kriptasi. Gematoksilin-eozin
bilan bo`yalgan. Ob- 40, ok. 10. 1-boshlang`ich telofaza; 2-kechki telofaza
Metafazada
butunlay shakllangan xromosomalar ekvatorial yuzada joylashgan bo`ladi
(27-rasm,
a
va 28-rasm,
a).
Xromosomalarning dukka qarab harakat qilishi xromosoma
sentromerlarining mitotik apparatning xromosoma iplarga birlashishi bilan tugaydi (ekvatorial
plastinka yoki onalik yulduzi). Metakinez (xromosomalarning dukka harakati) natijasida
xromosomalar duk ipchalarga nisbatan perpendikulyar yotadi, xromosomalarning bunday
joylashishi ularning sonini, shaklini va kattaligini aniqlashga yordam beradi. Har bir tur
mavjudotda ma’lum sondagi xromosomalar bor. Xuddi shu fazada har bir xromosoma bir xil ikki
nusxadan - xromatidadan tashkil topganligi ko`riladi.
Anafaza
- xromosomalar xromatidalarining bir-biridan ajralishidan boshlanadi. Bu vaqtda
har bir xromosoma hosil qilgan qiz xromosomalar (xromatidalar) qarama-qarshi qutbga qarab
harakat qiladi. Bu tarzda «qiz yulduzi» shakllanadi (27-rasm, b). Xromosomalarning harakati bir
xilda - sinxron kechadi. Bu harakat mexanizmi hali noma’lum.
49
28- rasm. A- mitoz bo`linish. Metafaza. Xromosomalar ekvatorda joylashgan. Ingichka
ichak kriptasi. Elektron mikrofotogramma. X 12.000.1-xromosomalar, 2-mitoxondriya .
28-rasm. B - mitoz bo`linish. Telofaza. Sitoplazmaning bo`linishi, qiz hujayra
yadrolarining shakllanishi. Ingichka ichak kriptasi. Elektron mikrofotogramma X 12.000.
1-qiz hujayralar yadrolari; 2-sitotomiya; 3-mitoxondriyalar.
Telofaza
- mitozning oxirgi davri. Uning boshlanishi xromosomalarning hujayraning
qarama-qarshi qutblariga yetishiga to`g`ri keladi. Telofaza go`yo profazaning teskarisi bo`lib,
hamma jarayonlar teskari tartibda ketadi. Duk yo`qoladi, buralgan xromosomalar yoyilib,
uzunlashadi. Qiz yadrolar qaytadan tiklanadi, yadrocha va yadro qobig`i hosil bo`ladi (27-rasm,
b, v
va 28-rasm,
b).
Mitotik apparat parchalanadi va hujayra tanasining bo`linishi ro`y beradi
(sitotomiya yoki sitokinez). Qiz hujayralari yadrosi interfazadagi hujayralarga xos tuzilishga ega
bo`ladi. Sitotomiya mexanizmi hali yetarli o`rganilmagan.
Xromosomalar (yunon. chroma - rang, soma - tana) - yadro xromatinidan tashkil topgan
bo`lib, hujayralarning irsiy belgilarini saqlovchi substratdir. Har bir xromosoma uzunasi bo`ylab
ikkita morfologik bir xil tuzilgan xromatidalardan tashkil topgan. Har bir xromatida bir gigant
dezoksiribonukleoproteid ipchadan hosil bo`lgan.
Shunday qilib, xromosoma, xromatidaning asosiy struktur birligi DNK. molekulasidir.
Xromosomalarda uzunligi bo`yicha bo`yaluvchi qismlar - xromomerlar (yoki disklar) va
bo`yalmaydigan qismlar - xromomerlar orasidagi qismlar farq qilinadi.
Har bir gomologik xromosomalar - ma’lum bir muntazam tuzilishga ega.
Xromosomalarning tuzilishi ma’lum turlar uchun doimiy. Xromosomalarning shakli birlamchi
tortmaning joylashishiga, ya’ni xromosoma ikki yelkasining birlashish o`rniga bog`liq.
Xromosomalarning bu yeri och bo`lib, unda ma’lum struktura- sentromera (kinetoxor yoki
kinomera) joylashadi.
Mitozning anafaza davri xromosomalarning morfologik tuzilishini o`rganish uchun
qulay. Metafaza va anafazadagi ko`rinishga qarab xromosomalar 3 tipga bo`linadi: 1)
akrotsentrik
- qisqa, ba’zan yaxshi ko`rinmaydigan ikki yelkali tayoqchasimon xromosomalar: 2)
50
submetatsentrik
- turli uzunlikdagi yelkali L- ko`rinishini eslatuvchi xromosomalar; 3)
metatsentrik V
-simon, yelkalari teng yoki deyarli teng xromosomalar.
Xromosomalarning katta-kichikligi turli hayvonlarda keng doirada farq qiladi. Odatda
odam xromosomalarining uzunligi 4-6 mkm atrofida. Turli hujayralarda xromosomalar soni har
xil bo`ladi. Odam somatik hujayralarida soni juft, ya’ni diploid 46 xromosoma bor. Jinsiy
hujayralar yakka, ya’ni gaploid xromosomalar to`plamini saqlaydi (odamda 23 ta). Ikki gameta-
ning (erkak va ayol) birlashishi natijasida gomologik xromosomalar qo`shiladi va diploid
to`plam xromosomalarini hosil qiladi, ular keyingi hamma somatik hujayralarga beriladi.
Hujayraning xromosoma to`plami faqat oddiy xromosomalarni
(autosomalarni)
ushlabgina qolmay, undan morfologik jihatdan va o`z xususiyati bilan farq etadigan kamida yana
bitta xromosoma ushlaydi. Bunday xromosomalar
qo`shimcha xromosoma
yoki
jinsiy
xromosomalar
deyiladi. Jinsiy xromosomalar tuzilishi bo`yicha 2 turli bo`ladi. Erkaklar somatik
hujayralarida X-va Y xromosoma, ayol organizmida esa ikkita bir xil jinsiy xromosomalar
uchraydi (XX). Spermatozoid va tuxum hujayra yadrolari birlashganda urug`langan tuxum
hujayra bitta X-xromosomani spermatozoiddan, ikkinchi X-xromosomani esa tuxum hujayradan
oladi. 1949yilda Barr va Bertram urg`ochi mushukning nerv hujayralari yadrosida erkak mushuk
yadrosida uchramaydigan kichik xromatin tanachalar borligini ko`rsatishdi. Keyiichalik bunday
tanachalar ayol neytrofil hujayrasida «baraban tayoqcha» shaklida bo`lishi aniqlandi. Hozirgi
davrda jinsiy xromatin ayol (X-xromatin, Barr tanachasi) organizmining deyarli hamma hujay-
ralarida topilgan. Ma’lum bo`lishicha, ikki X-xromosoma ushlovchi ayol somatik hujayralarida
ikki X-xromosomaning biri xromatin tanachalar shaklida joylashar ekan (shuning uchun bir X-
xromosoma tutuvchi erkak somatik hujayralarida bu tanacha topilmaydi). X-xromosomalar soni
o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan genetik kasalliklarda bu tanachalar soni ortadi.
Mitotik aktivlikning boshqarilishi.
Hujayraning mitoz davriga o`tishi modda
almashinuvidagi o`zgarishlar bilan bog`liq. Mitozning boshlanishida asosiy rolni DNK sintezi
o`ynaydi, lekin bu jarayon mitozni aniqlamaydi. Chunki DNK sintezi mitozsiz ham tugashi
mumkin. Organizmda hujayra bo`linishi ko`pgina faktorlar bilan boshqarilib turiladi. Mitotik
aktivlikni regulyatsiya qilishda gormonning roli katta.
Hujayraning regulyatsiya qiluvchi turli faktorlarga javobi uning funktsional holati,
differentsirovka darajasiga va yoshiga bog`liq. Sutka davomida hujayra bo`linishining tezligi bir
xil bo`lmaydi. Qizig`i shundaki, kunduzgi va tungi hayvonlarda mitozning sutka davomida
o`zgarishi turlichadir.
Meyoz.
Meyoz mitozning alohida turi. Meyozda ketma-ket 2 marta bo`linish natijasida
xromosomalarning soni 2 baravar kamayadi. Birinchi mitotik bo`linishida gomologik
xromosomalar yaqinlashadi (konyugatsiya) va qutblarga har bir gomologik juftdan butun
xromosomalar o`tadi.
Ikkinchi bo`linishda xuddi mitozdagi singari qutbga har bir xromosomadan xromatidalar
ketadi. Meyoz yo`li bilan jinsiy hujayralar hosil bo`ladi.
Gaploid to`plam xromosomalarga ega bo`lgan spermatozoid va tuxum hujayralari
qo`shilishi natijasida dyploid to`plam tiklanadi («Spermatogenez va ovogenez» ga q.).
Poliploidiya hujayra yadrosida DNK ning ikki va undan ko`p marta ortishidir. Bu holat
mitoz bo`linish etaplarining buzilishi natijasida yuzaga keladi. Agar hujayralarning bo`linishi
mitotik siklning postsintetik fazasida to`xtasa DNK miqdorini ikki marta ko`p saqlovchi
hujayralar hosil bo`ladi. Ba’zi holatlarda hujayra yadrolaridagi DNK ning sintezi yana davom
etishi mumkin. Bu esa bir yadroli 4 p, 8 p, 16 p DNK ni saqlovchi hujayralar hosil bo`lishiga olib
keladi. Agar hujayra yadrosi bo`linsayu, lekin hujayra sitoplazmasining bo`linishi - sitotomiya
bo`lmasa, unda 2 yadroli hujayralar hosil bo`ladi. DNK. miqdorini bir necha marta ko`p
saqlovchi hujayralar
poliploid hujayralar
deb yuritiladi. Poliploid hujayralarni jigarda, siydik
pufagida uchratish mumkin. Poliploid hujayralar aktiv funktsiya qilayotgan, differentsiallangan
hujayralardir.
Endomitoz yadro ichi mitoz bo`linishining bir turi hisoblanadi. Endomitozda
xromosomalarning o`zgarishi yadro qobig`i buzilmay davom etib, xromosomalarning
51
spirallanishidan boshlanadi. Bu davrda xromosomalar yaxshi ko`rinadi. Endoanafazada
xromosomalar xromatidaga ajraladi. Endotelofazada ajralgan xromosomalar despiralizatsiyaga
uchraydi. Lekin, Brodskiy V. Ya, I. V. Urivayeva (1984) fikriga qaraganda zamonaviy usullar
bilan tadqiq qilinganda ham bu bo`linish turi aniqlanmagan.
Amitoz. Ba’zi manbalarda amitoz yoki to`g`ri bo`linish keltirilgan. Bu bo`linish
patologik holatlarda ta’riflangan. Mualliflarning fikricha, bu bo`linish mitotik apparatni hosil
bo`lishisiz va xromosomalarning spirallanishisiz kechadi. Hozirgi davrda bu bo`linish ko`pchilik
tadqiqotchilar tomonidan rad etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |