Broker imo-ishorasi - qo’l ko’tarish ishorasi bilan brokerlar qancha birja
kontraktlarini sotib olish yoki sotishga tayyor ekanliklari haqida ma’lumotlar
almashadilar.
Bronza (soxta) veksel - mavjud bo’lmagan firmalar tomonidan yoki firibgarlik
maqsadida chiqarilgan veksel.
Bik ("buqa") - qimmatli qog’ozlar bozorining ishtirokchisi, u qimmatli
qog’ozlarni sotib olib va ularni qimmatroq narxga sotish uchun bozor narxining
ko’tarilishini poylab turadi.
Byudjetdan moliyalashtrish – korxona, muassasa va tashkilotlarga ularning
sarf-xarajatlarini to’liq yoki qisman qoplash uchun davlat byudjetidan qaytarib
olinmaslik sharti bilan pul ajratish.
Valyuta - xalqaro hisob-kitoblarda foydalaniladigan mamlakatning pul birligi.
Valyuta bozori - chet el valyutasini sotish-sotib olish munosabatlarini amalga
oshiruvchi mexanizm.