Bozor stavkasi (sotish) -
qimmatli qog’ozlar bozorida haqiqiy amal qiluvchi,
bozor kon’yunkturasi aniqlaydigan stavka.
Bozorning qizib ketishi
– fond bozorida spekulyativ holatni xaddan tashqari
rivojlanishi bilan bog’liq qimmatli qog’ozlarning bozor narxini real narxida keskin uzilib
qolishi tufayli yuzaga keladigan holat.
Bonlar -
davlat xazinasi, alohida tashkilotlar, munitsipal organlar tomonidan
chiqariladigan qarz majburiyatining bir turi, ularning egalari uchun xarid qobiliyati va
to’lov vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Bordero -
bank yoki broker tomonidan tuzilgan qimmatli qog’ozlar ro’yxati.
Shu ro’yxat bo’yicha va mijoz topshirig’iga binoan oldi-sotdi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |