Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

 
BEZLAR
Epiteliy to`qimasining yana bir asosiy vazifasi sekreg ishlab chiqarishdir. Sekret 
ishlaydigan hujayralar yig`ilib, bezlarni (glandulae) hosil qiladi. Bezlarning ko`pchiligi epiteliy 
hosilasidir. Faqatgina epifiz, gipofizning orqa bo`lagi va buyrak usti bezining mag`iz qismigina 
nerv to`qimasidan rivojlanadi. 
Agar bezlar o`z mahsulotini tashqi muhitga chiqarsa, bunday bezlar 
ekzokrin bezlar 
deyiladi. 
Bunga misol qilib teri bezlari yoki hazm sistemasining o`z mahsulotini me’da-ichakka 
chiqaruvchi bezlarni keltirish mumkin. Ikkinchi guruh bezlar o`z mahsulotini organizm ichki 
muhitiga (qon yoki limfaga) chiqaradi. Shuning uchun bu bezlarni 
endokrin bezlar 
deyiladi. En-
dokrin bezlarga gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez. oldi bezi, me’da osti bezining 
endokrin qismi, buyrak usti bezi, epifiz, jinsiy bezlar kiradi. 
Bezlar ko`p hujayrali va bir hujayrali bo`lishi mumkin. Bezlarning asosiy ko`pchiligi 
ko`p hujayrali bezlardir. Bir hujayrali ekzokrin bezlarga qadahsimon hujayra-lar kiradi. Bir 
hujayrali endokrin bezlar esa turli a’zolarda joylashgan. Me’da-ichak sistemasidagi endokrin 
hujayralar juda ko`p uchraydi. Bir hujayrali bezlar turli shaklda bo`lishi mumkin. Ular epitelial 
tasma ichida joylashsa, 
endoepitelial bezlar 
deb yuritiladi. Agar ular epiteliydan tashqarida, 
ya’ni. biriktiruvchi to`qimada joylashsa, ularni 
ekzoepitelial bezlar 
deyiladi. 
Ko`p hujayrali bezlar, bezlarning asosiy qismini tashkil) qilib, ular biriktiruvchi 
to`qimada joylashadi. Ko`p hujayrali ekzokrin bezlarda ikki qism: 1) sekretor yoki oxirgi bo`lim 
va. 2) chiqaruv naylari farq qilinadi. 
Sekretor bo`limda shu bez uchun xarakterli bo`lgan sekretor mahsulot ishlanadi. Oxirgi 
bo`lim hujayralari ko`pincha bazal membranada bir qavat bo`lib joylashadi. Faqatgina yog` 
bezlari oxirgi bo`limlarida bir necha qavat bo`lib joylashgan hujayralarni ko`rish mumkin. Ba’zi 
bir bezlarning oxirgi bo`limida. sekretor hujayralardan tashqari qisqarish funktsiyasini baja-
ruvchi mioepitelial hujayralar ham joylashadi. 
Oxirgi bo`limda ishlangan mahsulotlar chiqaruv yo`llari orqali tashqi muhitga 
chiqariladi. Chiqaruv yo`llari hujayralarn sekret mahsulotni suv va turli mineral tuzlar, oqsil 
moddalar bilan boyitishi yoki chiqaruv yo`li orqali o`tayotgan mahsulot suvini va ba’zi 
moddalarni so`rishi mumkin. Ko`p hujayrali bezlarning chiqaruv yo`llari tarmoqlangan yoki 
tarmoqlanmagan bo`ladi. Tarmoqlanmagan chiqaruv yo`llarini tutuvchi bezlar
oddiy bezlar, 
tarmoqlangan chiqaruv yo`llarini tutuvchi bezlar 
murakkab bezlar 
deb yuritiladi. Oxirgi 
bo`limlar ham tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan bo`lishi mumkin. Agar chiqaruv nayi hamda 
oxirgi bo`lim tarmoqlanmay, har qaysi chiqaruv nayi birgina oxirgi bo`lim bilan tugasa, bunday 
bezlarni oddiy tarmoqlanmagan bezlar deyiladi. Agarda bir chiqaruv yo`liga bir necha oxirgi 
bo`lim o`z sekretini quysa, bunday bezlar oddiy tarmoqlangan bezlar deyiladi. Agar chiqaruv 
yo`llar tarmoqlangan va har bir chiqaruv yo`li bir necha oxirgi bo`lim bilan tugasa, bunday 
bezlarni murakkab tarmoqlangan bezlar deb ataladi. Oxirgi bo`lim shakliga qarab naysimon, 
alveolyar, naysimon-alveolyar bezlar farq qilinadi (56-rasm). 
Sekretni hujayradan tashqariga chiqarish turiga qarab bezlar m e r o k r i n, a p o k r i n
va g o l o k r i n bezlarga bo`linadi. Merokrin bezlarda hujayra ichida hosil bo`lgan mahsulot 
sekretor hujayra tanasining (qobig`i bilan) butunligi saqlanib qolgan diffuz holda hujayradan 
chiqariladi. Merokrin bezlarga ter va so`lak bezlari misol bo`la oladi. Apokrin bezlar sekretor 
hujayralarining apikal qismi sekret chiqarish davrida buzilishi bilan xarakterlanadi va hujayra-
larning apikal qismi bez mahsuloti bilan qo`shilib ketadi.


