Vaqtinchalik (amerikacha) optsion - bazis aktivini ixtiyoriy paytda aniq bir
muddatgacha yuborish yoki sotib olish huquqi.
Veksel - muayyan miqdordagi qarzga olingan pulni belgilangan muddatda qat’iy
to’lash majburiyati yuklangan, qonun bilan qonunlashtirilgan holatda to’ldirib,
rasmiylashtirilgan qarzdorlik xujjati.
Veksel beruvchi - veksel chiqargan shaxs.
Veksel oluvchi - vekselni qabul qilgan shaxs.
Veksel prolongatsiyasi - vekselni qoplovchi va veksel egasi o’rtasidagi o’zaro
shartnoma bo’yicha vekselning amal qilish vaqtini uzaytirish.
Veksel e’tirozi - to’lov bo’lmaganligini tasdiqlovchi notarius tomonidan
tuzilgan xujjat.
Veksel egasining nominal qiymati bo’yicha joylashtirilgan daromadi - yillik foiz stavkasi, veksel va vekselning nominal bahosi chiqarilgan vaqtdan ularni
288
to’laguncha bo’lgan vaqt ichidagi kunlar asosida hisoblanadigan foizlar.