XVIII BOB
HAZM SISTEMASI ^ (SYSTEMA GIGESTORIUM)
Hazm sistemasiga kiruvchi a’zolar oziqa moddalarni mexa-nik va ximiyaviy yo’l bilan parchalash va
parchalangan moddalar-ni qon va limfa tomirlariga o’tkazib bvrish kabi muhim vazi-falarni bajaradi.
Bulardan tashqari, hazm yo’llari bo’ylab joylashgan ko’pgina hujayralar hisobiga endokrin vazifalarni
ham bajaradi.
Hazm sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanib, hazm yo’llari va bezlardan tashkil topgan. Bezlar hazm
yo’llariga o’z suyuqlikla-rini chiqarib, oziq moddalarni ximiyaviy jihatdan parchalashda ishtirok
etadi. Hazm yo’llari uzunligi 8-10 m bo’lib, umumiy tuzilishga ega bo’lsa-da, ayrim bo’limlari o’ziga
xos tuzilgan. Morfologik jihatdan esa hazm yo’llari turli bo’limlarga: ol-dingi, o’rta va orqa
bo’limlarga bo’linadi. Oldingi bo’limda og’iz bo’shlig’i, yutqin va qizilo’ngach kiradi. Oldingi
bo’limda oziq modda asosan mexanik maydalanadi. Urta bo’limga me’da, ingich-ka va yo’g’on ichak,
jigar va me’da osti bezi kiradi. Xazm siste-masining bu bo’limida oziq moddalarning ximiyaviy
parchalanishi yuz beradi. Bundan tashqari, parchalangan oziq moddalarning qon tomir va limfatik
sistemasiga so’rilishi ham shu erda o’tadi. Hazm sistemasining orqa bo’limiga to’g’ri ichakning
kaudal qismi kiradi va u asosan najasni evakuatciya qilish vazifasini o’taydi.
Hazm sistemasining taraqqiyoti. Hazm sistemasi taraqqiyotida bir qancha bosqichlarni kuzatish
mumkin: dastlab ichak nayi shakl-lanadi, so’ng og’iz bo’shlig’i va orqa chiqaruv teshigi takomillasha-
di. Hazm sistemasining takomili entodermaning vujudga keli-shidan boshlanadi. Dastlab entoderma
292
plastinkasi cho’ziladi va burma hosil qiladi. Bu burma ichak tarnovi deyiladi. Tarnov-ning ichki
yuzasidan ichak entodermasi shakllanadi. Tarnovning
ikki tomoni, ya’ni oldingi va orqa qismlari asta-sekin tutashib-nay hosil qiladi. Ichak nayining oldi va
orqa qismi teri ekto-dermasiga tegib turadi. Ektodermaning ichak nayiga tutashgan oldingi qismidan
yutqin va orqa qismidan esa kloakal membra-nalar hosil bo’ladi.
Entoderma mezodermaning vistceral varag’i bilan uzviy bog’-langan bo’lib, uni splanxnoplevra deb
ataladi. Bu varaqlar ora-siga mezenxima o’sib kiradi. Entodermadan ichak epiteliysi va uning bezlari
rivojlanadi, mezenximadan biriktiruvchi to’qima, qon tomirlar va mushak qavatlari, mezodermaning
ichki varag’i-dan esa ichak yo’lining seroz pardasi rivojlanadi. Uchinchi haf-taning ohiriga kelib
og’izning yutqin membranasi ochiladi va shu bilan oldingi ichak tashqi muhit bilan aloqada bo’ladi.
Key-inchalik orqa ichakdagi kloakal membrana ham ochilib, ichak klo-akal bo’shlig’i bilan
bog’lanadi. SHu davrdan boshlab ichak nayi 3 qismga bo’linadi:
1. Bosh ichak - undan yutqin va qizilo’ngachning yuqori qis-mi rivojlanadi.
2. Tana ichagi (o’rta ichak) 3 ga bo’linadi: a) oldingi bo’-lak -undan qizilo’ngachning qolgan qismi
takomillashadi; b) o’rta bo’lak - bundan me’da, ingichka ichak va uning hosilasi bo’lmish jigar, me’da
osti bezi rivojlanadi; v) orqa bo’lak - undan yo’g’on ichak hosil bo’ladi.
3. D u m ichak - bundan yo’g’on ichakning oxirgi qismi tako-millashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |