9.2. Valyuta kurslarini hisoblash metodlari
208
Valyuta kurslarni hisoblash metodlari amalga oshiriladigan valyuta operatsiya va
bitimlarining maqsadiga, turiga, mazmuniga, hajmiga bevosita bog’liq, ularning o’zi esa,
o’z navbatida, ularni ifodalaydigan jarayon va operatsiyalarning tipi va turlari bilan
to’g’ridan-to’g’ri boglangandir. Demak, bu erdan valyuta operatsiya va bitmlarini
tiplarga ajratish bilan bir qatorda, valyuta kurslarini hisoblash metodlarini ham tiplarga
va guruhlarga ajratish zaruriyati tug’iladi.
Valyuta operatsiya va bitimlari maqsadli ko’rsatmasi va mazmuni bo’yicha:
konversion, depozit-kredit va riskli operatsiyalarga bo’linadi. Valyuta operatsiyalariga
quyidagilar kiradi: rezidentni rezidentdan, rezidentni norezidentdan, norezidentni
rezidentdan va norezidentdan valyutani sotib olish yoki olib qo’yishi hamda valyuta
qiymatlarni to’lov vositasi sifatida qo’llash; O’zbekiston Respublikasi bojxona
territoriyasiga valyutalarni olib kirish va olib chiqish; bir shaxsga qarashli, lekin turli
territoriyalarda joylashgan schetlarning biridan ikkinchisiga valyuta va valyuta
qiymatlarini o’tkazish (rezidentlar va norezidentlar bo’yicha); valyuta birjalarida
bajariladigan valyuta operatsiyalari va boshqalar.
Oldindan kelishilgan kurs bo’yicha bir valyutani ikkinchi valyutaga oddiy
almashtirish konversion operatsiya deyiladi. U, o’z navbatida, joriy yoki spot
operatsiyalari va forvard kurslariga bo’linadi. Spot kursi bo’yicha operatsiya amalga
oshirilgandan keyin valyuta ikki kun ichida o’tkaziladi, forvard kurs bo’yicha
operatsiyaning bajarilishi shartnomada kelishgan vaqt bo’yicha kelgusida amalga
oshiriladi.
Bo’sh turgan (yoki ortiqcha) pul mablag’larining ma’lum bir foiz bilan
joylashtirilishi yoki etmay turgan chet el valyutasini operatsiyaga jalb qilishga depozit-
kredit valyuta operatsiyalari deyiladi. Ular vaqt bo’yicha qisqa va uzoq muddatli
operatsiyalarga bo’linadi.
Amalga oshiriladigan riskli valyuta bitimlarini mazmuni shundan iboratki, har bir
valyuta bitimi izmolanayotganda ular etarli darajada kafolatlanishi shart. Shu nuqtai
nazardan bu operatsiyalarga beriladigan kafolatning mustahkamligi darajasi va
kafolatchilarning o’zlarini mustaqkamligi bo’yicha guruhlarga bo’linadi. Bu erda, risk
juda yuqori, o’rtacha va juda past bo’lishi mumkin. Yoki umuman bo’lmasligi ham
mumkin. Bu bajariladigan operatsiyaga, uning hajmiga va bitim tuzuvchilarning bir-
birini qanchalik yaxshi bilishiga yoki o’rganganligiga va boshqa omillarga bog’liq.
Shuning uchun ham valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda shoshma-shosharlikka
yo’l qo’ymasdan, xalq moqoli "etti o’lchab bir kes" tamoyilida ish tutilsa yomon
bo’lmaydi.
Endi valyuta kurslari to’g’risida. Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotida kurs so’zi
ikki xil (tor va keng) ma’noda ishlatiladi. Ayrim mualliflarda bu ikkalasini chalkashtirib
yuborishadi. Tovarlarning bahosi kurslari, xizmat va kapital kurslari, qimmatli qog’oz
kurslari, valyuta kurslari to’g’risida bir qancha qarama-qarshi va noto’g’ri fikrlar ham
bor. Masalan, kurs bilan stavka va normalar aralashtiriladi. Ma’lumki stavka va normalar,
amalga oshiriladigan bitimlarning samaradorligini, ularning boshqalarga nisbatan nisbiy
ustunligini ifodalaydi.
Tor ma’noda kurs deganda valyutaning yoki qimmatli qog’ozlarning almashtirish
kursi tushuniladi, keng ma’noda esa - bitim yoki operatsiyani amalga oshirish qiymati,
bahosi tushiniladi. Bu kurs bilan bir xizmat, tovar yoki kapital ikkinchisiga
209
almashtiriladi.
Maqsadi va vazifasi, hisoblash metodlari, qamrab olishi va boshqalariga qarab
valyuta kurslari rasmiy, umumiy, real, ozod, eksport-import, birja, almashtirish, qora
bozor va boshqalarga bo’linadi.
Kurslarni belgilashda eng asosiy vazifa - ularning xarid qobiliyati tengligini
ta’minlanshdir. Valyutalarning tengligi almashtiruv, rasmiy va real tengliklardan
iboratdir. Valyutalarning turli bozorlarda bir-biring o’rnini bosadigan bir xil kurslarda
ayraboshlanishni, ularni muvozanatini xarakterlovchi tenglik almashtiruv tenglik
deyiladi. Rasmiy tenglik (o’zaro yoki nominal tenglik ham deb yuritiladi) davlat moliya
organlari tomonidan e’lon qilinadi. Real tenglik (kurs) ikki yoki undan ortiq
mamlakatning tovarlariga, xizmat va kapitalga bo’lgan baholarini taqqoslash asosida
hisoblanib, mamlakatning davlatmandliligini, boyligini va to’lov qobiliyatini ifodalaydi.
Ikki mamlakat valyutasining tengligi - ularning iqtisodiy rivojlanishi muvozanati
aynan bir xilligidir, mosligidir, iqtisodiy rivojlanishning mosligi - valyuta tengligini
saqlashni kafolatidir.
Valyuta hisob-kitoblarida muhim masalalardan biri - valyuta kotirovkasidir.
Kotirovka deganda milliy valyuta kursini boshqa mamlakat valyutasida belgilash
tushuniladi. Kotirovka to’g’ri va teskari turlarga bo’linadi. Ko’p davlatlarda to’g’ri
kotirovka ishlatiladi. Uning mazmuni quyidagidan iborat - chet mamlakat valyutasining
bir birligi milliy valyutani "X" birligiga teng. Bu paytda chet mamlakat valyutasi e’lon
qilingan kurs bo’yicha sotiladi, milliy valyuta esa sotib olinadi. Teskari kotirovkada esa
milliy valyutani bir birligi chet mamlakat valyutasini "X" birligiga teng deb olinadi. Bu
paytda chet mamlakat valyutasi sotib olinadi, milliy valyuta esa sotiladi.
Evropaning bir qator mamlakatlari xalqaro hisob-kitoblarda asosan teskari
kotirovkadan foydalanishadi, Lotin Amerikasi va Osiyo davlatlari - to’g’ri kotirovkadan.
AQShda kotirovkaning ikki turi ham qo’llaniladi.
To’g’ri kotirovka quyidagi formula bilan hisoblanadi:
K = S
0
: R bu erdan R = S
i
: S
0
,
bu erda S
1
= milliy valyutadagi summa; S
0
- chet mamlakat valyutasidagi summa; R -
miliy valyutaning chet mamlakat valyutasidagi kursi.
Teskari kotirovka S
0
=S
1
:R, R=S
0
:S
1
Masalan, moliya bozorida quyidagi kurslar uchrashi mumkin: USD/UZS;
GBR/INR; ITL/CAD va hakozolar.
O’zbek firmasi o’z tovarini Gretsiyada sotib 40,0 mln draxmaga ega bo’ldi. Lekin
unga Amerika dollari kerak. Demak draxmani dollarga almashtirish kerak, o’sha kundagi
kurs USD/GBP – 1615,3 ga tengligi aniqlandi Shu kurs bo’yicha almashuv operatsiyasi
bajarilsa o’zbek firmasi 24763 (40.000.000/1615,3) AQSh dollariga ega bo’ladi.
Moliya bozorida valyutani sotib olish va sotish kurslari mavjud. Bu kurslar talab
va taklif kurslari deb ham ataladi Ma’lumki banklar valyutani talab kursi bo’yicha sotib
oladi, taklif kursi bilan sotadi. Valyutachilar jargonida (maxsus tilida) sotib olish kursi –
“bid”, sotish kursi – “offer” deb ataladi (jargon bo’yicha AQSh dollari –ko’k, baks,
Avstriya dollari – ossi, Novozelandiya dollari – kivi, funt sterling – paunda va
boshqalar). Ular o’rtasidagi farq marja yoki spredni tashkil qiladi (bid – offer = spred).
Masalan, “HDH” qo’shma korxonasi (Toshkent) ishlab chiqargan tovarini
Shtutgarddagi xaridorga sotib 30 mln. evroga ega bo’ldi. Bu pulning yarmi AQSh ga
210
asbob-uskuna sotib olish uchun ko’chirilishi kerak. Kurslar USD/EUR – 1,101-1,110.
Ko’rinib turibdiki, AQSh dollari 1,110 kurs bilan sotib olinadi. Demak, AQSh
ko’chiriladigan dollari xajmi teng: (30000000:2):1,110 = 135135135 dollar.
Marja summasi bankning valyuta operatsiyasi bilan bog’liq xarajatlarni qoplaydi,
ortiqchasi esa bank foydasi bo’ladi.
Konversion operatsiyalarning bajarilish turiga qarab valyuta kurslari: rasmiy,
banklararo, joriy, birja va joriy almashtirish kurslariga bo’linadi. Rasmiy kurs Markaziy
bank tomonidan e’lon qilinadi, qolgan kurslar esa valyutaga bo’lgan talab va taklif
asosida belgilanadi. Ular rasmiy kursdan butunlay farq qilishi mumkin. Bu tabiiy hol.
Valyuta bozorida yuqoridagi kurslardan tashqari yana kross, spot va forvard
kurslari ham mavjud.
Ikki va undan ortiq valyuta kursining uchinchi valyutaga nisbati kross kurs
deyiladi.
Kross kursni quyidagi formula bilan aniqlaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |