38
SITOPLAZMA QIRITMALARI ( INCLUSIONES CYTOPLASMATICAE)
Kiritmalar sitoplazmaning doimiy bo`lmagan tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ular hujayra
ichidagi
modda almashinuvi, sekretsiya va pigment hosil qilish jarayonlari davomida va
fagotsitoz yo`li bilan tashqi muhitdan hujayraga moddalar kirishidan hosil bo`ladi.
Mikroskop ostida kiritmalar har xil zichlikdagi granulalar yoki suyuq vakuolalar holida
ko`rinadi. Qiritmalarning ximiyaviy tarkibi turlicha. Bir necha gruppa kiritmalar farqlanadi.
1. Trofik kiritmalar (yog`
tomchilari, oqsil granulalari, glikogen to`plamlari, vitaminlar
va boshqalar).
2. Sekretor kiritmalar (zimogen granulalar va boshqalar).
3. Ekskretor kiritmalar (o`t
kislotasi, mochevina va b.)
4. Pigment kiritmalar (gemoglobin, melanin, lipofustsin va boshqalar).
Oqsil kiritmalar kamda-kam uchraydi. Misol tariqasida ba’zi bir umurtqali hayvonlar
jigaridagi oqsil donalarini hamda tuxum hujayrasidagi murakkab oqsil va fosfoproteid
gruppalaridan
tashkil topgan plastinkalar, donachalar, disklar, duksimon shakldagi ko`pgina
sariqlik donachalarini va boshqalarni ko`rsatish mumkin. Elektron mikroskopda olingan
ma’lumotlarga qaraganda sariqlik tanachalari kristalsimon
strukturalar hosil qilgan
donachalardan va tayoqchalardan (protein makromolekulalari) iborat. Ko`pgina olimlar fikricha,
sariqlik donachalari materiali ribosomalar ishtirokida donador endoplazmatik to`r sisternalarida
hosil bo`ladi.
Yog` kiritmalari
tomchilar shaklida hujayralarda kam uchraydi (19-rasm, a
, b).
Ba’zi bir
hujayralarda esa ancha ko`p yig`iladi. Masala, biriktiruvchi to`qimaning yog` hujayralari
sitoplazmasidagi gigant yog` tomchilari (engil ekstraktsiya qilinuvchi neytral yog`lar)
bunga
misol bo`la oladi. Ingichka ichakda yog` so`rilish davrida silindrsimon hujayralarda ko`p
miqdorda neytral yog`lar yig`iladi. Bundan tashqari, yog`ning to`planishi ba’zi bir organlarning
qayta rivojlanishida (buqoq bezi, tuxumdonning sariq va atretik tanachalarida va boshqalarda)
hamda patologik jarayon natijasida (jigar hujayralari va yurak mushaklarining yog` bilan
to`yinishi -yog` distrofiyasida) kuzatiladi. Lipoid kiritmalar neytral yog`larga nisbatan murakkab
ximiyaviy tuzilishga ega bo`lib, qiyin ekstraktsiya qilinadi. Ular har xil to`qima hujayralarida
uchraydi (masalan, buyrak usti bezining po`stloq qismida, oligodendrogliya
hujayrasida va
boshqalarda).
Elektron mikroskopik tadqiqotlar lipid tomchilarini turli shakllarda bo`linishini ko`rsatdi.
Ayniqsa, bachadon, buyrak usti bezi po`stlog`i qismida lipid kiritmalar turli morfologik ko`-
rinishda bo`lib, ular turli himiyaviy tarkibga egadir. Lipid kiritmalar endoplazmatik to`r
elementlaridan va ribosomalardan keskin ajralib turadi. Bu kiritmalar agranulyar endoplazmatik
to`r kanalchalarida va Golji apparati sisternalarida yig`ilishi kuzatilgan. Bu faktlar yuqorida
keltirilgan organellalarning lipid almashinuvidagi roliga misol bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: