Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н



Download 14,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/242
Sana10.01.2023
Hajmi14,09 Mb.
#898650
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   242
Bog'liq
4f230d5d-c020-43aa-93a1-a38ff9c5d413

Oraliq plastinkalar 
(disci 
intercalaci) mushak tolasiga nisbatan ko’ndalangiga yo’nalib, odatdagi preparatlarda to’q 
bo’yaluvchi chiziqlar tarzida ko’rinadi. Ular yurak mushagining eng xarakterli tuzilmalaridir.
135 - rasm. Miokardning polyarizatsion mikroskopda ko’rinishi. Ob 40. ok. 20. 
1 – yurak mushak tolalari; 2 – oraliq disklar; 3 – miofibrilla tolalarining ko’ndalang 
chiziqlari.
Ko’p yillar davomida oraliq plastinkalar gistologlar munozarasining mavzui bo’lib kelgan. 
Ularning tuzilishi va faoliyati haqida xilma-xil fikrlar yuzaga kelgan. Oraliq plastinkalarni tad-
qiqotchilarning ba’zilari yo`g`onlashgan disk, ba’zilari qisqarish yo’llari, ba’zilari esa artefakt, 
boshqalari mushak tolalarining oziqlanishida qatnashuvchi maxsus tuzilmalar deb hisoblashgan. 
Faqat elektron mikroskop qo’llanilgandan keyingina oraliq plastinkalarning haqiqiy morfologik 
mohiyati aniqlandi. Ular murakkab tuzilishga ega. Oraliq plastinka aslida ketma-ket yotgan ikki 
hujayraning plazmatik membranalaridan tuzilgan miotsitlararo chegara bo’lib (136-rasm), bu 
membranalar tor hujayralararo bo’shliq vositasida bir-biridan ajralib turadi. Qo’shni hujayralar 
qobig’ining bo’rtmalari bir-biriga botib turishi tufayli mushak tolalarining bo’ylama kesmalarida 
oraliq plastinka ko’pincha mushak tolasini to’g’ri chiziq bo`ylab kesib o’tmay, balki «zinapoya» 
singari yo’nalishga ega bo’ladi. Oraliq plastinka boshdan oxirigacha bir xil tuzilishga ega emas. 
Jumladan, uning muayyan qismlarida plazmatik membranalar orasidagi bo’shliq ancha keng 
bo’ladi. Oraliq plastinkalarning ba’zi qismlari nexus hosil qiladi. Ularning plazmatik 
membranalari yuqori elektron zichlikka ega bo’lib, bir-biriga juda yaqin yotadi. Oraliq 
plastinkaning eng ko’p qismida elektron zichligi yuqori bo’lgan tuzilmalar – desmosomalar 
mavjud. Oraliq plastinkalarning hujayra tuzilmalari, jumladan, sarkoplazmatik reticulum bilan 
tutashishi aniqlangan. Oraliq plastinkalarda ATF-aza fermentining yuqori aktivligi, ishqoriy 
fosfataza borligi aniqlangan. Bu oraliq plastinkalarning faqat hujayra chegarasi bo’libgina 
qolmay, balki ularda intensiv modda almashinuvi ketishidan dalolat beradi. Tipik mushaklarga 
qo’zg’alishni tarqashda oraliq plastinkalarning roli kattadir. 
Kardiomiotsitlarning sarkoplazmasida hujayraning umumiy va maxsus organellelari 
joylashgan. Maxsus organella – miofibrillalar mushak hujayralarining eng muhim strukturalari 
bo’lib qisqarish vazifasini bajaradi. Kardiomiotsitlarning miofibrillalari tuzilishi bo’yicha skelet 


230 
ko’ndalang-targ’il mushagi miofibrillalaridan umuman farq qilmaydi. Mushak tolalarining 
bo’ylama kesmasida esa miofibrillalarning ko’ndalang-targ’illik manzarasi ko’rinadi. Elektron 
mikroskopda miofibrillalar juda ingichka miofilamentlar (protofibrillalar) dan iboratligini 
ko’rsatadi («Umumiy gistologiya» bo’limining «Mushak to’qimasi» bobiga q.). 
Kardiomiotsitlarning yana bir muhim organellasi donasiz endoplazmatik to’r 
(sarkoplazmatik to’r) bo’lib, u uzunasiga va ko’ndalangiga yo’nalgan naychalar sistemasidan 
iborat. Yurak tipik mushagi mitoxondriyalarga boy. Ular cho’ziq, oval shaklida bo’lib, 
miofibrillalar orasida tizilib yotadi. Ba’zan yadro yonida mitoxondriyalarning to’plamlarini 
ko’rish mumkin. Shuningdek, mitoxondriyalar sarkolemma ostida, kapillyarlar yaqinida 
miofibrillalarga zich yopishib yotadi. Mitoxondriyalar ko’p miqdorda zich yotgan kristallarga 
ega. 
136-rasm. Miokardning oraliq plastinkasining electron mikrofotogrammasi. X 25000. 
1 – oraliq plastinka (disk); 2 – qo’shni miotsitlar sitolemmasi; 3 – miofibrillalar. 
Yurak mushak hujayralarida oksidlanish-qaytarilish fermentlarini saqlovchi mitoxondriyaning 
juda ko’p miqdorda bo’lishi, to’xtovsiz ishlayotgan yurakni zarur energiya bilan ta’minlaydi 
(137-rasm). Goldji kompleksi va donador endoplazmatik to’r yurak mushagida sust taraqqiy 
etgan. 
Gistoximiyaviy tadqiqotlar mushak tolasida oqsil, lipid kiritmalarini, oksidlanish-
qaytarilish fermentlarining yuqori aktivligini kuzatishga imkon berdi. Kardiomotsitlarda 
oksidlanish-qaytarilish fermentlaridan suksinatdegidrogenazaning aktivligi olma, sut, glutamin 
va boshqa kislotalar degidrogenazalari aktivligidan yuqori bo’ladi. 
Yuqorida biz yurak qorinchalarining kardiomiotsitlari bilan tanishib chiqdik. 
Bo’lmachalar miotsitlari ulardan bir oz farq qilib, ko’pincha o’simtali shaklga ega. Ularning 
sitoplazmasida mitoxondriyalar, miofibrillalar va sarkoplazmatik to’r kamroq. Bo’lmachalar 
kardiomiotsitlarida suksinatdegidrogenazaning aktivligi ancha past bo’lsada, glikogen 


231 
metabolizmiga oid fermentlar (fosforilaza, glikogensintetaza va boshqalar) ning aktivligi juda 
yuqori bo’ladi. Bu kardiomiotsitlar tuzilishining yana bir o’ziga xosligi shundaki, ularda donador 
endoplazmatik to’r va Golji kompleksi nisbatan yaxshi rivojlangan. Ular ishtirokida 
bo’lmachalar kardiomiotsitlari sitoplazmasida uchraydigan maxsus donachalar sintezlanadi. 
Maxsus donachalar glikoproteinlarga boy. Ba’zi tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, bu 
donachalarning glikoproteinlari qonga tushib lipoproteinlar bilan birikadi va bu bilan tromb hosil 
bo’lishiga qarshi ta’sir qilar ekan, bundan tashqari, bo’lmachalar kardiomiotsitlari, buyrak 
tanachalari yaqinidagi maxsus hujayralar kabi, qon bosimini boshqarishda ishtirok etuvchi mod-
dalar 
(natriy 
uretik 
faktorlar) 
ajratadi. 
Ko’pgina 
sut 
emizuvchilar 
bo’lmachalar 
kardiomiotsitlarining yana bir xususiyati, ularda T-kanalchalar sistemasining sust taraqqiy 
etganidir. 
137-rasm. Kardiomiotsit mitoxondriyasidagi suksinatdegidrogenaza fermentining 
aktivligi. X 20000. 
1 – ferment aktivligi aniq ifodalangan mitoxondriya; 2 – ferment aktivligi ifodalanmagan 
mitoxondriya. 
Miokardning stromasida retikulyar, kollagen va elastik tolalar yotadi. Retikulyar tolalar 
muskul tolalari uchun uzluksiz sinch hosil qiladi. Ikki xil retikulyar tolalar farq qilinadi. Ingichka 
retikulyar tolalar mushak tolasiga nisbatan ko’ndalang yo’nalib, o’zaro tutashgan tolalar 
chigalidan iborat. Yo’g’on tolalar uzunasiga yo’nalgan va oz miqdorda bo’lib, mushak tola-
larining dastalari orasida joylashgan. Elastik tolalar ham miokardda oz bo’ladi. Yurak 
bo’lmachalari miokardida ular qorinchalardagiga qaraganda ko’proq uchraydi. Miokardning 
mushak tolalari yurakning tayanch skeletiga yopishgan bo’ladi. Bu skelet bo’lmachalar va 
qorinchalar o’rtasidagi fibroz halqalar hamda o’pka arteriyasi va aortaning yurakdan chiqish 
joyidagi zich tolali biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan. 
Miokard qon tomirlarga boydir. Tomirlar mushaklararo biriktiruvchi to’qima tarkibida 
yotadi. Mushak tolalari bilan , kapillyarlar o’ziga xos munosabatda joylashgan bo’ladi. Bunda 
har bir mushak hujayrasi bevosita 2–4 kapillyar bilan tutashadi, har bir kapillyar esa o’z 
navbatida 3 va hatto 4 mushak hujayrasi o’rtasida joylashadi. Bu esa mushak hujayrasining qon 
bilan yaxshi ta’minlanishini belgilab beradi. 

Download 14,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish