Valyuta qisqa pozitsiyasi - majburiyatlar talablardan ustun keladigan ochiq
pozitsiya.
Valyuta revalvatsiyasi - shu valyuta kursining boshqa valyutalar kursiga
nisbati.
Valyuta savati - kursi har xil tendentsiyalarga ega bo’lgan valyutalar yig’indisi.
Valyuta schyoti - huquqiy yoki jismoniy shaxslarning bankdagi chet el
valyutasi schyoti.
Valyuta tizimi - valyutaning mavjudligi va o’z vazifasini bajarishi bilan bog’liq
bo’lgan iqtisodiy va huquqiy munosabatlar to’plami.
Valyuta transferti - bir mamlakatning va chet el tijorat banklarining oldindan
kelishilgan summadagi pulni va valyutani shartnomadagi kursi bo’yicha o’zaro
almashtirish bo’yicha bank operatsiyasi.
Valyuta xavf-xatari - chet el valyutalari oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish
jarayonida ularning kursini o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan (yo’qotish) zarar ko’rish
xavfi.