Moliyaviy bozor - bank, fond birjalari va boshqa moliya-kredit muassasalari
to’plami, ular orqali pul kapitali qayta taqsimlanadi.
Moliyaviy veksel (notovar) - moliyaviy operatsiyalarga xizmat ko’rsatuvchi
veksel.
Moliyaviy investitsiyalar – davlat yoki xususiy kompaniyalar tomonidan
chiqarilgan, banklar va boshqa moliyaviy muassasalarning depozit raqamiga
joylashtirilganqimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar.
Moliyaviy injiniring – moliya-kredit operatsiyalarini amalga oshirish uchun
yaroqli bo’lgan yangi moliyaviy instrumentlar va operatsiya sxemalarini ishlab chiqish.
Moliyaviy innovatsiyalar – kompaniyaning moliyaviy resurslarida samaraliroq
foydalanishga imkon beradigan moliyaviy aktivlarning yangi turlari bilan bitimlarni yoki
293
amaldagi aktivlar bilan yangi operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida qo’llaniladigan
materiallar.