87 
56- rasm. Ekzokrin bezlarning tuzilishi va sekret ishlash turlari (sxema). 
A-epiteliy, B-biriktiruvchi 1o`qima, 1- oddiy tarmoqlanmagan naysimon bez; 2-oddiy 
tarmoqlanmagan alveolyar bez; 3-oddiy tarmoqlangan naysimon bez; 4-oddiy 
tarmoqlangan alveolyar bez; 5-murakkab alveolyar-naysimon bez; 6-merokrin bez oxiri; 
7-apokrin bez oxiri; 8-golokrin bez oxiri; a-o’suvchi qavat hujayralari; b-sekret 
yig`ayotgan hujayra; a-parchalanayotgan hujayra. 
Apokrin bezlarga sut va apokrin yo`l bilan sekretsiya qiluvchi ba’zi ter bezlar kiradi. 
Golokrin bezlarda sekret ishlash vaqtida sekretor hujayralar butunlay parchalanadi. Nobud 
bo`lgan hujayralar bez mahsulotini tashkil qiladi. Odamda bu bezlarga faqatgina yog` bezlari 
misol bo`la oladi. Nobud bo`lgan hujayralar o`rnini bezning periferik qismida joylashgan kam 
differensiallashgan hujayralar to`ldirib turadi (56-rasm ga q.) 
Ekzokrin bezlarda ishlanayotgan sekret shilliq, oqsil, aralash shilliq-oqsil yoki moy 
tabiatli bo`lishi mumkin. Oqsil ishlovchi bezlarda donador endoplazmatik to`r kuchli rivojlangan 
bo`ladi va u hujayrani bazal va markaziy o`rta qismlarini to`ldirib turishi mumkin. Sekret 
ishlovchi hujayralar orasida hujayra oraliq kanalchalarini ko`rish mumkin. Bunga misol qilib, 
so`lak bezi oxirgi bo`limidagi hujayralararo kanalchalarni keltirish mumkin. Ba’zan sekretor 
hujayralarda hujayra ichi kanalchalari ham farq qilinadi. Bunday kanalchalar me’da fundal 
bezlarida joylashgan pariyetal hujayralarda bo`ladi. 
Bez hujayralarida hosil bo`lgan sekret vaqti-vaqti bilan tashqariga chiqariladi, shuning 
uchun bez hujayralari sekretsiya jarayonining ma’lum davrlarida o`ziga xos tuzilishga ega bo`la-
di. Bez hujayralarining sekret ishlash jarayoni bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishiga 
sekretor sikl 
deb yuritiladi. Uni quyidagi 5 fazaga bo`lish mumkin: 1) hujayrada sekret ishlash uchun kerak 
bo`lgan moddalarning to`planishi; 2) hujayra ichidagi strukturalar ishtirokida sekretning 
sintezlanishi; 3) sekretor moddaning yetilishi; 4) yetilgan sekretor moddaning to`planishi; 5) 
sekretor moddaning ajralib chiqishi. 


88 
57- rasm. Sekretor moddalarning hujayradan chiqishi. Me’da fundal bezining bosh 
hujayrasi. Elektron mikrofotogramma. X20.000. 
1-sekretor donachalar plastinkasimon kompleks sohasida; 2-sekretor donalar ajralib 
chiqish fazasida; 3 - yadro; 4 - donador endoplazmatik to`r; 5 - bazal membrana. 
Birinchi fazada qon va limfadan hujayraning bazal plazmatik qobig`i orqali sekret ishlash 
uchun kerakli bo`lgan turli noorganik tuzlar, suv, aminokislotalar, monosaxaridlar, yog` 
kislotalari va boshqa moddalar uning sitoplazmasiga kiradi. So`ngra ulardan bez hujayralarining 
endoplazmatik to`rida organik birikmalar hosil bo`lib, ular Golji kompleks sohasida yetiladi va 
shakllanadi. Golji kompleksining sekret donachalar saqlovchi qismlari ajralib, apikal qismi 
sohasida to`planadi va bez oxirgi bo`limlari bo`shlig`iga ajraladi (57-rasm). Turli bez 
hujayralarida sekretor sikl ayrim fazalarining davom etish davri har xil bo`ladi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish