Nominal stavka - foizlarning yilda bir necha marta davriy to’lanishidagi
murakkab foizlar yillik stavkasi.
Notifikatsiya - veksel ushlovchisining veksel majburiyati bo’lgan hamma
tomonlarga to’lovdan bosh tortganligi yoki vekselni aktseptlamasligi haqida bildirishi.
Obligatsiya - emitentga qarz berilganini tasdiqlovchi va egasiga qat’iy
belgilangan foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli qog’oz.
Obligatsiya egasining kupon daromadi - kupon stavkasi va qimmatli
qog’ozning nominal bahosi asosida hisoblangan foizlar.
Obligatsiya egasining qo’shimcha daromadi - qimmatli qog’ozni sotib olish
va qoplash bahosi o’rtasidagi farq bilan aniqlanadigan kapitalning qo’shimcha o’sishi
yoki kamayishi.
294
Obligatsiya egasining jami daromadi - kupon va qo’shimcha daromadning
summasi.