Annuitet (moliyaviy renta) -
hamma a’zolari ijobiy miqdorlar (tushumlar)
bo’lgan, ikkita ketma-ket kelgan to’lovlar orasidagi vaqt intervallari doimiy (masalan,
obligatsiyalar bo’yicha to’lanadigan foizlar) bo’lgan to’lovlar oqimi.
Antisipativ foizlar -
foiz stavkasi bo’yicha hisoblanadigan foizlar.
Arbitraj
– bitta tovarning o’ziga qo’shilgan narxlar o’rtasidagi farqdan foyda
olish maqsadida bitta yoki bir nechta bozorlardan bir vaqtning o’zida xarid qilish va
sotish (kontraktlar) operatsiyasi.
Assignatsiya
– qog’oz pullar. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi, oltin
hamda boshqa metallarni pul sifatida muomaladan chiqarishning iqtisodiy maqsadga
muvofiqligi.
Auditor -
qimmatli qog’oz emitentlarining moliyaviy holatini tekshirish
bo’yicha mutaxassis.
Auktsion -
qimmatli qog’ozlarni yoki tovarni, mol-mulkni kim oshdi yo’li bilan
sotishning tashkil qilinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |