Amortizatsiya fondi
– asosiy fondlarni oddiy va kengaytirilgan tarzda ishga
tushirishga mo’ljallangan pul mablag’laridir.
Anderrayting -
qimmatli qog’ozning emitent qo’lidan birinchi investorga
o’tishi, vositachi orqali ham bo’lishi mumkin.
Anderlaing
– optsion kontakt shartlariga muvofiq sotib olish yoki sotish xuquqi
mavjud bo’lgan qimmatli qog’ozlar.
Aniq foizlar
- qisqa muddatli foizlar, 365 (366) kunga teng bo’lgan vaqt
bazasiga asosan hisoblanadi.
Anototsizm
– foizlardan foiz olish, faqat dastlabki miqdordan emas, shu bilan
birga o’tgan vaqtda oshgan foizlardan ham foiz hisoblash.
Antreprener
– 1) tadbirkor – yangi bazis (kompaniya)ga asos solishga
tavakkalchilik qiladigan shaxs; 2) ba’zi san’at turlaridagi menedjer va tadbirkor, xususiy
tomoshaxonalar (teatr, tsirk va x.k.) ish saqlab, ularnng faoliyatini ta’minlovchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |