289
Diskret annuitet -
vaqti kechikkan to’lovlardagi ketma-ketlik.
Diskret foizlar -
aniq bir davrlar bo’yicha hisoblanadigan foizlar.
Doimiy annuitet -
teng to’lovlar ketma-ketligi.
Doimiy stavka -
mohiyati vaqt bo’yicha o’zgarmasdan qoluvchi stavka.
Dou-djons industrial (sanoat) indeksi -
Nyu-York fond birjasida
hisoblanadigan ko’rsatkich; AQShdagi 30ta yirik sanoat korporatsiyalari aktsiyalari
bahosining harakatini xarakterlaydi.
Dou-djons kommunal indeksi -
Nyu-York fond birjasida hisoblanadigan
ko’rsatkich; AQShdagi 15ta gaz va elektr ta’minoti bilan shug’ullanuvchi kompaniyalar
aktsiyalari bahosining harakatini xarakterlaydi.
Dou-djons obligatsiya indeksi -
Nyu-York fond birjasida hisoblanadigan va
40ta emitent obligatsiyalari bahosining xarakatini xarakterlaydigan ko’rsatkich.
Do'stlaringiz bilan baham: