Diversifikatsiya -
ko’plab har xil qimmatli qog’ozlar o’rtasida qo’yilmalarni
taqsimlash.
Dividend -
aktsionerlik jamiyatining o’z aktsionerlari o’rtasida taqsimlanuvchi
foydasining bir aktsiyaga to’g’ri keladigan summasi yoki bir aktsiyadan olinadigan
daromaddir.
Dividend stavkasi -
bir aktsiyaga to’g’ri keladigan foyda summasining uning
nominal bahosiga nisbati.
Diler -
moliyaviy aktivlar savdosidagi vositachi; mijozning hisobiga va uning
topshirig’i bo’yicha, shuningdek, o’z tashabbusi bilan o’z hisobiga bitimlarni bajaruvchi,
bitim summasi va aktivlarni sotish va sotib olishdagi kurs farqlanishidan tushgan
foydadan mukofot haqi oluvchi shaxs.
Diskont
- qo’shilgan qiymat va boshlang’ich investitsiya qilingan kapital
orasidagi farq.
Diskontlash -
boshlang’ich (dastlabki) kapitalni qo’shilgan qiymat bo’yicha
hisoblash. Matematik diskontlash - foiz stavkasi asosida diskontlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |