Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

chiziqli nay 
(dustus stratus) ham deb ataladi. Mazkur hujay-ralar tcitoplazmasida 
joylashgan donalar va pufakchalar so’lak nayining sekretor faoliyatidan, so’lak hosil bo’lishida 
ishtiro-ki borligidan darak beradi. So’lak nayi bo’lakchalararo nayga o’tadi. Bu nay ikki qavat 
tcilindrsimon epiteliy bilan qopla-nib, nay yiriklashgai sari uning epiteliysi ko’p qavatli bo’lib 
boradi. Bo’lakchalararo naylar umumiy nayga qo’shiladi. Bu nay-lar ko’p qavatli kubsimon va 
nayning og’izga ochilish joyida ko’p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan bo’lib, yuqorigi katta 
Jag’ tishi sohasida lunjning shilliq qavatiga ochiladi. 
Jag’ osti bezi. Bu organ tuzilishiga ko’ra al’veolyar-naysi-mon, sekretining xarakteriga ko’ra 
aralash -ham oqsil, ham shilliq ishlab chiqaruvchi bezdir. Bez tashqaridan yupqa birik-tiruvchi 
to’qimali kapsula bilan qoplangan. Kapsula bezni bo’-laklarga bo’lib biriktiruvchi to’qimali 
trabekulalargacha davom etadi. Har bir bo’lak o’z navbatida, quloq oldi bezi singarn, atcinus va 
sekret chiqaruv nayining boshlanish qismlaridan ibo-rat. Bu bezda ikki xil - sof oqsil 
hujayralaridan va ham oq-sil, ham shilliq ishlab chiqaruvchi hujayralardan tashkil topgan. 
atcinuslar tafovut etiladi. Sof oqsil ishlab chiqaruvchi hujay-ralardan iborat atcinuslar ko’p 
bo’lib, ularning tuzilishi qu-loq oldi bezi oxirgi sekretor qismi kabi tuzilishiga ega. Ara-lash 
sekretor bo’limlari sof oqsil ishlovchi atcinuslardan yi-rikroq bo’lib, 2 xil: oqsil va shilliq 
ishlovchi hujayralardan tashkil topgan. SHilliq hujayralar (mucocyti) yirik bo’lib, atcinusning 
markaziy qismini egallaydi. Hujayra yadrosi juda yassilangan va zichlangan bo’lib, doimo uning 
bazal qismida joy-lashadi. SHilliq hujayralar tcitoplazmasi oqish bo’lib shilliq sekreti tutgani 
uchun katak-katak ko’rinishga ega va mutcikarmin bilan yaxshi bo’yaladi. Aralash hujayrali 
atcinuslar (192-rasm) tarkibida oqsil hujayralar shilliq ishlab chiqaruvchi hujayra-lar yonida 
o’ziga xos yarim oysimon tuzilma (Jianutctci yarim oyi) sifatida ajralib turadi. 


316 
Jag’ osti bezining so’lak chiqaruv naylari quloq oldi bezi- 
192-rasm. Jag’ osti bezi. Gematoksilin-eezinbilan bo’yalgan. 06. 60, ok. 10. 
1 - aralash oxirgi bo’lim; a - shilliq hujayralar: b - Jinutctci yarim oylari (oqsnl hujayralar); 2 - 
mioepitelial hujayra; 3 - so’lak naychasi. 
ning naylari kabi tuzilishga ega bo’lsa ham, lekin kiritma nay bu erda qisqaroq bo’ladi, chunki 
bez taraqqiyoti davrida nayning bir qismi shilliq ishlab chiqaruvchi hujayralar hosil bo’lishi-ga 
sarflanadi. Bosh chiqaruv naylari - Vartonov nayi til yugan-chasi sohasida til osti bezi nayining 
yoniga ochiladi. 
Til osti bezi. Til osti bezi murakkab al’veolyar-naysimon, tarmoqlangan bezdir. Til osti bezida 
uch xil: aralash - ham shilliq, ham oqsil ishlab chiqaruvchi, sof shilliq hamda kam miqdorda 
faqatgina oqsil ishlab chiqaruvchi hujayralardan tashkil topgan atcinuslar bo’ladi (193-rasm). 
Oqsil hujay-ralar aralash hujayrali atcinuslarda jag’ osti bezi hujayra-lariga o’xshash Jianutctci 
yarim oylarini hosil qilib joylasha-di. Til osti bezining so’lak chiqaruv nayi yirik so’lak bezlariga 
o’xshash tuzilgan bo’lsa ham, bu erda nay o’ta kalta bo’ladi. Bez-ning bosh chiqaruv nayi til 
yuganchasiga ochiladi. 
Bez stromasida qon tomirlar, nerv tolalari va sekret chiqa-ruv naylari joylashadi. Bezlarga 
kiruvchi arteriyalar so’lak naylari tarmoqlari bo’ylab tarqaladi. Ulardan shu naylarni 
ta’minlovchi arteriolalar shoxlanib ketadi. Oxirgi sekretor bo’lim - atcinuslarga kelgan 
arteriyalar shoxobchalari kapillyar-lar to’rini hosil qiladi. So’lak bezlari parasimpatik nerv sis- 


317 
193-rasm. Til osti bezi. Gematoksil’n-eezin bklan bo’yal1E1. 06» 10. oi. 1Q. 
I- shilliq ishlab chiqaruvchi oxnrgi bo’lkm; 2 - shilliq ishlab chnqaruvchi hujayralar. 
temasining kranial qismi va simpatik nerv sistemasining ko’k-rak qismidan nerv bilan 
ta’minlanadi. So’lak bezlari jarohat-langanda yaxshigina qayta tiklanish xususiyatiga ega. 
So’lak tarkibi va uning mohiyati. Hamma so’lak bezlari va mayda so’lak bezchalari sekretlari 
qo’shilib, umumiy so’lakni ho-sil qiladi. Uning tarkibiga 99,5% suv, anorganik moddalar,' ya’ni 
tuzlar va organik moddalardan bir qanna fermentlar- ptialin, mal’taza, lipaza, peptidaza va 
proteinazalar kiradi. Bundan tashqari, unda mutcinlar, hujayra elementlaridan epi-teliy va 
leykotcitlar uchraydi. So’lakning tarkibida turli xil bakteriyalar uchraydi. So’lak oziq moddani 
namlaydi, yumshatadi, yarim suyuq holatga keltirib chaykash va yutishni engillatadi. So’-lak 
tarkibidagi fermentlar ta’siri uning zarur faoliyatidan biridir. Og’iz bo’shlig’idan boshlab karbon 
suvlar parchalanadi. So’lak yordamida organizm bir qancha organik va anorganik chiqindilardan 
(siydik kislotasi, kreatin, yod va boshqalar) to-zalanadi. So’lak bezlarining himoya faoliyati 
bakteritcid xusu-siyatga ega bo’lgan lizotcim moddasini ajratishdan iborat. 
So’lak tarkibida insulin, parotin, epiteliyning o’sish fakto-ri va boshqa shunga o’xshash gormon 
va biologik aktiv moddalar-ning bo’lishi so’lak bezlari endokrin vazifani ham bajaradi, deyishga 
asos bo’ladi. 
TISHLAR 
Tishlar (dentes) chaynash apparatining muhim bir qismi hi-soblanadi. Ularda ikki xil generatciya 
bo’ladi. Oldin sut tishlar (20 dona) paydo bo’lib, keyin ular doimiy tish (28-32 dona) lar bilan 
almashinadi. Anatomik jihatdan tishda t o j, b o’-yin, ildiz qismlar, gistologik jihatdan esa e m a 
l, d e n-tin, tcement, pul’pa hamda pernodont (tish atrofi to’qimasi) tafovut etiladi. 
Taraqqiyoti. Embrion taraqqiyotining 7 - 8 - haftasida og’iz bo’sh-lig’i epiteliysi o’zining ostida 
yotgan mezenximaga uzunasiga epite-lial plastinka hosil qilib botib kiradi. Oldingi epitelial plas-
tinkadan og’izning dahliz qismi hosil bo’lsa, orqa plastinkadan yuqori va pastki tish plastinkalari 
bunyodga keladi. Bir ildizli tishlar hosil bo’lishida birlamchi og’iz bo’shlig’ining dahliz tubidagi 
epiteliy mezenximaga botib kirib, murakkab epitelial tasmani ho-sil qiladi. Ko’p ildizli tishlar 
paydo bo’ladigan erda epiteliy tas-malari alohida bo’ladi. Tish plastinkasining ichki yuzasidan 
emal’ a’zolarini hosil qiluvchi epileliy to’plamlari - tish kurtakla-r i (germen dentis) paydo bo’la 
bsshladi. Tksh kurtaklarining ostidan mezenxima o’sa boshlaydi va epitelial a’zoga botib kirib t i 
sh s o’ r-g’ichini (papilla dentis) hosil qiladi. Buning natijasida to’nkaril-gan qadah yoki 
qalpoqcha shaklida e m a l ‘ a’zosi (organi) (organum enamelium) hosil bo’ladi (194-rasm). 
Keyinchalik emal’ a’zosi asta-se-kin tish plastinkasidan ajraladi. Emalning epitelial hujayralari 3 
tur: 1) ichki; 2) tashqi va 3) orali^ zona hujayralariga bo’linadi. Tish so’rg’ichiga tegib yotgan 
ichki hujayralar o’sib, baland prizmatik epiteliyga aylanadi. Bu hujayralar keyinchalik tish 
emalini (enamelium) hosil qilishda ishtirok etadi va shu sababli enameloblastlar yoki 
ameloblastlar (enameloblasti, ameloblasti) nomini oladi (194, 195, 196-rasmlar). Tashki emal’ 
epiteliysi a’zoning keyingi o’sishi jarayonida yassilanadi. Oraliq qavat hujayralari esa, ularning 
ora-sida suyuqlik to’planishi natijasida bir-biridan uzoqlashadi va shakli yulduzsimon 
ko’rinishga ega bo’lib qoladi. Bu hosila emal’ a’zosi-ning pul’pasi deb atalib, keyinchalik u 
emal’ kutikulasini (cuticula enameli) hosil qilishda qatnashadi. 
Tish kurtagining takomillashishi bilan emal’ a’zosi va tish so’rg’ichini o’rab turgan mezenxima 
ham talay o’zgarishlarga uch-raydi. U zichlashadi va tish qopchasini (sacculus dentis) hosil 
qiladi. 3- oy oxirlarida emal’ a’zosi tish plastinkasi-dan butunlay ajraladi. 
Dentin gistogenezi homila hayotining 4- oylaridan boshlana-di. Tish so’rg’ichining bevosita 
enameloblastlar ostida yotgan mezenxima hujayralari kattalashib, ularning tcitoplazmasida RNK 
miqdori oshadi va ular dentin hosil qiluvchi odonto-blast hujayralari nomini oladi. 
Odontoblastlar differen-tcirovkasi tish so’rg’ichining yon tomonlariga nisbatan uch qismida erta 
boshlanib, aktivroq ketadi. Odontoblastlar radial joy-lashgan, noksimon shakldagi bo’ychan 
hujayralar bo’lib, aniq 


318 
194-rasm. Tish taraqqiyotining boshlang’ich davri. Zmach’ orgshsh (a’zosi). Gematok-silin-
eezin bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10. 
1-sg’iz shillkq qavatining epiteliysi; 2 - chmal’ orgashshing tpshqi hujayralari ; 3 - ;mal’ 
organining pul’pasi; 4 - =mal’ organining ichki hujayralarn; 5 - emal’ or-ganining bo’yni; 6 - tish 
so’rgichi. 7-kezenxima hujayralari; 8 - pando bo’layotgan suyak 
to’qimasi. 
ifodalangan qutblarga ega (196-rasm). Ularning apikal qismi-da o’simtalar (Tomas iplari) bo’lib, 
shu o’simtalar orqali den-tinning asosini hosil qiluvchi organik moddalar - preden-

in ajraladi. 
Predentinning prekollagen tolalari radial yo’nalishga ega bo’lib, ular odontoblastlar bilan 
enameloblast-lar o’rtasini to’ldiradi. 
Prekollagen tolalarning soni oshib borishi bilan ular kol-lagen tolalarga aylanib boradi. 
Predenten ohaklanish jarayoni-da dentinga aylanadi. Predentinning ohaklanish jarayoni odon-
toblast hujayralarining apikal o’simtalari (Tomas iplari) sohasini o’z ichiga olmaydi. Bu jarayon 
Tomas ipchalari atrofida radial kanalchalar - dentin kanalchalari sistemasining hosil bo’lishiga 
sabab bo’ladi. Predentinning emalga chegaradosh qnsm- 


319 
195-rasm. Tish taraqqiyotining keyingi davri. Emal’ va dentinning hosil bo’- 
lishi. Gematoksilin-eozin bilan bo’yalgan. 06. 10, ok. 10. 
1 - mezenxima; 2 - ameloblastlar (enameloblastlar); 3 - emal’; 4 - dentin; 5 - preden-tin; 6 - 
odontoblastlar; 7 - tish pul’pasi. 
larida ham ohaklanish ro’y bermasligi sababli bu erda interg-lobulyar bo’shliqlar paydo bo’ladi. 
So’ngra radial prekollagen tolalar ma’lum bir qalinlikka ega bo’lib, ularning hosil bo’li-shi 
to’xtaydi va dentinning rivojlanishi sekinlashadi. Keyincha-lik tangentcial (qiya) yo’nalgan 
kollagen tolalar paydo bo’la boshlaydi. Bu tolalar prekollagen bosqichisiz to’g’ridan-to’g’ri 
paydo bo’ladi; mana shu tolalar hisobiga pul’pa atrofida den-t i n hosil bo’ladi. 
Dentin hosil bo’lishi bilan emalning taraqqiyoti boshlanadi. Dastavval enameloblast 
hujayralarining dentinga qaragan qismi cho’ziladi va o’simtalar hosil qiladi va emal’ prizma-
larshsh hosil qiladi. Emal’ hosil bo’lishi boshlannshn bilan 


320 
196-rasm. Tish taraqqiyoti. 06. 40, ok. 10. 
1 -enameloblastlar; 2 - emal’; 3 - dentin; 4 - dentin kanalchalari; 5 - predentin; 6 - odontoblastlar; 
7 - tish pul’pasi; 8 - biriktiruvchi to’qima; 9 - qon tomirlar. 
enameloblast yadrolari hujayraning uch qismiga qarab siljiy boshlasa, boshqa organellalar, 
aksincha, bazal qismiga o’tib qo-ladi, go’yo hujayraning bazal qismi apikalga, apikal qismi esa 
bazal 
qismiga 
aylanib 
qoladi. 
Hujayra 
qutblarining 
bunday 
o’zgarishidan so’ng 
enameloblastlarning oziqlanishi dentin to-mondan emas, balki emal’ a’zosining oraliq zonasi 
tomonidan amalga oshadi. Enameloblastlarda granulalar paydo bo’ladi va o’simtasiga siljiydi. 
Bu granulalar esa emal’ prizmalariga shimiladi. SHu bilan bir vaqtda enameloblastlar 
tcitoplazmasi hisobiga prizmalarni yopishtiruvchi modda ishlab chiqariladi. SHunday hosil 
bo’lgan emal’ 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish