Korporativli obligatsiya -
ipoteka ko’rinishidagi korporatsiya mulki garovi
bilan, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni o’tkazish, har xil dastur va loyihalardan
keladigan daromadlar bilan ta’minlangan aktsionerlik jamiyatlari, xususiy korporatsiyalar
tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar.
Kotirovka varag’i -
fond birjasining qimmatli qog’ozlarning joriy bahosi,
ularning o’zgarishi va sotish hajmi haqidagi svodkasi.
Kotirovka -
qimmatli qog’ozlar yoki valyutaning kursini (bozor narxini)
aniqlash.
Kross kurs -
ko’p tarqalmagan valyutalarning ishtirokisiz ikki valyutaning
o’zaro almashtirish kursi.
Kupon -
qimmatli qog’ozning kesib olinadigan talon ko’rinishidagi qismi, u
talonda ko’rsatilgan vaqt kelishi bilan foiz summasini olish huquqini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |