Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


KAPILLYARLAR (VAS CAPILLARE)



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

KAPILLYARLAR (VAS CAPILLARE) 
 
Qon kapillyarlari (vasa haemocapillaria) eng ko’p sonli va eng ingichka tomirlar bo’lib, 
ularning diametri tomir funksional holatiga va joylashgan a’zolar xususiyatiga ko’ra har xil 
bo’lishi mumkin. Masalan, eng ingichka kapillyarlar (diametri 4,5–7 mkm) ko’ndalang-targ’il 
mushaklarda, nervlarda va o’pkada bo’lsa, biroz yirikroqlari (diametri 7–11 mkm) – terida va 
shilliq pardalarda uchraydi. Qon yaratuvchi a’zolarda, endokrin bezlarda va jigarda yirik 
(diametri 20–30 mkm va undan katta) kapillyarlar bo’lib, ular 
sinusoid kapillyarlar 
deb ataladi. 
Jinsiy olatning g’ovak tanasida esa kapillyar tipidagi maxsus qon saqlovchi bo’shliqlar – 
lakunalar mavjud. 
Ko’pchilik hollarda kapillyarlar to’r tashkil qiladi, ammo ular qovuzloq (teri 
so’rg’ichlarida) hamda koptokchalar (buyrakda tomirlar koptokchasi) hosil qilib joylashishi 
mumkin. Qovuzloq hosil qilgan kapillyarlarda arterial va venoz bo’limlar tafovut qilinadi. Venoz 
bo’lim arterial bo’limga nisbatan biroz kengroq bo’ladi. Turli a’zolarda kapillyarlarning zichligi 
turlicha bo’ladi va bu holat a’zo to’qimalarining morfo-funksional xususiyatiga bog’liq. 
Masalan, ko’ndalang-targ’il mushak to’qimasida 1 mm
2
yuzada 1400 kapillyar bo’lsa, terida 
shuncha maydonga 40 kapillyar to’g’ri keladi. Odatda hamma to’qimalarda ham fiziologik 
sharoitda 50 foizga yaqin kapillyar ishlamay turadi. Bunday kapillyarlarning bo’shlig’i juda tor 
bo’ladi, ammo butunlay bekilib qolmaydi. Ishlamayotgan kapillyarga qon shaklli elementlari 
sig’maydi, ammo ular orqali qon plazmasining aylanishi davom eta beradi (bularni «yopiq» 
kapillyarlar deb ataladi). Ishlayotgan «ochiq» kapillyarlar soni a’zolarning muayyan paytdagi ish 
faoliyatiga bog’liq. 
Kapillyarlar devori juda yupqa bo’lishiga qaramay, unda ham 3 qatlamni: endoteliy 
hujayralaridan tashkil topgan ichki, bazal membrana va peritsit hujayralaridan iborat o’rta hamda 
adventitsial hujayralar va nozik kollagen tolalardan iborat tashqi qavatlarni ajratish 
mumkin.Endoteliy qavati kapillyarning bo’yiga qarab cho’zilgan chegaralari notekis bo’lgan 
yassi hujayralar qatlamidan iborat. Endoteliy hujayralarining uzunligi 25–30 (ba’zan 75–175 
mkm ga), eni 8–10 mkm ga yetadi. Hujayralarning qalinligi yadro joylashgan yerda 3–5 mkm 
bo’lsa, chetki qismlarida yupqalashib, 0,1 mkm gacha boradi. Yadrolari oval yoki yumaloq 
bo’ladi, ammo ba’zan uning shakli o’zgarishi ham mumkin. Elektron mikroskopda qaralganda 


217 
endoteliy hujayrasining kapillyar bo’shlig’iga qaragan yuzasi, odatda, notekis ko’rinishga ega 
bo’lib, uzunligi 0,1–0,7 mkm bo’lgan psevdopodiyalar va sitoplazmatik o’simtalar hosil qilishi 
mumkin (127-rasm). Bunday tuzilmalar ayniqsa kapillyarlarning venoz qismida ko’proq 
uchraydi. Psevdopodiyalar va o’simtalar endoteliy yuzasini oshiradi, endoteliy orqali suyuqlik 
o’tishining sur’atiga qarab, ularning kattaliklari o’zgarib turishi mumkin. Endotelial 
hujayralarida organellalar kam bo’lib, ular asosan yadro atrofi zonasida joylashgan. Bundan 
tashqari, bu hujayralar sitoplazmasida yo’g’onligi 5 nm atrofida bo’lgan mikrofilamentlar 
tutamlari uchraydi. Ular hujayraning sitoskletini tashkil qiladi va organellalarning hujayra ichida 
ko’chib yurishlarini ta’minlaydi. Endoteliy hujayralarining ichki va tashqi yuzalari bo’ylab 
pinotsitoz pufakchalar va vakuolalar joylashadi, ular endoteliy orqali har xil moddalarning va 
metabolitlarning o’tishini aks ettiradi. 
127- rasm:. Kapillyarning elektron mikrofotografiyasi. X 10. 000. 
1 – endoteliy hujayrasi; 2 – endoteliy hujayrasining yadrosi; 3 – mitoxondriya; 4 – pinotsitoz 
pufakchalar; 5 – bazal membrana; 6 – kapillyar boshlig’i; 7 – kapillyarlar devoridagi teshikchalar 
(poralar); 8 – peritsit hujayra sitoplazmasi. 


218 
Bazal membrana tolali tuzilishga ega bo’lib, uning qalinligi 20–50 nm (ba’zi a’zolar 
kapillyarlarida 150 nm gacha) bo’ladi. Bazal membrana tolalarining yo’g’onligi 2–3 nm atrofida 
bo’lib, bir-biri bilan chirmashib ketgan, ular orasida esa amorf modda yotadi. Endoteliy 
hujayralari bilan peritsitlar o’rtasida bazal membrana ba’zi joylarda ingichkalashadi va uziladi, 
bu joyda hujayralar sitolemmalari bir-biri bilan zich bog’lanish hosil qilib birikadi. Bunday 
endotelio–peritsitar bog’lanish sohalari, ehtimol, bir hujayradan ikkinchi hujayraga qo’zg’alishni 
uzatish joylari bo’lsa kerak. 
128- rasm. Kapillyarlar turlari sxemasi (Yu.I. Afanasyevdan). 
I – yaxlit endoteliy va uzluksiz bazal membranali gemokapillyar; II – fenestrlar (teshiklar) tutgan 
endoteliy va uzluksiz bazal membranadan iborat gemokapillyar; III – ilma-teshik endoteliy va 
uzuq-uzuq bazal membranadan iborat sinusoid gemokapillyar. 
1 – endoteliy hujayrasi; 2 – bazal membrana; 3 – fenestrar; 4 – yoriqlar (poralar); 5 – peritsit; 6 – 
adventitsial hujayra; 7 – endoteliy hujayrasining peritsit bilan birikkan joyi; 8 – nerv oxiri. 
Peritsitlar (Ruje hujayralari) ni ba’zi tadqiqotchilar bazal membrananing tarkibiy qismi 
deb hisoblaydilar. Ular hamma tomonidan bazal membrana bilan o’ralgan (128-rasm). 
Peritsitlarning uzun sitoplazmatik o’simtalari bo’lib, ular kapillyarlarning bo’ylamasiga 
yo’nalgandir. Elektron mikroskop yordamida o’simtalarda ingichka fibrillalarni ko’rish mumkin. 
Bu hujayralarning funksional ahamiyati hali to’la o’rganilmagan. Kapillyarlar devorining 
qisqarishi jarayonida peritsitlarning ishtirok etishi haqida turli fikrlar mavjud. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish