Almashtiriladigan obligatsiya - investor boshqa emitentning qabul qilingan
miqdordagi aktsiyalariga almashtirishi mumkin bo’lgan obligatsiya.
Amortizatsiya – asta-sekin eskirayotgan asosiy fondlar qiymatini ishlab
chiqarilayotgan maxsulot qiymatiga o’tkazish. Pul mablag’larining maqsadli
jamg’arilishi va ularning keyinchalik eskirgan asosiy fondlar o’rnini to’ldirish uchun
qo’llanilishi.
Amortizatsiya ajratmalari – bu qiymatli ifodadagi asosiy fondlarning eskirish
o’rnini sekin-asta to’ldirishdir. Amortizatsiya ajratmalari to’liq va qisman tiklanishlarga,
ya’ni asosiy fondlarni kapital ta’minlashga ishlatiladi.