99
62- rasm. Agranulotsitlarning yoki donasiz leykotsitlarning ultramikroskopik tuzilishi
(sxema). A-limfotsit; B- monotsit; 1- yadro; 2-ribosomalar; 3 -mikrovorsinkalar: 4 - lizosomalar
5-Golji kompleksi; 6-mitoxondriyalar; 7- pinotsitoz pufakchalar (N.A.Yurina va L.S. Rumyan-
tsevadan).
Elektron mikroskop yordamida mayda va o`rta limfotsitlar sitoplazmasida ko`p
sonli
erkin ribosomalarni va bir necha mitoxondriyalarni ko`rish mumkin. Endoplazmatik to`r va Golji
kompleksi sust taraqqiy etgan bo`ladi. Ba’zida yadroning botiq zonasida hujayra markazi va
mayda pufakchalar uchraydi. Rastrlovchi elektron mikroskop ostida limfotsitlarning yuzasida
tur-li miqdorda va kattalikda bo`lgan mikrovorsinkalar ko`rinadig (63-rasm). yirik limfotsitlar
sitoplazmasi nisbatan ko`prots va tekis taqsimlangan mitoxondriyalar bo`lishi, ba’zi bir hollarda
esa elektron zich donachalar saqlashi bilan xarakterlanadi. Shuni qayd etib o`tish kerakki,
limfotsitlar garchand donasiz leykotsitlar qatoriga kirsada, ularning ma’lum
bir miqdorida
sitoplazmada zich donachalar va parallel yo`nalgan naychalar-(PYN) sistemasi topilgan. Bu
limfotsitlar asosan yirik bo`lib, «yirik donador limfotsitlar» nomi bilan yuritiladi. Ular umumiy
limfotsitlarning taxminan 10-15% ini tashkil etib, yot hujayralar yoki mikroorganizmlarni halok
etishda asosiy rolni o`taydi. Sitoximiyaviy va bioximiyaviy usullar bilan limfotsitlar tarkibida
ko`p miqdorda nukleoproteidlar, katepsinlar, glikogen,
gistidin, fermentlardan nukleazalar,
amilaza, kislotali fosfataza, sitoxromoksidaza va boshqalar bo`ladi. Limfotsitlar immunitet
jarayonida eng faol ishtirok etadigan hujayralardir.
Immunologik va funktsional nuqtai nazardan limfotsitlarning ikki turi -
T- va B-
limfotsitlar sistemasi
farqlanadi. T-limfotsitlar buqoq bezida (Thymus) rivojlanadi. Ularning
nomi ham shu organning bosh harfidan kelib chiqadi. Timusga kelgan o`zak hujayralar shu
a’zoda hosil bo`luvchi moddalar ta’sirida T-limfotsitlarga aylanadi. T-limfotsitlar qon orqali
periferik organlarga (taloq, limfa tuguni, murtaklar va boshqalar) boradi va shu a’zolarning
ma’lum qismida (T-zonasida) joylashadi. Taloqda T-zona periarterial qismda, limfa tugunida esa
parakortikal qismda joylashadi. Hozirgi vaqtda T-limfotsitlarning anchagina turi farqlanadi. B-
limfotsitlar xaqidagi ta’limot birinchi marta qushlarda topilgan Fabritsiy xaltasi (Bursa
Fabricius) bilan bog`liq bo`lib, shu tufanli B-l i m f o si t l a r deb yuritiladi. Ammo qushlarda
mavjud bu a’zo odamda yo`q, demak, uning o`rnini bosuvchi a’zolar bo`lishi kerak. Ko`p yillik
muhokamalar odam organizmida bu xaltaning (bursaning) o`rnini qizil suyak ko`migini (ingl.-
bone marrow) bosishini ko`rsatdi.
100
63-rasm. Periferik qondagi mikrovorsinkalar tutuvchi limfotsit.
Rastrlovchi elektron
mikroskopda ko`rinishi. X 8.000.
1-mikrovorsinkalar.
Demak, odamda T-sistemaning asosiy a’zosi bo`lib timus xizmat qilsa, V-sistemaning
asosiy a’zosi qizil suyak ko`migidir. Unda hosil bo`lgan B-limfotsitlar taloq, limfa va boshqa
limfoid tuzilmalarga borib, u yerda ma’lum bir qismlarda yetuk B-limfotsitlarga shakllanadi. Bu
qismlar B-l i m f o s i t l a r zonasi yoki B-z o n a deb nomlanadi. B-limfotsitlar organizm biror
antigen bilan uchrashganda ko`paya boshlaydi. Dastlab B-blastlar hosil bo`lib (yirik, yosh hujay-
ra), ulardan esa antitelolar sintez qiladigan plazmatik hu-jayralar hosil bo`ladi.
T-limfotsitlar
hujayraviy immunitet reaksiyalarida ishtirok etsa, B-limfotsitlar gumoral immunitet
reaktsiyalarini ta’minlaydi. Limfotsitlarning immunologik reaksiyalarda tutgan o`rni, T-, B-
limfotsitlarning xususiyatlari va o`zaro munosabatlari darslikning «Immunologik reaktsiya-
larning morfologik asoslari» bobida keltirilgan.
Limfotsitlarning ma’lum sharoitlarda turli moddalar - stimulyatorlar (masalan,
fitogemagglyutinin - FGA, bakterial antigenlar) ta’sirida kam differensiallangan blast hujay-
ralarga aylanishi ularning muhim xususiyatlaridan biridir. Blast hujayralar bo`linish va
differensiallanish qobiliyatiga ega bo`lib,
natijada, ular hisobiga aktivlashgan limfotsitlar
(immunotsitlar) kloni hosil bo`ladi.
Limfotsitlarning yashash muddati turlicha bo`lib, ular orasida qisqa muddat (hafta va
oylab) yashovchi B-limfotsitlar 10- 20% ni tashkil etadi. Uzoq muddat (bir necha yilgacha)
yashovchi limfotsitlar ko`proq (80% gacha) bo`lib, asosan, T-limfotsitlardan iboratdir.
Limfotsitlar miqdorining absolyut ko`payib ketishi (limfotsitoz) turli kasalliklarda kuzatilishi
mumkin. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda limfotsitlar 50-60% ni tashkil etadi.
Limfotsitlar sonining kamayib ketishi (limfopeniya) nur kasalligida va turli xil
intoksikatsiyalarda uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: