Aktsiya bozori kapitalizatsiyasi
– aktsiyaning bozor qiymatini muomaladagi
aktsiyalar miqdoriga ko’paytmasidan iborat.
Aktsiya xususiylik huquqini berish haqidagi xujjat –
oldi-sotdida
to’ldiriladigan, tomonlar va vositachi imzolari bilan tasdiqlanadigan belgilangan
shakldagi varaqa.
Aktsiya egasining daromadi -
dividend stavkasi asosida yoki aktsiyaning
nominal bahosi asosida hisoblangan dividend.
Aktsiya egasining jami daromadi -
dividendlar va qo’shimcha daromadlar
yig’indisi.
Aktsiya egasining qo’shimcha daromadi -
sotish bahosi va sotib olish bahosi
o’rtasidagi farq.
Aktsiya sotib oluvchi (xaridor)ning daromadi -
yillik dividend va aktsiya
sotilgan kundan dividendlar to’lash kunigacha bo’lgan kunlar soni asosida hisoblangan
dividendning bir qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |