Илмий муҳаррир: медицина фанлари доктори, профессор Н


VIII BOB ICHKI MUHIT TO`QIMALARI



Download 13,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/242
Sana15.06.2022
Hajmi13,82 Mb.
#672676
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   242
Bog'liq
2 5273987288483758634

VIII BOB
ICHKI MUHIT TO`QIMALARI 
Mezenximadan hosil bo`lib, tayanch-trofik vazifani bajaruvchi, lekin tuzilishi bilan 
farqlanuvchi to`qimalar ichki muhit to`qimalari (tayanch-trofik, biriktiruvchi to`qima) nomi 
bilan ifodalanadi. Bu to`qima tarkibiga qon, limfa, siyrak va zich biriktiruvchi to`qima, 
retikulyar to`qima, tog`ay va suyak to`qimasi kiradi. 
Ichki muhit to`qimasini o`rganish I. I. M yechnikovning klassik eksperimental ishlaridan 
boshlandi. I. I. Mechnikov birinchi bo`lib fagotsitoz nazariyasini yaratdi. 
Biriktiruvchi to`qima hujayralarining kelib chiqishi ustida taniqli rus gistologi A.A.Mak- 
simov bir qator noyob eksperimental ishlar qildi va u birinchilardan bo`lib, qon va biriktiruvchi 


89 
to`qimalar genetik va funkional nuqtai nazardan bir ekanligini isbotladi. Sovet olimi A. A. Z a v 
a p z i n va uning o`quvchilari tomonidan yillar davomida biriktiruvchi to`qima va. qon 
hujayralari ustida olib borilgan izlanishlar bir qator yangi fikrlar tug`dirdi. Jumladan, u struktura 
bilan funksiya-ning birligini ta’kidlab, retikulo-endotelial sistemannng organizmdagi rolini 
chuqur va asosli qilib ko`rsatib berdi. 
Biriktiruvchi to`qima haqidagi fikrlarning rivojlanishiga sovet olimlari A. A. Bogomolts, 
G. K. Xrushchov, N. G. Xlopin, A. V. Rumyantsevlar katta hissa qo`shdilar. Keyingi yillarda 
yangi usullarning qo`llanishi natijasida biriktiruvchi to`qima haqidagi fikrlar ham ancha ilgarilab 
ketdi. 
Ko`p eksperimental izlanishlar shuni ko`rsatdiki, biriktiruvchi to`qima hujayralari qon 
hujayralarn kabi o`ziga xos o`zak hujayradan rivojlanar ekan. Asrimizning boshida A. A. 
Maksimov ilgari surgan, ya’ni barcha qon hujayralari va biriktiruvchi to`qima hujayralari 
limfotsitlarga o`xshash hujayralardan rivojlanadi, degan nazariya hozirgi kunda to`la tasdiqlandi. 
Takomil davrida yuqorida keltirilgan to`qimalarning hammasi homilaning boshlang`ich 
rivojlanish bosqichida hosil bo`ladigan mezenximadan taraqqiy etadi. Mezenxima birlamchi kam 
differentsiallashgan biriktiruvchi to`qimadir. U mezodermadan ko`chib, homila varaqlari orasida 
va o`q organlar atrofida joylashib, hujayralar hosil qiladi. Mezenximaning hosil bo`lishida 
qisman ektodermadan ko`chgan hujayralar ham ishtirok etadi. Mezenxima to`qimasini hosil 
qiluvchi mezenxima hujayralari yulduzsimon shaklga ega bo`lib, o`siqlar bilan birlashadi va 
to`rsimon tuzilmani hosil qiladi. Bu hujayralar amorf va fibrillyar hujayralararo modda ishlab 
chiqaradi. 
Hamma ichki muhit to`qimalari uchun xos umumiy xususiyat – bu ularda 
hujayralar va 
hujayralararo moddalarning 
mavjudligidir. Ichki muhit to`qimasining kon va limfa 
to`qimasidagi hujayralararo modda suyuq bo`lsa, tog`ay va ayniqsa suyak to`qimalarida uning 
zichlashganligini kuzatish mumkin. 
Bajaradigan vazifasi bo`yicha ham ichki muhit to`qimasining tarkibiy qismi bir-biridan 
farqlanadi. Qon, limfa, siyrak biriktiruvchi to`qima butun organizmni oziqa moddalar bilan 
ta’minlagani uchun ularni 
trofik to`qimalar 
deb ataladi. Shu to`qimalar organizmga tushgan 
mikroblar va yot oqsillar bilan kurashda asosiy o`rin tutadi. Qon va biriktiruvchi to`qima ma’-
lum hujayralari fagotsitoz qilish va antitelolar hosil qilish qobiliyatiga ega. Ichki muhit 
to`qimasining boshqa turlari esa ko`proq mexanik vazifani bajaradi. Ular suyak, tog`ay va zich 
biriktiruvchi to`qimalardir. Ichki muhit to`qimasi hujayralari epiteliy to`qimasidan farqli 
ravishda nopolyar hujayralardir. 
Shunday qilib, ichki muhit to`qimasi mezenximadan rivojlanib

organizm ichida 
joylashadi va trofik, himoya va tayanch vazifalarni bajaradi. 
Ichki muhit to`qimasini quyidagicha klchssifikatsiya qilish mumkin: 
ICHKI MUHIT TO`QIMASI 
Qon va limfa Biriktiruvchi to`qima 
asl biriktiruvchi tog`ay suyak
to`qima to`qimasi to`qimasi 

Download 13,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish