Veksel egasining diskont bahosi bo’yicha joylashtirilgan daromadi -
nominal baho va qarz summasi o’rtasidagi farq.
Veksel sotib oluvchining daromadi - vekselning nominal va sotish bahosi
o’rtasidagi farq.
Vekselning yillik daromadliligi - qarz muddatidagi vekselning daromadliligini
veksel berilgan sanadan uni qoplash sanasigacha bo’lgan kunlar soniga nisbatini yildagi
kalendar kunlar soniga ko’paytirib hisoblanadi.
Garovnoma - qarzdorga tegishli bo’lgan ko’chmas mulkning garovga
olinganini tasdiqlovchi va kreditorga agar qarz o’z vaqtida to’lanmasa, garovdagi mulkni
sotish huquqini beruvchi rasmiy xujjat.