2
3
4
Ilm sahroda - do’st, hayot yo’llarida - tayanch, yolg’izlik
damlarida - yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda - rahbar,
qayg’uli onlarda - madadkor, odamlar orasida – zebu
ziynat, dushmanlarga qarshi - quroldir.
Hadisdan
KIRISh
Jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi zamonaviy moliyaviy operatsiya va
bitimlarni chuqurroq o’rganish va tahlil qilishning o’ta muhimligini yana bir bor
isbotladi. Bozor iqtisodiyotning dilo’zagi bo’lgan moliyaviy operatsiya va bitimlarni
o’rganishda va tahlil qilishda statistika fani faol qatnashadi. Statistika keng tarmoqli va
ko’p qirrali fan. Moliya statistikasi uning asosiy tarmoqlaridan hisoblanadi.
Moliya statistikasi xujjatlar bilan tasdiqlangan moliya-iqtisodga tegishli turli
ma’lumot va hisoblarga asoslangan moliyaviy operatsiya va bitimlarni mazmuni va
tayinlanishi jihatdan sifatan o’rganish, ularni miqdoriy tahlil etish bilan shug’ullanadi.
Hanuzgacha statistika deganda ko’pchilik ommaviy hodisa va voqealarni
ifodalovchi umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni hisoblashni tushunadi. Bu fikrda ma’lum
ma’noda jon bor. Lekin, bozor iqtisodiyoti sharoitida, biz umuman bozor natijalari,
xususan moliyaviy natijalarni baholashda individual ma’lumotlarga murojaat qilishga
majbur bo’lamiz va ular asosida xulosalar chiqaramiz. Xujjatlarga asoslangan xususiy
ma’lumotlarni to’plash va ular asosida hisob-kitoblar olib borishni oliy moliyaviy va
aktuar hisob-kitoblar deyiladi.
Ushbu hisob-kitoblar statistika fanining tarkibiy bir tarmog’i bo’lib, eksport-
import, investitsiyalar, kreditlar, sug’urtalar, turli bitimlar, soliqlar, bank va valyuta
operatsiyalariga bog’liq. Ular olinadigan foiz stavkalarini, kapital qo’yilma, investitsiya
va moliyaviy rentalarini, qarz, moliyaviy risk, tsessiilar, xalqaro trast operatsiyalar,
diskret va kafolatli, faktoring va forfeyting, ijara, lizing, offshor va boshqa
operatsiyalarni baholashda keng qo’llaniladi.
Birjalar faoliyatini tahlil qilishda, alohida olingan kompaniya, aktsiya, obligatsiya,
sotuvchi va oluvchi riskini va daromadini (yoki yo’qotgan summasini) baholashda oliy
moliyaviy va aktuar hisob-kitoblar havodek zarur ekanligini alohida ta’kidlash lozim.
Shu bilan birga ularning ma’lumotlari umumlashtiruvchi moliyaviy ko’rsatkichlarni
hisoblashda, samarador moliyaviy sharoitlarni modellashtirishda va moliyaviy natijalar
bashoratini tuzishda, moliyaviy riskni oldindan ko’ra bilishda va ularning oldini olishda
va boshqa moliyaviy qarorlarni qabul qilishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Yuqoridagi xisob-kitoblarni amalga oshirish va tahlil qilib xulosalar chiqarish
ushbu darslikning asosiy vazifasidir.
Darslik moliya va kredit, banklar va bank ishi, xalqaro valyuta munosabatlari,
buxgalteriya hisobi va audit, soliq, sug’urta, marketing, menejment, statistika va boshqa
iqtisodiy mutaxassisliklarni o’rganuvchilarga mo’ljallangan. Bu darslikni mutaxasislarni
tayyorlash yo’nalishiga qarab yozishni, uning mazmuni va tarkibini, nazariy va amaliy
(ayrim vaqtlarda tashkiliy) masalalarni yoritishni, printsipal holatlarni tipologik misollar
yordamida ko’rsatib berishni oldindan belgilab berdi.
5
Moliya statistikasini o’rganishda o’quvchi ayrim qiyinchiliklarga va qarama-qarshi
fikr va yo’nalishlarga duch kelishi mumkin. Bu to’g’rida o’quvchini oldindan
ogohlantirib qo’ymoqchimiz. Ushbu qiyinchiliklar turli korxona va tashkilotlarni bozor
sharoitiga har xil vaqt va sharoitda o’tishi, bir paytning o’zida xizmatlarning to’liq pullik
xizmatga aylantirilishi va ayni vaqtda imtiyozlarning saqlab qolinishi, bilim, sog’liqni
saqlash, uy-joy xo’jaliklari to’g’risidagi xalq tushunchalarining evolyutsiya yo’li bilan
o’zgarishi, ularning moliyaviy faoliyatini mazmuni tubdan o’zgarganligi va boshqalar
bilan bog’liq. Shuning uchun ham o’quvchi faqat moliyaviy hisob-kitoblar metodlarini
o’rganib qolmasdan, ularni qo’llash sharoitlarining o’zgarishini, xatto moliyaviy
masalalar bo’yicha qabul qilinayotgan qaror va qonunlarni bilishi va shu o’zgarishlarni
hisobga olgan holda statistik metodlarni qo’llashi kerak.
Yana bir qiyinchilik, statistikaning umumiy metodlari va ko’rsatkichlarini
bilmasdan turib muvofaqqiyatga erishish mushkul. Shuning uchun, bu kursni
o’rganishdan oldin statistika nazariyasi, iqtisodiy statistikani o’rganish taqozo etiladi.
Darslikning maqsadi - moliya bozori ko’rsatkichlarini hisoblashni va ularning
tarkibini, dinamikasi, o’zaro bog’liqligini o’rganish, tahlil qilishda maqsadga muvofiq
statistik metodlarini qo’llash, hamda statistik tahlil yordamida mavjud imkoniyat va
ishlatilmayotgan zahiralarni aniqlab, ularni tezkor moliya-xo’jalik oborotiga kiritish
yo’llarini o’rgatishdir.
Darslikdagi 8-bob i.f.n. dotsent J.Jabborova tomonidan, 6-mavzu D.Shodieva
bilan hamkorlikda yozildi, glossariy esa M.Xo’jaeva va J.Majidovlar tomonidan tuzildi.
Muallif darslikning taqrizchilariga va uni nashrga tayyorlashda ko’maklashgan
N.Ikramova
va
M.O’g’lonovalarga
o’z minnatdorchiligini bildiradi hamda
o’quvchilardan kitob haqidagi taklif, muloxaza, maslahat va istaklarni kutib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |