 
tirik organizmlar chidamli va chidamsiz turlarga ajratiladi. Eng muhimi, abiotik omillardan biri harorat 
bo`lib, eng muhim cheklovchi omil ham hisoblanadi. Har bir tur uchun eng past va eng yuqori harorat 
chidamlilik chegarasi hisoblanadi; undan chetga chiqish organizm uchun halokatli ta’sir ko`rsatadi, ya’ni 
o`ta issiq yoki o`ta sovuq harorat organizmni qattiq shikastlab, nobud qiladi. Deyarli barcha tirik 
mavjudotlar hujayra sitoplazmasi xossasiga muvofiq 00-50°C oralig`idagi haroratda yashash 
qobiliyatiga ega. Optimal muhitda cheklovchi omil, ya’ni harorat me’yorida bo`ladi, organizmlar 
o`zlarini yaxshi his qiladi, tez ko`payadi va populyatsiyalar soni o`sib, ularning ko`pligi ta’minlanadi. 
Cheklovchi omil, ya’ni haroratning har ikkala chetki qismi – minimum va maksimum chegarasida 
“hayotiy faoliyat” bir oz pasaygan bo`ladi va organizmlar uchun bu sharoit noqulay ta’sir etadi. 
Chidamlilikning eng quyi chegarasida omil yanada cheklanadi, ya’ni harorat tushib (sovib) ketadi, eng 
yuqori chegarasida ham yanada cheklanadi, ya’ni harorat ko`tarilib (isib) ketadi, oxir-oqibatda, 
organizmlar noqulay sharoitga tushib qoladi va nobud bo`ladi. Demak, chidamlilikning quyi va yuqori 
chegarasida organizm hayotiy faoliyatining susayishi kuzatilib, haroratning yanada pasayishi yoki 
ko`tarilishi uning nobud bo`lishiga olib keladi
1

Biologik chidamlilikning umumiy qonuni organizmning u yoki bu ekologik omilga (masalan, 
haroratga) chidamlilik, ya’ni “ekologik qobiliyati”ni ifodalaydi. Shu ma’noda, ekologik tolerantlik – 
atrof-muhitning noqulay ta’siriga organizmning bardosh bera olish qobiliyatidir
2
.
Har xil turlarga mansub organizmlar bir-biridan “ekologik qobiliyati” yoki “ekologik tolerantligi” 
bilan ajralib turadi. Masalan, Arktikada uchraydigan suvo`ti – sferillaning hayoti harorat –34° C sovuq 
bo`lganda ham davom etadi. Ba’zi bir zamburug`larning sporalari –190° C sovuqda ham o`sish 
qobiliyatini saqlab qoladi. Ko`pchilik o`t o`simliklarining quruq urug`lari –80°C sovuq yoki 120°C issiqqa 
bardosh bera oladi. 
Harorat o`simliklar hayotida ham muhim o`rin tutadi. 10°C dan 30-35°C gacha bo`lgan haroratda 
fotosintez jarayonining jadalligi ikki marta oshadi, keyin sekin-asta pasayib, 40-45°C haroratda 
umuman to`xtaydi. Quruqlikdagi o`simliklarning aksariyati nafas olish jadalligiga bog`liq holda, 50-60°C 
haroratda nobud bo`la boshlaydi. 
O`simliklarning past haroratga morfologik moslashishi, ya’ni noqulay sharoitda kurtaklari yoki 
novdalarining tuproq va qor qatlami, xazonli qatlam va shu kabilarga nisbatan joylashishi bo`yicha bir 
necha hayotiy shakllari farqlanadi. Daniyalik olim K.Raunkiyer barcha o`simliklarni hayotiy shakllariga 
ko`ra, bir necha guruhlarga ajratgan: 

epifitlar – tuproqda ildizi bo`lmaydi va boshqa o`simliklar tanasida o`sadi;

fanerofitlar (daraxtlar, butalar) – kurtaklari yerdan ancha balandda joylashadi, ular
tangachasimon qoplama bilan qoplanadi, novdalari qishda sovuqdan nobud bo`lmaydi; 

xamefitlar (butacha, chala butachalar) – kurtaklari yerga yaqin joylashadi, qishda qor bilan
qoplanadi va novdalarini sovuq urmaydi; 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида 
сўзлаган нутқи / http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyoev-bmt-bosh-assambleyasi-20-09-2017. 
2
Xo‘janazarov O‘.E., Mirsovurov M., Norbobayeva T. Ekologiya va barqaror taraqqiyot ta’limi. T.: “Navro‘z”. 2014. 


33 
TDPU ILMIY AXBOROTLARI PEDAGOGIKA 2019/3(20)

kriptofitlar (ko`p yillik o`tlar) – qurib qoladi, kurtaklari tuproq yoki suv ostidagi tugunak, 
piyozbosh yoki ildizpoyada joylashadi; 

terofitlar (bir yillik o`simliklar) – mavsum noqulay kelishi bilan nobud bo`ladi, har yili faqat 
urug`idan unib chiqadi
1
.
Iqlim sharoitlariga, xususan, haroratga morfologik moslashish hayvonlarda ham kuzatiladi. Bir 
turga mansub hayvonlarning hayotiy shakllari turli darajali, masalan, –20°C dan –40°C gacha bo`lgan 
past haroratda ham shakllanishi mumkin. Xususan, yo`lbarslar ichida eng kattasi birmuncha shimolda – 
sovuq iqlim sharoitida yashaydigan Amur yo`lbarsi hisoblanadi. Issiqqonli hayvonlarda tanasining 
o`lchami populyatsiyaning o`rtacha ko`rsatkichidan katta bo`ladigan individlar arealning birmuncha 
sovuq qismida yashaydi. Bu qonuniyat Bergman qoidasi deyiladi
2
.
Organizmlar hayotida haroratga fiziologik moslashish katta ahamiyat kasb etadi. Ulardan eng 
oddiysi – iqlimga moslashish (iqlimlashtirish), ya’ni o`simlik, hayvon va odam organizmining 
o`zgaruvchan geografik muhit sharoitida yashashga moslashishi, boshqacha aytganda, issiq yoki 
sovuqni o`tkazishga fiziologik moslashishi hisoblanadi. Masalan, ba’zi hayvonlar o`z tanasidan suv 
bug`lanishini ko`paytirish orqali ortiqcha qizib ketishdan saqlanadi, poykiloterm hayvonlar esa o`z 
tanasidan qisman suv yo`qotish yo`li bilan sovib ketishdan saqlanadi. 
Haroratga munosabat, issiq yoki sovuqdan saqlanishning boshqa shakllari ham mavjud. Masalan, 
hayvonlar migratsiyasi, ya’ni hayvonlarning yashash shart-sharoiti yoki rivojlanish jarayonlari o`zgarishi 
bilan ko`chishi, masalan, qushlarning issiq o`lkalarga uchib ketishi, hayvonlarning qishlashi, ya’ni qishki 
sovuq davrda uzoq vaqt karaxt bo`lib, uyquga ketishi, masalan, sug`ur, olmaxon, ko`rshapalak kabi 
jonivorlar o`z tanasida metabolizm jarayonini susaytirib, shu orqali oziq moddalar sarfini kamaytirib, 
tana haroratini deyarli nol darajagacha tushirish qobiliyatiga ega. Ko`pchilik hayvonlarda qishqi tinim 
davri kuzatiladi, ya’ni rivojlanishning turli bosqichida muhitning noqulay shart-sharoitida vaqtinchalik 
fiziologik to`xtash jarayoni boshdan kechiriladi. 
Shunday qilib, akklimatizatsiya – organizmning hududiy, sun’iy yoki tabiiy ko`chishidan, ya’ni 
yashash joyini o`zgartirganidan so`ng, yangi yashash sharoitiga moslashishi, boshqacha aytganda, uning 
muhitdagi o`zgarishlarga fiziologik va ekologik moslashishi bo`lib, bunda harorat quruqlik-havo 
muhitida yashaydigan organizmlar va populyatsiyalarning moslashish jarayoniga faol ta’sir ko`rsatuvchi 
eng muhim cheklovchi omillardan hisoblanadi. Tiik organizmlardagi tolerantlik darajasi va harorat 
hamda atrof-muhit ta’siriga javob reaksiyasini o`rganish o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, ekologik 
qarashlarini shakllantirishda, tabiat va tabiiy resurslarga ongli munosabatni tarbiyalashda alohida 
o`rinda turadi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish