408
253- rasm. Qnn.
I - shilliq parda; a -ko’p qavatlch yassp epmteliy; L - xususiy qatlam; v - qon yumirlar, 2 -
mushak parda; 3 - birnktiruvchn to’qima
(I. V. Almaz.v, L. S. Sutulsvdan).
.
;
vatni farqlash mumkin: bazal, oraliqvayuza yoki fun-k tc i o n a l qavat. Qindan olib
tayyorlangan surtmada hujayra-larning turiga qarab tuxumdondan chiqayotgan gormon va uning
qin epiteliysiga ta’sirini aniqlash mumkin. YUza yoki funktcio-nal qavat hujayralari o’z
o’lchamlarining kattaligi, yassiligya, ba’zan qirg’oqlarining qayrilganligi, yadrosining
kichikligy, tcitoplazmasining glikogenga boy bo’lib, bazofil ekanligi bilan xarakterlanadi. Qin
surtmasida bu hujayralarning’ ko’pligi organizmda estrogen gormonining ko’pligidan dalolat
beradi. Oraliq qavat hujayralarining o’lchamlari o’rtacha, yadrosi nisba-tan katta bo’lib,
tcitoplazmasi bazofildir.
Bazal qavat hujayralari kichik, dumaloq, bazofil bo’lib, hujayraning o’rtasiga joylashgan yadrosi
odatda, kattadir. Surt-mada bu hujayralarning oshishi organizmda estrogen gormonining
kamligidan dalolat beradi. YUza qavat hujayralarida kerato-gialin donachalari paydo bo’ladi,
ammo bu qavat hujayralarining muguzlanishi kuzatilmaydi. Qinda doimo yashovchi mikroblar
ta’sirida glikogenning parchalanishi sut kislotaning hosil bo’-lishiga olib keladi, shuning uchun
ham qinning shillig’i kislotali reaktciyaga ega. Kislotali reaktciya tufayli qinning shillig’i bak-
teriotcid xususiyatga ega, bu esa qinda mikroorganizmlarnn ri-vojlantirmaydi.
Epiteliy ostida elastik tolalarga boy siyrak tolali shakl-lanmagan biriktiruvchi to’qimali xususiy
qavat yotadi. SHu erda bezlar bo’lmaydi. SHilliq pardaning xususiy qavati shakli no-to’g’ri
so’rg’ichlar hosil qilib epiteliyga botib kiradi. SHuning uchun ham epiteliyning pastki chegarasi
g’adir-budir bo’ladi. Xu-susiy plastinkada limfotcitlar sochilib yotadn, ba’zan esa lim-fatik
follikulalar ham uchraydi. Qinda shilliq osti parda shakllanmaganligi uchun shilliq pardaning
xususiy plastinkasi mushak pardaga o’tadi. Mushak parda kam rivojlangan ichkn tcir-kulyar
qavat va oralarida elastik tolalarga boy bo’lgan birikti-ruvchi to’qima qatlamlarini tutuvchi
baquvvat tashqi bo’ylama mushak tutamlaridan iborat. Qinning boshlanish qismida aylana
yo’nalgan ko’ndalang targ’il mushak tolalari' joylashadi. Qinning adventitcial qavatidagi siyrak
tolali shakllanmagan birikti-ruvchi to’qima qinni qo’shni organla-r bilan bog’lab turadi. Bu
qavatda yirik venoz chigallari, nerv; stvollari yotadi. Bularning yo’nalishi bo’yicha katta
bo’lmagan vegetativ nerv chigallari uchray-di.
Qinning shilliq pardasi bachadon shilliq pardasi kabi dav-riy o’zgarishlarga uchraydi.
Menstruatciya davrida yuza qavat epi-teliysi (funktcional qavat) tushib ketadi, shundan so’ng
bazal qavatda proliferatciya jarayoni boshlanib qin epiteliysi yana qalinlashadi. Keyinroq ikkala
qavat ham differentciallashadi va 2-3 qavatdan iborat funktcional qavat menstruatcnya oldi
davrida 155 mkm gacha qalinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: