BEZLAR
Epiteliy to`qimasining yana bir asosiy vazifasi sekreg ishlab chiqarishdir. Sekret ishlaydigan
hujayralar yig`ilib, bezlarni (glandulae) hosil qiladi. Bezlarning ko`pchiligi epiteliy hosilasidir.
Faqatgina epifiz, gipofizning orqa bo`lagi va buyrak usti bezining mag`iz qismigina nerv to`qimasidan
rivojlanadi.
Agar bezlar o`z mahsulotini tashqi muhitga chiqarsa, bunday bezlar ekzokrin bezlar deyiladi.
Bunga misol qilib teri bezlari yoki hazm sistemasining o`z mahsulotini me’da-ichakka chiqaruvchi
bezlarni keltirish mumkin. Ikkinchi guruh bezlar o`z mahsulotini organizm ichki muhitiga (qon yoki
limfaga) chiqaradi. Shuning uchun bu bezlarni endokrin bezlar deyiladi. En-dokrin bezlarga gipofiz,
qalqonsimon bez, qalqonsimon bez. oldi bezi, me’da osti bezining endokrin qismi, buyrak usti bezi,
epifiz, jinsiy bezlar kiradi.
Bezlar ko`p hujayrali va bir hujayrali bo`lishi mumkin. Bezlarning asosiy ko`pchiligi ko`p
hujayrali bezlardir. Bir hujayrali ekzokrin bezlarga qadahsimon hujayra-lar kiradi. Bir hujayrali
endokrin bezlar esa turli a’zolarda joylashgan. Me’da-ichak sistemasidagi endokrin hujayralar juda
ko`p uchraydi. Bir hujayrali bezlar turli shaklda bo`lishi mumkin. Ular epitelial tasma ichida
joylashsa, endoepitelial bezlar deb yuritiladi. Agar ular epiteliydan tashqarida, ya’ni. biriktiruvchi
to`qimada joylashsa, ularni ekzoepitelial bezlar deyiladi.
Ko`p hujayrali bezlar, bezlarning asosiy qismini tashkil) qilib, ular biriktiruvchi to`qimada
joylashadi. Ko`p hujayrali ekzokrin bezlarda ikki qism: 1) sekretor yoki oxirgi bo`lim va. 2) chiqaruv
naylari farq qilinadi.
Sekretor bo`limda shu bez uchun xarakterli bo`lgan sekretor mahsulot ishlanadi. Oxirgi bo`lim
hujayralari ko`pincha bazal membranada bir qavat bo`lib joylashadi. Faqatgina yog` bezlari oxirgi
bo`limlarida bir necha qavat bo`lib joylashgan hujayralarni ko`rish mumkin. Ba’zi bir bezlarning
oxirgi bo`limida. sekretor hujayralardan tashqari qisqarish funktsiyasini baja-ruvchi mioepitelial
hujayralar ham joylashadi.
Oxirgi bo`limda ishlangan mahsulotlar chiqaruv yo`llari orqali tashqi muhitga chiqariladi.
Chiqaruv yo`llari hujayralarn sekret mahsulotni suv va turli mineral tuzlar, oqsil moddalar bilan
boyitishi yoki chiqaruv yo`li orqali o`tayotgan mahsulot suvini va ba’zi moddalarni so`rishi mumkin.
Ko`p hujayrali bezlarning chiqaruv yo`llari tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan bo`ladi.
Tarmoqlanmagan chiqaruv yo`llarini tutuvchi bezlar oddiy bezlar, tarmoqlangan chiqaruv yo`llarini
tutuvchi bezlar murakkab bezlar deb yuritiladi.
Oxirgi bo`limlar ham tarmoqlangan yoki
79
tarmoqlanmagan bo`lishi mumkin. Agar chiqaruv nayi hamda oxirgi bo`lim tarmoqlanmay, har qaysi
chiqaruv nayi birgina oxirgi bo`lim bilan tugasa, bunday bezlarni oddiy tarmoqlanmagan bezlar
deyiladi. Agarda bir chiqaruv yo`liga bir necha oxirgi bo`lim o`z sekretini quysa, bunday bezlar oddiy
tarmoqlangan bezlar deyiladi. Agar chiqaruv yo`llar tarmoqlangan va har bir chiqaruv yo`li bir necha
oxirgi bo`lim bilan tugasa, bunday bezlarni murakkab tarmoqlangan bezlar deb ataladi. Oxirgi bo`lim
shakliga qarab naysimon, alveolyar, naysimon-alveolyar bezlar farq qilinadi (56-rasm).
Sekretni hujayradan tashqariga chiqarish turiga qarab bezlar m e r o k r i n, a p o k r i n va g o
l o k r i n bezlarga bo`linadi. Merokrin bezlarda hujayra ichida hosil bo`lgan mahsulot sekretor
hujayra tanasining (qobig`i bilan) butunligi saqlanib qolgan diffuz holda hujayradan chiqariladi.
Merokrin bezlarga ter va so`lak bezlari misol bo`la oladi. Apokrin bezlar sekretor hujayralarining
apikal qismi sekret chiqarish davrida buzilishi bilan xarakterlanadi va hujayra-larning apikal qismi
bez mahsuloti bilan qo`shilib ketadi.
56- rasm. Ekzokrin bezlarning tuzilishi va sekret ishlash turlari (sxema).
A-epiteliy, B-biriktiruvchi 1o`qima, 1- oddiy tarmoqlanmagan naysimon bez; 2-oddiy
tarmoqlanmagan
alveolyar
bez;
3-oddiy
tarmoqlangan
naysimon
bez;
4-oddiy
tarmoqlangan alveolyar bez; 5-murakkab alveolyar-naysimon bez; 6-merokrin bez oxiri;
7-apokrin bez oxiri; 8-golokrin bez oxiri; a-o’suvchi qavat hujayralari; b-sekret yig`ayotgan
hujayra; a-parchalanayotgan hujayra.
Apokrin bezlarga sut va apokrin yo`l bilan sekretsiya qiluvchi ba’zi ter bezlar kiradi. Golokrin
bezlarda sekret ishlash vaqtida sekretor hujayralar butunlay parchalanadi. Nobud bo`lgan hujayralar
bez mahsulotini tashkil qiladi. Odamda bu bezlarga faqatgina yog` bezlari misol bo`la oladi. Nobud
bo`lgan hujayralar o`rnini bezning periferik qismida joylashgan kam differensiallashgan hujayralar
to`ldirib turadi (56-rasm ga q.)
Ekzokrin bezlarda ishlanayotgan sekret shilliq, oqsil, aralash shilliq-oqsil yoki moy tabiatli
bo`lishi mumkin. Oqsil ishlovchi bezlarda
donador endoplazmatik to`r kuchli rivojlangan
80
bo`ladi va u hujayrani bazal va markaziy o`rta
qismlarini to`ldirib turishi mumkin. Sekret
ishlovchi hujayralar orasida hujayra oraliq
kanalchalarini ko`rish mumkin. Bunga misol
qilib,
so`lak
bezi
oxirgi
bo`limidagi
hujayralararo kanalchalarni keltirish mumkin.
Ba’zan sekretor hujayralarda hujayra ichi
kanalchalari ham farq qilinadi. Bunday
kanalchalar me’da fundal bezlarida joylashgan
pariyetal hujayralarda bo`ladi.
Bez hujayralarida hosil bo`lgan sekret
vaqti-vaqti
bilan
tashqariga
chiqariladi,
shuning uchun bez hujayralari sekretsiya
jarayonining ma’lum davrlarida o`ziga xos
tuzilishga ega bo`la-di. Bez hujayralarining
sekret ishlash jarayoni bilan bog`liq bo`lgan
o`zgarishiga sekretor sikl deb yuritiladi. Uni
quyidagi 5 fazaga bo`lish mumkin: 1)
hujayrada sekret ishlash uchun kerak bo`lgan
moddalarning to`planishi; 2) hujayra ichidagi
strukturalar
ishtirokida
sekretning
sintezlanishi; 3) sekretor moddaning yetilishi;
4) yetilgan sekretor moddaning to`planishi; 5)
sekretor moddaning ajralib chiqishi.
Birinchi fazada qon va limfadan
hujayraning bazal plazmatik qobig`i orqali
sekret ishlash uchun kerakli bo`lgan turli
noorganik
tuzlar,
suv,
aminokislotalar,
monosaxaridlar, yog` kislotalari va boshqa
moddalar uning sitoplazmasiga kiradi. So`ngra
ulardan bez hujayralarining endoplazmatik
to`rida organik birikmalar hosil bo`lib, ular
Golji
kompleks
sohasida
yetiladi
va
shakllanadi.
Golji
kompleksining
sekret
donachalar saqlovchi qismlari ajralib, apikal
qismi sohasida to`planadi va bez oxirgi
bo`limlari bo`shlig`iga ajraladi (57-rasm). Turli bez hujayralarida sekretor sikl ayrim fazalarining
davom etish davri har xil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |