Baho dinamikasi indeksi
- joriy bahoning o’zidan oldingi davr yoki nominal
bahoga nisbati; koeffitsientlarda yoki foizda ifodalanadi.
Benefitsiar -
depozit yoki jamg’arma sertifikat egasi.
Bilvosita kotirovka -
milliy pul birligi qiymatini chet el valyutasi birligida
baholash.
Bimetallizm
– pul tizimi bo’lib, unda umumekvivalentlik roli ikkita asl metallar
(odatda oltin va kumush) bilan mustahkamlanadi va ularda har ikki metalldan yasalgan
tangalar cheksiz muomalada bo’lishligi ko’zda tutiladi.
Birja -
qimmatli qog’ozlar, valyuta va tovarlarning oldi-sotdisidagi vositachilar
birlashmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |