Inflyatsiya xavfi – pul birligining sotib olish qobiliyatini pasayishi natijasidagi
zararlar.
Inqiroz – kutilmagan darajada jamiyatning barcha jabhalariga zarar keltiradigan
va yangicha faoliyat yuritishga undaydigan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy voqealikdir.
Ipoteka - ssuda olish uchun ko’chmas mulk (er, imoratlar)ni garovga qo’yish,
shuningdek, bank tomonidan ko’chmas mulkni garovga olib beriladigan ipotekali ssuda
(ipotekali kredit).
Ipotekali bank - ko’chmas mulkni garovga olib, uzoq muddatli pul ssudalari
beriladigan bank.
Ixtisoslashgan bank - ba’zi bir aniq operatsiyalar (investitsiya, ipoteka, garovga
olib qarz berish, omonatni saqlash va boshqalar)ni bajaradigan bank.
291
Ishlab chiqarish jamg’armalari rentabelligi koeffitsienti -