Dou-djons transport indeksi -
Nyu-York fond birjasida hisoblanadigan va
AQShning 20ta transport korporatsiyalari aktsiyalari bahosining xarakatini xarakterlaydi.
Dou-djons kompleks (umumlashtiruvchi) indeksi -
Dou-Djons industrial,
transport va kommunal indekslarini birlashtiruvchi ko’rsatkich, Nyu-York fond birjasida
hisoblanadi va AQShning 65 kompaniyasi aktsiyalari bahosining xarakatini
xarakterlaydi.
Dyuratsiya
– obligatsiyaning amal qilish o’rtacha muddatini ifodalovchi
ko’rsatkich.
Do’stona veksel -
birinchi shaxs tomonidan ikkinchi shaxsga uchinchi shaxs
majburiyatlarini to’lash uchun chiqarilgan veksel.
Evropacha optsion -
bazis aktivini faqat kelishilgan sanada (kunda) yuborish
yoki sotish huquqi.
Yopiq tender ko’rinishidagi auktsion -
sotib oluvchilarning shaxsiy
ishtirokisiz ularning bergan takliflariga asosan, qatnashuvchilar taklif etgan eng yuqori
(yoki past) baho bo’yicha qimmatbaho qog’ozlarni, tovarlarni, mol-mulkni sotishning
tashkil qilinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |