95
ega bo`lib, diametri qonda 7- 9 mkm, qon surtmalarida esa yapaloqlashib 10-13 mkm gacha
yeta-di. Neytrofillar leykotsitlar ichida eng ko`p sonli bo`lib, ular umumiy miqdorining 65-70
protsentini tashkil etadi.
60-rasm. Granulotsitlarning yoki donador leykotsitlarning
ultramikroskopik tuzilishi
(sxema). A-segment yadroli neytrofil leykotsit; B-eozinofil leykotsit; V-bazofil leykotsit; 1-
yadro segmentlari; 2 - jinsiy xromatin; 3 - birlamchchi yoki azurofil donachalar; 4 - ikkilamchi
yoki spetsifik donachalar; 5-
spetsifik, kristalloid saqlovchi eozinofil donachalar; 6- turli tu-
zilishga ega bo`lgan bazofil donachalar; 7-organellalar bo`lmaydigan periferik zona; 8-mik-
rvorsinkalar va psevdopodiyalar (N. A. Yurina va L. S. Rumyantsevadan).
Romanovskiy usuli bilan bo`yalganda neytrofillar sitoplazmasi och oksifil bo`lib, unda
ko`p sonli ko`kish-pushti rangli mayda donachalar ko`rinadi. Elektron mikroskop ostida neytro-
fillarning donachalari asosiy ikki xildan - birlamchi (azurofil) va ikkilamchi (maxsus)
donachalardan iborat ekanligi aniqlangan (61-rasm). Birlamchi donachalar yirikroq (0,4- 0,8
mkm diametrga) va katta elektron zichlikka ega. Ikkilamchi donachalar elektron zichligi kamroq
va o`lchamlari ham nisbatan kichikroqdir (0,2-0,5 mkm). Shuni ta’kidlab o`tish kerakki, neytrofil
hujayralarining suyak ko`migidagi taraqqiyoti davomida birlamchi donachalarning soni kamayib
boradi va ular yetuk neytrofillarda umumiy donachalar sonining faqatgina 10-15%
ga yaqin
qismini tashkil etadi. Elektron mikroskopik, sitoximik va bioximik usullar yordamida mazkur
donachalar bir-biridan o`z ximiyaviy tarkibi bilan tubdan farq qilishi aniqlangan. Birlamchi
donachalar o`z tarkibida bir qator gidrolitik fermentlar, jumladan,
kislotali fosfataza, b-
glyukuronidaza,
arilsulfataza,
proteaza
va
miyeloperoksidaza
saqlaydi.
Ikkilamchi
donachalarning tarkibi boshqacharoq bo`lib, ularda asosan ishqoriy fosfataza bo`ladi, kislotali
fosfataza va miyeloperoksidaza esa uchramaydi. Ularga xos bo`lib laktoferrin, kationli oqsillar,
lizotsim va boshqa mikroblarga sarshi xizmat qiluvchi moddalar hisoblanadi. Neytrofillar tashqi
tomondan qalinligi 10 nm va ko`p sonli yolg`on oyoqlari (psevdopodiylar) tufayli notekis
bo`lgan hujayra qobig`i bilan o`ralgandir. Ko`p sonli psevdopodiylarning bo`lishi
neytrofillarning aktiv harakat silish qobiliyatiga ega ekanidan dalolat beradi.
96
61-rasm.
Odam
qonining
segment
yadroli
neytrofil
leykotsiti.
Elektron
mikrofotogramma. X 10.000.
1-yadro segmentlari; 2-sitoplazmadagi spetsifik donachalar; 3-gialoplazma.
Leykotsitlar umumiy sonining mutloq ko`pchiligini (60- 65%)
segment yadroli yetuk
neytrofillar tashkil etadi. Yetuk neytrofillar yadrosi ko`pincha 3-4 ta alohida bo`laklardan (seg-
mentlardan) iborat bo`lib, bu bo`laklar ingichka ko`prikchalar yordamida o`zaro tutashib turadi.
Xromatin asosan yadro chekkasida to`plangan bo`lib, yadro markazida esa siyrak joylashadi.
Neytrofillarning bir qismi (2-4%) egilgan tayoqcha yoki «S» shaklida yadro tutadi va
tayoqcha yadroli neytrofillar deb ataladi. Yosh neytrofillar yoki metamiyelotsitlar deb ataluvchi
neytrofillar loviyasimon yoki taqasimon, xromatini tarqoq yadroga ega. Bu neytrofillar fiziologik
sharoitlarda periferik qonda ham uchrab, ularning mitsdori 0,5% Dan oshmaydi. Tayoqcha
yadroli va yosh neytrofillar sonining ko`payib ketishi muhim diagnostik ahamiyatga ega.
Ayollarning yetuk neytrofilla-rida maxsus xromatin tanachalari yoki Barr tanachalari uchraydi.
Ular yadro qobig`i ostida baraban tayoqchasi yoki uzilayotgan tomchi shaklida bo`ladi. Barr
tanachalari XX xromosomaga ega bo`lgan
kishilarda, ya’ni faqat ayollar neytrofillaridagina
bo`lib, erkaklarda bitta X-xromosoma bo`lganligi sababli uchramaydi. Barr tanachalari yoki
jinsiy xromatinning bo`lishi sud-meditsina tajribasida muhim ahamiyatga ega. Neytrofillar aktiv
harakat qilish qobiliyatiga ega bo`lib, organizmning yallig`lanish jarayoni va to`qimalar
yemirilishi sodir bo`layotgan joylariga yetib boradi. Bu yerda neytrofillar yot zarrachalar,
mikroblar va yemirilgan hujayra bo`laklarini fagotsitoz qiladi. Shu xususiyati tufayli
neytrofillarni
mikrofaglar
ham deb ataladi. Neytrofillarning muhim xususiyatlaridan biri
ularning bazal membranadan va hujayra elementlari orasidan o`tib, biriktiruvchi to`qimaning
asosiy moddasi tomon siljish qobiliyatidir. Yuqorida ko`rsatib o`tilganidek, neytrofillar o`z
sitoplazmasida qator gidrolitik fermentlarni saqlaydi.
Bulardan tashqari, neytrofillarda 5 ga yaqin
bakteritsid (mikroorganizmni «miruvchi) oqsil moddalar, jumladan, fagotsitin, opsonin va
boshqalar topilgan. Neytrofillarda glikogen va bir qator aminokislotalarning bo`lishi ularning
modda almashinuv protsesslarida aktiv ishtirok etishidan dalolat beradi. Bulardan tashqari,
neytrofillarda maxsus moddalar - keylonlar bo`lib, ular granulotsitlarning
proliferatsiya va
differensiala-nish jarayonlarini boshtsarishda ishtirok etadi. Neytrofillarning yashash muddati
o`rta hisobda 10,2 sutkaga teng bo`lib, shundan 4 sutkasi suyak ko`migida o`tadi. Neytrofillar
periferik qonda oz muddat (8-24 soat) bo`ladi. To`qimaga tushgach, ular qaytib tomirlarga
o`tmaydi, to`qimalarda o`z vazifalarini ado etgach, yemiriladi. Neytrofillar miqdorining ko`payib
ketishi - neytrofilyoz turli xil yallig`lanish reaksiyalarida kuzatiladi. Bunday hollarda ko`pincha
97
tayoqcha yadroli va yosh neytrofillar protsent miqdoriniig ko`payishi, ya’ni leykotsitar
formulaning chapga siljishi qayd etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: