Ilm ziyo zakovat


“ Makroiqtisodiyot” boshqa amaliy iqtisodiy fanlarni  o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan nazariy asosni ham ta’minlab beradi



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/212
Sana01.06.2023
Hajmi5,01 Kb.
#947634
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин


Makroiqtisodiyot” boshqa amaliy iqtisodiy fanlarni 
o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan nazariy asosni ham ta’minlab beradi. 
 
 



1. MAKROIQTISODIYOTGA KIRISH 
 
1.1 “Makroiqtisodiyot”ning shakllanish tarixi, obyekti, predmeti, 
vazifalari va iqtisodiyot sohasidagi boshqa fanlar bilan aloqadorligi. 
Jamiyatning barcha ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatlarini o‘rganish va 
yuritishda fundamental muammoga duch kelamiz. Bu muaommo tabiat bizga 
in’om etgan resurslarning chegaralanganligidir. Bu muammoni hal qilish uchun 
insoniyat faoliyati uchun moddiy ne’matlar yuritish jarayonini o‘rganib 
chiqishimiz kerak. Makroiqtisodiyot fani mamlakat iqtisodiyoti va uning yalpi 
ishlab chiqarishining o‘sishi, pasayishi, turg‛unlik davrlarini iqtisodiy tahlil 
qiladigan va uni tartibga solish iqtisodiy mexanizmlarini yaratadi. Bunda 
makroiqtisodiyot nazariyasiga asoslanadi. Barcha mavjud bo‘lgan resurslardan 
optimal foydalanish, hamda iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lgan shart-
sharoitlarni muvaffaqiyat bilan ta’minlash uchun iqtisodchi makroiqtisodiy 
jarayonlarni tahlil qila bilishi, iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi 
bilish, iqtisodiy jihatdan to‘g‘ri xulosalar chiqara olishi, hamda bu xulosalarni 
to‘g‘ri va asosli ekanligini isbotlab bera olishi kerak.
Makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot singari, iqtisodiy nazariyaning bir 
bo‘lagi hisoblanadi. Yunon tilidan tarjima qilingan "so‘l" so‛zi "katta" (mos 
ravishda "mikro" - "kichik") va "iqtisod" so‘zi - "uy xo‘jaligi" degan ma’noni 
anglatadi. Shunday qilib, makroiqtisodiyot - bu iqtisodiyotning umuman yoki 
uning yirik agregatlarining xulq-atvorini o‘rganadigan fan bo‘lib, iqtisodiyot 
esa murakkab yirik yagona ierarxik tashkil qilingan tizim sifatida, iqtisodiy 
jarayonlar va hodisalar va ularning ko‘rsatkichlari to‘plami sifatida qaraladi. 
Makroiqtisodiyot kursining ahamiyati shundaki, u boshqa iqtisodiy 
fanlarning konsentratsiyalashgan yig‘indisi sifatida xizmat qiladi, hamda bu 
fanlarni bilishga tayanadi. Makroiqtisodiyot korporatsiyalar, uy-xo‘jaliklari va 
davlatning o‛zaro manfaatlariga taaluqli ko‘pgina masalalarni yechishda to‘g‘ri 
yo‘nalish beradi. Bu muammolarni o‛rganish makroiqtisodiyotning predmeti 
hisoblanadi. 
Makroiqtisodiyot 
boshqa 
iqtisodiy 
fanlar, 
ayniqsa, 
mikroiqtisodiyot, iqtisodiy matematika, innovatsion iqtisodiyot, tarmoqlararo 
balans, loyihalar tahlili, milliy iqtisodiyot va shu kabi fanlar bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Ularning barchasi uchun iqtisodiyot yagona tadqiqot obyekti bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Makroiqtisodiyot atamasi kundalik foydalanishga nisbatan yaqindagina 
kiritilgan bo‘lsada makroiqtisodiy tahlil elementlari iqtisodiyot fani bilan 
deyarli birga paydo bo‘ldi. Birinchi marta “makroiqtisodiyot” atamasi 1933 
yilda taniqli norvegiyalik olim - matematik iqtisodchi, ekonometriya 



asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sovrindori Ragnar Frish tomonidan 
o‘zining maqolasida ishlatilgan. Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini yaxlit bir 
jarayon sifatida tadqiq qilish, unga turli elementlarining o‘zaro bog‘liqligi va 
o‘zaro ta’siri xos bo‘lgan tizim sifatida yondoshish dastlab F.Kene asarlarida 
uchraydi. Fransiya qiroli Lyudovik XV saroyi vrachi F.Kene 1758 yilda, milliy 
mahsulot ishlab chiqarish jarayoni pul oqimlarining doiraviy aylanishi sifatida 
tasvirlangan “Kene jadvali”ni tuzishda ilk bor makroiqtisodiy tahlil 
elementlarini qo‘lladi. Makroiqtisodiy tahlilning tamal toshlari, shuningdek, 
J.B.Sey, L.Valras, V.Pareto va boshqa olimlar tomonidan XIX asrdanoq 
qo‘yilgan edi deb ta’kidlash mumkin. Keyinchalik, K.Marks o‘zining jami 
ijtimoiy mahsulot (JIM)ni takror ishlab chiqarish sxemasi, V.Leontev esa 
o‘zining tarmoqlararo balansi bilan makroiqtisodiyotni iqtisodiy nazariyaning 
alohida bo‘limi sifatida ajralib chiqishi uchun mustahkam asos yaratishdi. 
Zamonaviy makroiqtisodiy nazariya taniqli ingliz iqtisodchisi, Kembrij 
maktabi vakili lord Jon Maynard Keynsning asosiy ishlaridan kelib chiqadi. 
1936 yilda Keyns makroiqtisodiy tahlilga asos solgan "Bandlik, foizlar va 
pullarning umumiy nazariyasi" kitobini nashr etdi. Keyns ishining ahamiyati 
shunchalik katta ediki, iqtisodiy adabiyotlarda "Keyns inqilobi" atamasi paydo 
bo‘ldi va Keyns makroiqtisodiy modeli yoki o‘sha vaqtgacha mavjud bo‛lgan 
iqtisodiy hodisalarni o‘rganishda an’anaviy klassik yondashuv (mikroiqtisodiy 
tahlil - klassik model)dan farqli o‘laroq, Keynscha yondashuv paydo bo‘ldi.
Shunday qilib, makroiqtisodiyot o‛z predmeti va tadqiqot usullariga ko‛ra 
mustaqil fan sifatida XX asrning o‛rtalariga kelib shakllanib bo‛ldi. 
Iqtisodchilar makroiqtisodiyotni boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqalarini 
rivojlantirish yo‛llarini tadqiq qilishda insonlarning samarali harakati 
gipotezasidan foydalanishadi. 
Alohida 
bozorlarda 
individual 
xo‛jalik 
yurituvchi 
subyektlarning 
(iste’molchi yoki ishlab chiqaruvchining) iqtisodiy xulq-atvorini o‛rganadigan 
mikroiqtisodiyotdan farqli o‛laroq, makroiqtisodiyot butun iqtisodiyotni 
o‛rganadi, ya’ni butun iqtisodiyot uchun umumiy bo‛lgan muammolarni 
o‛rganadi va yalpi ichki mahsulot kabi umumiy miqdorlar bilan ishlaydi. Milliy 
daromad, yalpi talab, yalpi taklif, yalpi iste’mol, investitsiya, narxlarning 
umumiy darajasi, ishsizlik darajasi, hukumat qarzi va boshqalar shular 
jumlasiga kiradi. 
Makroiqtisodiyot o‛rganadigan asosiy muammolar: iqtisodiy o‛sish va uning 
sur’atlari; iqtisodiy sikl va uning sabablari; bandlik darajasi va ishsizlik 
muammosi; umumiy narx darajasi va inflyasiya muammosi; foiz stavkalari 
darajasi va pul muomalasi muammolari; davlat byudjeti holati, byudjet 
kamomadini moliyalashtirish muammosi va davlat qarzi muammosi; to‛lov 



balansi holati va valyuta kursi muammolari; makroiqtisodiy siyosat 
muammolaridir. 
Bu muammolarning barchasi mikroiqtisodiy tahlil nuqtai nazaridan hal 
qilinishi mumkin emas, ya’ni individual iste’molchi, individual firma va hatto 
alohida sanoat darajasidan ham. Aynan shu kabi bir qator umumiy yoki 
makroiqtisodiy muammolar mavjudligi sababli, iqtisodiy nazariyaning mustaqil 
bo‛limi, mustaqil intizom - makroiqtisodiyotning paydo bo‛lishiga ehtiyoj bor. 
Insonlarning samarali harakati – bu chegaralangan imkoniyatlar sharoitida 
ularning yuqori samaraga erishish uchun qiladigan xatti-harakatidir. 
Insonlarning samarali harakati ularning “mustaqil xohishlaridan” kelib chiqadi. 
Har bir inson o‛z harakatini samarali bo‛lishini ko‛zlaydi, yaxshi, moddiy va 
ma’naviy boy yashashni istaydi va bu maqsadga intiladi. Resurslar, vaqt va 
inson harakatini chegaralanganligi har doim bir nechta masalalarni hal 
qilinishini taqazo qiladi.
Makroiqtisodiyot boshqa iqtisodiy fanlar kabi mamlakat xalq xo‛jaligini 
butunligicha yoki uning yirik tarmoqlarini va shuningdek xalqaro iqtisodiyotni 
rivojlantirish muammolaripni o‛rganadi. Har bir mamlakat o‛z ichki 
ehtiyojlarini va xalqaro ehtiyojlarni ta’minlash uchun xalq xo‛jaligi miqyosida 
nima, qanday, qancha va kim uchun ishlab chiqarish kerak, hamda mamlakat 
iqtisodiy tizimida bo‛layotgan o‛zgarishlarga tayyormi degan muammmolarni 
hal qilishi lozim. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish