Garovdagi qimmatli qog’oz -
qarzdor olgan ssudasi evaziga bankga topshirgan
qimmatli qog’oz.
Davlat obligatsiyasi -
davlat tomonidan chiqarilgan va mamlakat xukumati
tomonidan kafolat berilgan obligatsiya.
Devalvatsiya -
milliy valyuta kursining rasmiy ravishda pasaytirilishi.
Dekursiv foizlar -
hisob stavkasi bo’yicha hisoblanadigan foizlar.
Depozitariya -
har qanday qimmatli qog’ozni yoki pul mablag’ini saqlash joyi.
Ular turli (yacheyka, ombor va h.k.) ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Depozitlar -
banklarga ma’lum bir muddatga foiz asosida saqlash uchun
berilgan pul mablag’lari va qimmatli qog’ozlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |