Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


Hujayra markazi, sentrosoma



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

Hujayra markazi, sentrosoma.
Hozirgi vaqtda 
hujayra markazi 
deb nomlanuvchi 
tuzilmani 1875 yili Gertvig ochgan. Hujayra markazi deb, u bo`linish dukining ustki qismidagi 
tuzilmani atagan. Hujayra markazi hamma hayvon hujayralarida topilgan bo`lib, faqatgina tuxum 
hujayrasida yetilish davrida yo`qoladi. 
Turli hujayralar Geydengayn temir gematoksilini bilan bo`yalganda sentrosoma ikkita 
s
entrioladan i
borat ekanlign ko`riladi. Sentriolalar sferik massa markazida joylashib, bu massa 
s
entroplazma 
yoki s
entrosfera 
deb ataladi. Sentriolalar zich donachalar (kattaligi 0,2-0,8 mkm) 
holida ko`rinib, o`zaro ingichka tortma - sentrodesmoza bilam bog`langan. Interfaza holatidagi 
hujayralarda hujayra markazi ikkita sentrioladan (diplosomadan) iborat. Bo`linish davrida esa 
uning tuzilishi murakkablashib, atrofida nurafshon zona-astrosfera hosil bo`ladi. 
Hujayra markazining tuzilishi to`g`risidagi asosiy ma’lumotlar elektron mikroskopik 


35 
tadqiqotlar natijasi to`laroq olingan. Sentriola silindrsimon tanacha bo`lib, uzunligi 0,3-0,6 mkm, 
diametri 0,1-0,15 mkm (18-rasm, 
a). 
Tanachaning devori bir-biriga parallel yotgan naychalardan 
tashkil topgan bo`lib, tanachaning ichi bo`sh. Naychalar hamma hujayralarda bir xil bo`lib, bir-
biridan gomogen, zich oraliq modda bilan ajralib turuvchi 9 ta guruh bo`lib joylashadi. (18-rasm, 
b). Har bir guruh 3 ta mikronaychadan tashkil topgan bo`lib, ularni 
triplet 
deb yuritiladi. 
Tripletning birinchi mikronaychasi (A-mikronaycha) diametri 25 nm, devor qalinligi 5 nm 
bo`lib, 13 globulyar subbirlikdan tuzilgan. Har bir triplet uzunligi sentriola uzunligiga teng. 
Ikkinchi va uchinchi B va C mikronaychalar A mikronaychadan farq qilib, ularning devori 13 
emas, balkn 11 globulyar subbirlikdan tashkil topgan. Uchala mikronaycha zich yotadi. 
Sentriolada mikronaychadan tashqari yana qo`shimcha tuzilmalar bor. A mikronaychadan ikki 
o`siqcha (qo`lcha) lar chiqib, ularning biri qo`shni tripletning C mikronaychasiga, ikkinchisi esa 
sentriola markaziga yo`nalgan. Sentriola silindrining markazida «arava g`ildiragi» singari 
tuzilma bo`lib, «o`q qism» va 9 ta spitsadan tashkil topgan. Spitsaning har biri tripletning A 
mikronaychasiga qarab yo`nalgan. 
18-pacm. A - hujayra markazi 
:
(tsentrosoma) ning elektron mikrofotogrammasi, 
X 87.000. I- sitoplazma; 2 - sentriola; 3-silindr devorini tashkil etuvchi naychalar; 4- sentriola 
satellitlari, 5-mikronaychalar. B- Sentriola va kiprikchalar ko`ndalang kesmalarida 
tuzilmalarning joylashish sxemasi. A - sentriolaning proksimal qismidan kesma; B - 
sentriolaning distal qismidan kesma; V-kiprikcha kesmasi. markaziy naycha (vtulka). 2- 
spitsalar: 3-qulcha; 4-amorf modda; 5-kiprikchani o`rab turuvchi plazmatik membrana; 6- 
kiprikchalar spitsalari; 7-kiprikchaning mufta bilan o`ralgan markaziy mikronaychalari, A, B, C -
larning joylashish sxemasi. 
Taxminlar bo`yicha, «satellitlar» sentriolalar aktivligiga bog`liq bo`lib, doimiy 
bo`lmagan tuzilmadir.Ko`pgina tadqiqotchilar sentriolalarni bazal tanachalar bilan o`xshashligi 


36 
bor deb ta’riflashadi. Bazal tanachalar oddiy hayvonlarda va ko`p hujayrali organizmlarda 
xivchin va kiprikchalarning hosil bo`lishi bilan ko`rinadi. Odam embrioni yuqori nafas 
yo`llaridagi kiprikchalar prebazal tanachadan rivojlanadi. Spermatogenez davrida yadroga 
nisbatan distal joylashgan sentriola bazal tanachaga aylanib, undan esa spermatozoid dumi hosil 
bo`ladi. 
Yuqorida keltirilgan dalillar asosida o`tgan asr oxirida hujayra markazi, xivchin, 
kiprikchalar va bazal tanachalar bir xil tuzilmadan nborat degan fikr ilgari surildi. Elektron 
mikroskopnk tekshirishlar sentriola va bazal tanachalarning ultrastrukturasi bir xil ekanligini 
tasdiqladi. Bazal tanachalar silindrsimon bo`lib (uzunligi 0,5 mkm, diametri 0,1 - 0,2 mkm) 
sentriola singari 9 zich tuzilmadan iborat. 
Kiprikchalar 
hujayra sitoplazmasining ingichka silindrsimon o`sig`i bo`lib, diametri 200 
nm ga teng. Bu o`siq asosidan ustki qismigacha plazmatik membrana bilan qoplangan bo`lib, 
kiprikcha markazida mikronaychalar sistemasi joylashadi. Kiprikchadagi mikronaychalar 
sistemasini aksonema deyiladi. Kiprikchalar aksonemasi bazal tanacha va sentriola 
mikronaychalar sistemasidan farqli ravishda 9 tripletdan iborat bo`lmay, balki aksonema 
devorini hosil qiluvchi 9 juft periferik va 1 juft markaziy mikronaychadan iborat. 
18-rasm. V-Aksolotl leykotsiti diplosomasining tuzilishi (sxema). 
1-ona sentriol; 2-qiz sentriol; 3-satellit oyoqchasi; 4-satellit boshchasi; 5-mik-
ronaychalarning birlashish joyi; 6-mikronaychalar (Yu. S. Chensovdan, 1978). 
Umuman kiprikchalar mikronaychalar sistemasini (9X2)+2 deb yozish mumkin. 
Sentriolada esa bu sistema (9X3)+0 ga teng. Bazal tanacha va kiprikchalar aksonemasi uzviy 
bog`liq bo`lib, ular bir-biriga davom etuvchi tuzilmani xosil qiladi. Bazal tanachaning A va V 
mikronaychalari aksonemaning A va V mikronaychalaridir. 
Hujayra markazi mitotik apparatni, shu jumladan, dukchani va yulduzchani hosil qilishda 
rol o`ynaydi. Hozirgi vaqtda shunisi aniqki, mitozda qutblanish hujayra markazi tomonidan 
bajariladi. Kutblar hujayra markazlarining bir-biridan qochishi natijasida hosil bo`lib, dukning va 
xromosomalarning joylashishini belgilaydi. 
Ba’zi tadqiqotchilar sentriola naychalari va duk fibrillalari diametrining bir xilligiga 
asoslanib, fibrillalar sentriola naychalaridan hosil bo`ladi deb fikr yuritadilar. 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish