«to`qimalar evolyutsiyasining parallel qatori nazariyasi» deb atadi.
N. G. Xlopin (1897-1962) evolyutsiya asosida to`qimalarning tabiiy klassifikatsiyasini ishlab
chiqdi. U muayyan to`qimalar o`ziga xos xususiyatlarini doimo saqlash xususiyatiga ega ekanligini
ko`rsatadi. Xlopinning divergent evolyutsiya nazariyasi bo`yicha to`qimalar o`zining evolyutsiya va
ontogenezida organning rivojlanishidan ajralmagan holda divergent rivojlanadi, ya’ni belgilarning
ajralishi kuzatiladi.
Vatanimiz neyrogistologiyasining rivojlanishiga buyuk sovet gistologi B. I. Lavrentyev (1892-
1944) o`zining ilmiy tadqiqotlari bilan katta hissa qo`shdi. Uning rahbarligida nerv sistemasi
gistofiziologiyasini o`rganish ancha kuchaytirildi. A. V. R u m ya n t s e v, G. V. Yeliseev, G. K. X r
u sh ch o v, G. V. Yasvoin va boshqalar biriktiruvchi to`qima gistofiziologiyasini o`rganishga katta
e’tibor berdilar. M. A. Vorontsova va uning maktabi sut emizuvchilar kam regeneratsion qobiliyatga
ega degan tushunchaning noto`g`ri ekanligini isbotlab berdi.
D. N. N a s o n o v va uning o`quvchilari sitofiziologiya masalalarini, xususan, sekret hosil
bo`lish protsessini tekshirdilar. Ular tomonidan paranekroz nazariyasi ham ishlab chiqildi.
O’zbekistonda birinchi gistologiya kafedrasini E.M. Sh l ya x t i n tashkil etdi va unga
boshchilik qildi (1920- 1939). Uzbekistonda va umuman Urta Osiyoda gistologiya fanining tug`ilishi
universitet qoshida meditsina fakulteti ochilishi bilan bog`liqdir. Hozirgi vaqtga kelib esa Toshkent
meditsina institutining gistologiya kafedrasi qoshida yirik gistologik markaz tashkil etildi. Uzbekiston
gistologlarining asosiy ilmiy tematikasi ichki a’zolardagi turli jarayonlarning morfologik asoslarini
o`rganish, hujayralardagi moddalar transportining va sekret hosil bo`lish protsessining funksional
morfologiyasini o`rganishga bag`ishlangan. Toshkent Davlat meditsina instituti olimlari (O’zbekiston
Fanlar Akademiyasining akademigi K. A. Zufarov, prof. V. M. Gontmaxer, prof. A. Yu. Yo`ldoshev
va boshqalar) samarali ilmiy tekshirish ishlari olib borib 1987 yili yangi kashfiyot yaratdilar. Ular
dunyoda birinchi marta go`dak bolalarda ichak orqali so`rilgan oqsil moddalari buyrakda
parchalanishini isbotladilar va pediatriya, diyetologiya fanlarining rivoj topishiga salmoqli hissa
qo`shdilar.
N. G. Xlopin B. I. Lavrentyev Ye. M. Shlyaxtin
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda gistologiya fani - gistoximiya, radioavtografiya, ultrabinafsha,
lyuminestsent va elektron mikroskopiya, miqdoriy sitoximiya, immunomorfologiya va boshqa
zamonaviy tekshirish usullari bilan qurollangan.
12
Shuni aytish kerakki, elektron mikroskopiyaning yaratilishi jahon gistologlari tadqiqotlarida
jahonshumul burilish yasadi. Elektron mikroskop 1928-1931 yillarda yaratildi. Ultramikrotomning
yaratilishi, fiksatsiya, quyish, bo`yash metodlarining yanada rivojlanishi esa elektron mikroskopning
biologik tadqiqotlarda keng qo`llanilishiga imkon yaratdi. Uning gistologik tekshirishlarda ishlatilishi
bilan hujayraning membranalar sistemasidan tuzilganligi, hujayra ichida ribosomalar kabi nozik
strukturalar borligi aniqlandi.
Morfologiyada elektron mikroskopiya, elektron mikroskopik radioavtografiya va sitoximiya
kabi zamonaviy, yangi tekshirish
usullarining qo`llanilishi gistologiyada yangi yo`nalish -
hujayraning funktsional morfologiyasini vujudga keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |