Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Ko`p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliy



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Ko`p qavatli yassi muguzlanuvchi epiteliy. Bu epiteliy terining epidermis qavatini tashkil 

qiladi. U bir necha qavat joylashgan hujayralardan tuzilgan. Morfofunksional xususiyatlariga qarab 5 

ta  qavat  tafovut  qilinadi:  bazal  qavat,  tikanaksimon  hujayralar  qavati,  donador,  yaltiroq  va  muguz 

qavatlar (54-rasm). 




 

77 


Bazal  va  tikanaksimon  hujayralar  qavati  ko`p  qavatli  yassi  muguzlanmaydigan  epiteliydagi 

birinchi va ikkinchi qavatlarning tuzilishiga o`xshaydi. 

Donador  qavat  sitoplazmasi  keratogialin  donachalarini  tutuvchi  yassi  hujayralardan  tashkil 

topgan. Keratogialin fibrillyar oqsil bo`lib, u keyinchalik keratinga aylansa kerak. 

Yaltiroq qavat asosan kaft va tovon terisida uchraydi. Bu qavat yadro tutmagan, sitoplazmasi 

oqsil  modda  -  eleidin  bilan  to`lgan  3-4  qavat  yassi  h  u  j  a  y  r  a  l  a  r  d  a  n  iborat.  Eleidin  yaxshi 

bo`yalmaydi, lekin kuchli nur sindirish xususiyatiga ega. Shuning uchun hujayralar chegarasi anits 

bilinmaydi va bu qavat preparatda rangsiz yaltiroq tasma holida ko`rinadi. Yaltiroq qavat hujayralari 

muguz tangachalar hosil bo`lishidagi bir holatdir. 

Muguz  qavat  yassi  muguz  tangachalardan  iborat.  Ularning  tarkibida  havo  pufakchalari  va 

muguz  modda-keratin  bo`ladi.  Hujayralarning  muguz  tangachalariga  aylanishi  ularning  nobud 

bo`lishi  bilan  boradi.  Yadro  va  sitoplazma  organellalari  parchalanadi,  yaltiroq  qavat  bor  joyda 

eleidindan,  boshqa  qismlarda  esa  tonofibrilla  materialidan  keratin  hosil  bo`ladi.  Yassi  muguz 

tangachalar  doimo  tushib,  uning  o`rniga  pastki  qavatdagi  hujayralar  siljib  keladi.  Buning  hisobiga 

epiteliy  doimo  tiklanib  turadi.  Bazal  va  tikanaksimon  hujayralar  bo`linib,  ko`payib 

differentsiallashadi hamda muguzlanish protsessiga uchraydi va tushib ketadi, uning o`rnini boshqa 

hujayralar to`ldiradi. Bu jarayon fiziologik regeneratsiya deyiladi. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish