Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


BIOLOGIK MEMBRANALAR VA HUJAYRA QOBIG’I



Download 18,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/315
Sana12.09.2021
Hajmi18,63 Mb.
#172604
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   315
Bog'liq
Gistologiya Zufarov K. 2005(1)

BIOLOGIK MEMBRANALAR VA HUJAYRA QOBIG’I 

 

BIOLOGIK MEMBRANALAR 

Bu membranalar murakkab va o`ta spetsifik tuzilmalar bo`lib, hujayraning hayotiy jarayonini 

belgilab  turadi.  Membranalar  hujayraga  moddalarning  kirishi  va  chiqishini,  membranalar  bilan 

bog`liq  bo`lgan  bioximik  jarayonlarni  va  membranalarda  joylashgan  fermentlar  orqali  hujayrada 

moddalar  almashinuvi  (metabolizm)ni  boshqarib  turadi.  Membranalar  chegaralash  funksiyasini 

bajaradi.  Turli  modda  molekulalari  (masalan,  oqsillar)  spetsifik  xususiyatlarga  faqatgina  ma’lum 

tartibda joylashishi va o`zaro munosabati natijasida ega bo`ladi. Moddalarning bunday munosabati 

biologik membranalarda kuzatiladi. 

Ma’lumki, hozirgi vaqtda hujayraviy tuzilishning ikki turi ajratiladi: prokariot va eukariotlar. 

Prokariot  hujayralar  yadro  qobig`i  bo`lmagan  va  DNK  sitoplazmada  erkin  yotuvchi  hujayralardir. 

Prokariot hujayralarga ba’zi bakteriyalar va suv  o`tlari  kiradi.  Asosiy  ko`pchilik  tirik  organizm 



 

17 


hujayralari eukariot hujayralar bo`lib, ularda yadro shakllangandir, bu hujayralarda murakkab tuzilgan 

yadro  qobigp  xro  mosomalarni  sitoplazmadan  ajratib  turadi.  Eukariot  hujayralar  membrana 

tuzilmalariga  boy  bo`lib,  bu  membranalar  turli  funktsiyalarni  bajaradi.  Hujayraning  tashqi  qavatni 

hosil qiluvchi plazmatik membrana hujayrani tashqi muhit bilan aloqasini belgilaydi. Hujayra ichidagi 

membranalar (sitomembranalar) ATF sintezlovchi mitoxondriyani, ma’lum moddalarni parchalovchi 

lizosomalarni,  oqsil,  yog`,  karbonsuv  va  hujayra  uchun  kerakli  ximiyaviy  moddalarni  sintezlovchi 

endoplazmatik to`rni, plastinkasimon kompleksni, yadro qobig`ini va boshqa tuzilmalarni hosil qiladi. 

Biologik  membranalar  hujayra  qobig`i,  hujayraning  membranali  organellalarini  va  yadro 

qobig`ini  hosil  qilib,  qalinligi  6-10  nm  bo`lgan  lipoproteid  tuzilmadir.  Biologik  membranalarning 

taxminan  40%  lipiddan,  60%  oqsillardan  tashkil  topgan.  Lipidlar  turlicha  bo`lib,  ularning  ichida 

fosfolipidlar (glitserofosfatlar), sfingomiyelin alohida o`rin tutadi. 

Lipid molekulalari ikki qavat bir-biriga parallel joylashib, ularning gidrofil (polyar) qismlari 

tashqariga, gidrofob (nopolyar) qismlari esa bir-biriga qarab yotadi. 

Biologik membranalarda oqsillar lipid molekulalari orasida joylashgan. Obrazli qilib aytganda 

«oqsil molekulalari lipid ko`llarida suzib yuradi» (5-rasm). 

Biologik  membranalar  oqsil,  lipiddan  tashqari,  uglevod,  noorganik  ionlar  va  suv  tutadi. 

Membrana tarkibiga kiruvchi oqsillar struktur retseptor va globulyar oqsillardir. Globulyar oqsillar 

fermentlarni hosil qilib, moddalarning membrana orqali transportida muhim ahamiyatga ega. 

Biologik  membranalarning  metabolik  funksiyasi ularda joylashgan  fermentlar bilan bog`liq. 

Biologik  membranalar  o`ziga  xos  baryerlardir,  chunki  ular  hujayrani  tashqi  muhitdan,  hujayra 

organellalarini sitoplazmatik matriksdan ajratib turadi. Ular ma’lum qattiqlikka ega bo`lsa ham, shu 

bilan birga elastikdir. 

Biologik  membranalar  orqali  hujayra  organellalarining  metabolizm  bilan  bog`liq  bo`lgan 

moddalari o`tadi. Agar bu moddalar kontsentratsiyasi past bo`lgan tomonga yo`nalsa va bu transport 

energiyaning ishtirokisiz bo`lsa, bunday transport passiv transport (diffuziya) deyiladi. Moddalarning 

bunday transporti shu moddaning ximiyaviy gradiyentiga bog`liq. 

Diffuziya  yo`li  bilan  transport  maxsus  o`tkazuvchan  moddalar  bilan  ham  bog`liq  bo`lishi 

mumkin.  Bu  moddalar  oqsil  tabiatiga  ega  bo`lib,  membrana  orqali  o`tuvchi  moddaga  (substratga) 

nisbatan  spetsifikdir.  Bu  moddalar  substrat  bilan  komplekslar  hosil  qilib,  moddalarni  tezrok, 

membrana orqali o`tishini ta’minlaydi. 

Aktiv transport  oqsil tabiatiga ega bo`lgan  yetkazuvchi  moddalar  bilan  bog`liq  bo`lib, unda 

albatta energiya sarf bo`ladi. Aktiv transportda molekula kontsentratsiya gradiyentiga qarshi harakat 

qiladi. Aktiv transport membranalar bilan o`ralgan turli strukturalarda  malum moddalarning yetarli 

miqdorda to`planishini ta’minlaydi. Aktiv transport hujayra membranalarida hosil bo`luvchi elektrik 

potentsiallar asosida yotadi. 


Download 18,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish