Likvidli mablag’lar -
firmalarning tezda sotish mumkin bo’lgan aktivlari: pul
vositalari,
bank
depozitlari,
qimmatli
qog’ozlar, shuningdek ushbu bozor
kon’yunkturasida oson sotish mumkin bo’lgan moddiy aylanma mablag’lar.
Listing -
qimmatli qog’ozlarning sifatini baholovchi bir qator kriteriyalar
asosida birja ro’yxatiga kiritish.
Loko -
chet el valyutasi yoki qimmatli qog’ozlarning oldi-sotdi bitimi, bu bitim
bo’yicha naqd pulli hisob-kitob ushbu bitim tuzilgan birjada amalga oshiriladi.
Makler -
fond va valyuta birjalarida bitimlar tuzishdagi vositachi,
operatsiyalarni mijoz hisobiga amalga oshiradi va bitim summasidan ma’lum bir
miqdorda mukofot oladi.
Marja -
xaridor va sotuvchi narxlari o’rtasidagi farq, bitim qatnashchilarining
olishlari mumkin bo’lgan daromadlari xajmini xarakterlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |