Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

Mikroxirurgiya usuli- bu tirik hujayrada maxsus asbob- mikromanipulyator yordamida nozik 

operatsiyalar  o`tkazish  usulidir.  Mikroxirurgiya  yo`li  bilan  hujayralardan  yadroni  ajratish,  yadro 

qobig`ini yirtish yoki bo`linayotgan hujayra xromosomalarini ajratish mumkin. Bu usul  yordamida 

hujayra  tuzilmalarining  fizik  xususiyatlarini,  hujayra  yadrosi  va  organellalarining  funksional 

holatlarini o`rganish mumkin. Ko`pgina olimlar bu usul yordamida hujayra yadrosini bir hujayradan 

ikkinchisiga o`tkazib yadroning irsiy belgilarini avloddan-avlodga o`tkazishdagi rolini ochib berdilar. 

Tirik  hujayrani  o`rganish  usullariga  yana  to`qimalarni  o`stirish  usuli  kiradi.  To`qima  va 

hujayralarni  organizmdan  tashqarida  (in  vitro)  va  organizm  ichida  (in  vivo)  o`stirish  mumkin. 

To`qimalar organizmdan tashqarida o`stirilganda maxsus oziq muhitga o`tkazilishi kerak. Bu muhitda 

hujayra harakatlanish, bo`linish va differentsirovka qobiliyatini saqlab qoladi. To`qima bo`lakchalari 

steril  muhitda  fiziologik  suyuqliq  saqlovchi  Petri  idishiga  solib  maydalanadi.  So`ngra  mayda 

bo`lakchalar oziq muhitiga o`tkazilib, termostatda 38-39°S da saqlanadi. Har 3-4 kundan so`ng ularni 

yangi oziq muhitiga o`tkazib turish kerak. Shunday qilish bilan to`qimani o`n yillab saqlash mumkin. 

Bundan tashqari, to`qima tuzilmalarini hayvonning hayoti davrida yoki vital (in vivo - hayot) 

bo`yash  mumkin.  Bu  usul  tirik  hujayra  va  to`qimalarning  tuzilishini,  ba’zi  bir  moddalar-ning 

hujayraga kirish va undan chiqishini kuzatishga imkon beradi. Hayot davrida bo`yash uchun kolloid 

bo`yoq  moddalar,  masalan,  litiy, karmin, tripan sinkasini va  boshqa  zaharli  bo`lmagan  moddalarni 

ishlatish mumkin. Bu moddalar hayvon qoniga, teri osti biriktiruvchi to`qimasiga, qorin bo`shlig`iga 

yuboriladi. Ma’lum vaqtdan so`ng hayvon o`ldirilib, to`qima va organlar mikroskop ostida ko`riladi. 

Tirik  ob’ektlar  tadqiq  qilinayotganda  tuzilmalarni  mikros’yomka  qilish,  ya’ni  mikroskop 

ostida suratga olish alohida o`rin tutadi. Hayot davrida tadqiqot qilish usullaridan tashqari to`qima va 

organlarni  o`tqazib  o`rganish  ham  mumkin,  ya’ni  a’zolarning  bir  qismi  yoki  hammasi  boshqa 

organizmga o`tqaziladi (transplantatsiya qilinadi) va ularning yashab ketishi kuzatiladi. Bu metodning 

to`qimani o`stirish usulidan afzalligi to`qima butunligi buzilmagan holatda kuzatishdir. 

Bundan  tashqari,  gistologiyada  oxirgi  yillari  organ  va  to`qima  hujayralarini  yorug`lik  va 

elektron  mikroskop  ostida  ko`rib  ularning  tarkibiy  qismlarini  (sitoplazma,  yadro,  mitoxondriya, 

endoplazmatik to`r,  Golji  kompleksi  va boshqalar),  hajmini o`lchash,  ya’ni  morfometrik usul keng 

qo`llanilmoqda. Tasvirlarni avtomatik o`rganish sistemasi ham gistologiyada keng o`rin olmoqda. Bu 

usul o`rganilayotgan gistologik ob’ektlarni hajmiy xususiyatlari to`g`risida ob’ektiv ma’lumot olishga 

yordam beradi. 

Yuqorida  keltirilgan  fikr  va  dalillardan  ko`rinib turibdiki,  zamonaviy  gistologiya  ko`p  va 



 

turli  xil  tadqiqot  usullari  bilan  qurollangan.  Ular  hujayra,  to`qima,  organlarning  tuzilkshini  har 



tomonlama  mukammal  o`rganishga  yordam  beradi.  Matematikaning  aniq  analiz  usullari,  miqdoriy 

analiz usuli  bu bilimlarimizni to`ldiradi. Elektron  mikroskop  ostida ko`rish,  elektron sitoximiya  va 

radioavtografiyaning qo`llanishi metabolik jarayonning kechishi to`g`risida to`liq bilim olishimizga 

yordam  beradi.  Umuman  olganda  bu  usullarning  barchasi  hujayrani,  hujayra  tuzilmalarini, 

makromolekulalarning tuzilishi to`g`risida aniq bir fikrga kelishimizga, differensirovka, regeneratsiya 

va  irsiy  belgilarning  nasldan-naslga  o`tishini  chuqurroq  o`rganishimizga  yordam  beradi.  Ikkinchi 

tarafdan, bu usullar molekulyar biologiyaning rivojlanishida muhim vosita bo`la oladi. 

 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish