409
o’xshash bo’lib, ikkita erek-tik g’ovaksimon tanadan tuzilgan bo’lib, ko’p qavatli yassi, bir oz
muguzlanuvchan epiteliy bilan qoplangan boshcha bilan tugaydi.
Tashqi jinsiy organlar, ayniqsa, klitor, erkin va kapsulali genital tanachalar, sezuvchi Meysner
tanachalari, plastinkasimon tanacha ko’rinishidagi nerv oxirlariga boy.
SUT BEZLARI
'Sut bezlari terining ko’rinishi o’zgargan apokrin bezlaridan iboratdir. U terining hosilasi bo’lib,
ektodermadan kelib chiqi-shiga qaramasdan faoliyati jihatidan ayollar jinsiy sistemasi bilan
chambarchas bog’liq bo’lganligidan jinsiy sistema bo’limida o’rganiladi.
Taraqqiyoti. Sut bezlarining kurtaklari homila taraqqiyoti-ning ikkimchi oyida epidermisning
butun tana bo’ylab cho’zilgan ikkita zich tizimchasi sifatida paydo bo’ladi va sut chizig’i deb
nomlanadi. Har bir sut chiziqlarining oldingi yuzasida epider-mis qalinlashib sut nuqtasini hosil
qiladi. Epider-mal tizimchadan ostida yotgan mezenximaga 20-25 tacha epidermal tizimcha o’sib
kiradi. Ularning distal oxiri shoxlanib ketadi va sut bezlarining kurtaklarini hosil qiladi.
Homilaning tug’ilish vaqta yaqinlashganda epitelial o’simtalarning ichida bo’shliq hosil bo’ladi.
Buning natijasida naylar sistemasi vujudga ke-lib, ularning uchlari kengayib, terining yuzasiga
ochiladi. Bu naylar ochiladigan joy uni qoplab turgan epiteliy hujayrala-rining muguzlanishi va
tushib ketishi natijasida avval chuqurcha shaklini oladi, tug’ilish davriga kelganda bu chuqurcha
tekislana-di. ^eyinchalik shu soha epiteliysining zo’r berib ko’payishi
natijasida chuqurlik o’rnida so’rg’ich paydo bo’ladi. YAngi tug’il-ganlarning sut bezlari to’la
differentciallashmagan bo’lishiga qaramay, bir oz bo’lsa ham, sekretciya qobiliyatiga egadir.
Tug’nl
1
-gandan keyin bir necha kun sut bezlari sekretor faoliyatini bosh.-laydi va tarkibi
bo’yicha og’iz sutiga yaqin suyuqlik ajratadi. Bu jarayon uzoqqa cho’zilmaydi, dastlabki
haftalarda tugaydi.
Balog’at yoshiga etguncha sut bezlari har ikki jinsda bir xil tuzilishga ega bo’lib, rivojlanayotgan
epitelial naylar joylash-gan biriktiruvchi to’qimadan iborat. Har ikkala jinsda sut bez-larining
taraqqiyotidagi farq balog’at yoshiga etganda boshlanadi. Ug’il bolalarda bez apparati
taraqqiyoti, to’xtaydi, reduktciyalash-gan holatda qoladi. Qiz bolalarda esa bez naylaridan yoki
sut yo’llari deb ataluvchi naylardan yon o’simtalar hosil bo’ladi, ularning oxirlarida
qopchasimon kengaymalar-sekretor oxirla-ri (al’veolalar) yoki atcinuslar paydo bo’ladi. Hamma
bezlar zo’r berib kattalashadi va yirik murakkab nay al’veolali bez ko’ri-nishini oladi. Bir
vaqtning o’zida biriktiruvchi to’qamada og’ hujayralari yig’ila boshlaydi, bu sut bezlariga
qabari^; shaklni beradi. Sut bezlarining taraqqiyoti va tuzilishi homiladorlik va laktatciya davrida
nihoyasiga etadi.
SHunday qilib, ayollarda sut bezlarining taraqqiyotn tuxum-don faoliyatining boshlanishi bilan
bog’liq. Klimaks davrida tuxumdonda gormon hosil bo’lishi susaya boshlaganida sut bezlari ham
involyutciyaga uchraydi.
Sut bezlari o’zining tuzilishi va faoliyatida homiladorlik va laktatciya bilan bog’liq bo’lgan
davriylikka ega. SHuning uchun sut bezining uch holatini farqlash mumkin: 1) balog’at yoshida,
ya’ni bezning tinchlik davridagi tuzilishi: 2) sut bezining hom.n-ladorlik davridagi tuzilishi; 3)
sut beznning laktatciya davrida-gi tuzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: