Gistologiyada qo`llanadigan tadqiqot usullari bir necha xil. Ular maxsus qo`llanmalarda
Zamonaviy tadqiqot usullari tirik va fiksatsiya qilingan tuzilmalarni o`rganishga imkon beradi.
Gistologik preparatlar juda yupqa (5 mikrometrdan 50 mikrometrgacha), tiniq va yorug`lik nurini
yaxshi o`tkazishi kerak. Gistologik preparat sifatida a’zolarning yupqa kesmalari yoki total (butun)
preparat (miyaning yumshoq pardasi), surtma (qon yoki suyak ko`migi surtmasi) qo`llanilishi
Gistologik preparatlarni o`rganishning asosiy usuli uni mikroskop ostida ko`rishdir.
Zamonaviy mikroskoplar hujayra va to`qimalarning nozik tuzilishlarini o`rganishga imkon beradi.
Preparatlar ko`pincha yorug`lik mikroskopi ostida ko`riladi (1-rasm). Elektron mikroskop keng
qo`llanilayotgan hozirgi davrda ham yorug`lik mikroskopi o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q.
Optik sistemalarning hal qilish qobiliyatini oshirish va preparatlarni aniq ko`rish uchun oddiy
Hozirgi davrda oddiy yorug`lik mikroskopidan tashqari quyidagi mikroskoplar va ularda
maydoni markaziga nur tushirmaydigan maxsus qorong`i kondensor bilan ta’minlangan. Ob’ekt
moliya tushayotgan nur bilan yoritiladi. Bu mikroskop tirik hujayra tuzilmalarini, bo`yalmagan tirik
5
chaqmoqtosh)dan yasalgan bo`lib, u faqat ultrabinafsha nurlarni o`tkazadi. Bunday mikroskopda
ko`rish uchun tayyorlangan preparatlar kvarsdan qilingan buyum oynalariga olinadi va kvartsdan
tayyorlangan yopqich oyna bilan yopiladi.
1-rasm. Mikroskop (MBR-1).
1-oyog`i; 2-kolonkasi; 3-tubusi: 4-okulyari; 5 - revolrer: 6 - ob’ektivlar; 7 - buyum stolchasi;
8-preparat qisqichlari; 9- makrometrik vint; 10-.mikrometrik vint; 11 - kondensor; 12- kondensor
vinti; 13 -diafragma; 14-oynacha.
Bu mikroskop biologik tuzilmalarning tuzilishini chuqurroq o`rganishga sharoit yaratadi.
Lyuminestsent yoki flyuorestsent mikroskopiya. Ob’ektning nurlanishiga lyuminessensiya
deyiladi. Yorug`lik manbai bo`lib ultrabinafsha nurlar yoki uzunlik to`lqini 0,27-0,4 mkm bo`lgan
spektrning ko`k qismi hisoblanadi. Bu nurlarning ta’siri vaqtida nurlar energiyasi hisobiga preparat
nurlanadi - flyuorestsensiya qiladi. Birlamchi va ikkilamchi flyuoressensiya farq qilinadi. Birlamchi
flyuoressensiya deb, ba’zi bir moddalarning nur ta’sirida nurlanishiga aytiladi. Bu moddalarga
vitamin A va B
2
, pigmentlar, lipoidlar va boshqalar kiradi. Ikkilamchi flyuorestsentsiya preparatlarni
maxsus nurlanuvchi moddalar (flyuoroxrom) bilan ishlanganda hosil bo`ladi. Bu moddalarga to`q
sariq akridin, flyuorestsin, rodamin va boshqalar kiradi.
Preparatlarni to`q sariq akridin bilan ishlanganda hujayradagi DNK yashil rangda, RNK esa
qizil rangda nurlanadi.
Shunday qilib, turli turdagi nurlanishlarni o`rganish tuzilmalarning ximiyaviy tarkibini
bilishimizga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: