Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik


Sotishdan  tushgan  tushum



Download 6,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/260
Sana25.01.2022
Hajmi6,07 Mb.
#408770
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   260
Bog'liq
Moliya statistikasi darslik

Sotishdan  tushgan  tushum
-xo’jalik  yurituvi  sub’ektlarning  xo’jalik-moliya 
faoliyatining  muhim  ko’rsatkichidir.  Mahsulot  ishlab  chiqarish,  ish  bajarish  va  xizmat 
ko’rsatish jarayonida qiymatga ega bo’lgan mahsulot (ish, xizmat) yaratiladi, uning tovar  
qismning hajmi sotish narxlarida baholanadi va uni sotishdan tushgan daromad, sotishdan 
tushgan  tushum  deyiladi.  Rivojlangan  xorij  mamlakatlar  statistikasida  ham  sotuvdan 
tushgan tushum (Proceeds From Sales) va buxgalteriya hisobining xalqaro standartida esa 
(standart  №  18  «Daromadlarni  qayd  qilish»)    «Daromad»  deyiladi.  Bu  ko’rsatkich 
firmalarning  moliyaviy  faoliyatining  muhim  ko’rsatkich  sifatida  qaraladi  va  uning 
hajmiga ko’ra firmalarning reytingi va faoliyat faolligi darajasi  baholanadi. 
Sotuvdan  tushgan  tushum  hajmini  hisoblash  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektda  qabul 
qilingan hisobchilik siyosati (tartibi)ga ko’ra ikki usulda amalga oshirilishi mumkin: 
a)  xaridorga  tovarning  jo’natilishi  (ishni  bajarilishi,  xizmatni  ko’rsatilishi)  va 
kontragentga tegishli hisob-kitob hujjatlarining topshirilishi (huquq tomoyili); 
b)  xaridor  tomonidan  tovar  (ish,  xizmat)  haqini  to’lanishi.  Bunda  naqd  pulsiz 
hisob-kitoblarda  korxonaga  xizmat  ko’rsatuvchi  bankdagi  hisob-kitob  raqamiga  pulni 
kelib  tushishi,  naqd  pullik  operatsiyalarda-pul  korxona  kassasiga  kirim  qilinganidan 
so’ng (iqtisodiy tamoyil). 
O’zbekiston  respublikasida  asosan iqtisodiy  tamoyilga  asoslangan  ikkinchi   usuli 
keng  tarqalgan.  Chunki,  boshqa  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  bilan  tovar  va  xizmatlar 
haqini  va  o’z  xodimlariga  mehnat  haqini  to’lash,  byudjetga  soliq  va  to’lovlar  bo’yicha 


 
249 
hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirishda jonli, real pulning ahamiyati katta. Ammo 
bu  usul  ham  kamchiliklardan  xolis  emas,  masalan,  bo’nak  (avans)  to’lovlari  mavjud 
bo’lgan sharoitda. 
Sotuvdan  tushgan  tushum  barcha  taqsimlash  ishlarining  dastlabki  bosqichi,  uning 
asosida xarajatlar qoplanadi, amartizatsiya fondi va foyda ko’rsatkichlari shakllanadi va 
hokazo. Shuning uchun bu ko’rsatkichning hajmini to’g’ri hisoblash muhim. Ma’lumki, 
hisobot  shakli  (forma  №  1-f)da  yalpi  tushum  bilan  birga  mahsulot  (ish,  xizmat)larni 
sotishdan  tushgan  sof  tushum  ko’rsatgichi  ham  keltiriladi.  Bunda  sof  tushum  =  yalpi 
tushum  –  mahsulotga  solingan  egri  soliqlar  (QQS,  aktsizlar  va  boshqa  soliq  va 
ajratmalar). Bundan ko’rninadiki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda foyda ko’rsatkichlarini 
hisoblashda  sof  tushumlar  ko’rsatkichiga  asoslanadi  (10.3-jadval).  Ma’lumki,  sotishdan 
tushgan  sof  tushum  asosida  hisoblangan  foyda  va  rentabellik  ko’rsatkichlari  tovar  (ish, 
xizmat)  ishlab  chiqarish  va  sotish  bilan  shug’ullanuvchilar  uchun  tijorat  (moliya) 
samarasi va samaradorligini baholashda qo’llaniladi. Tovar (ish, xizmat) ishlab chiqarish 
yoki investitsiya loyihasining byudjet samarasi  va samaradorligi (respublika va mahalliy 
byudjetga  keltiradigan  daromadlari)ni  o’rganishda  sotuvdan  tushgan  yalpi  tushum 
ko’rsatkichidan ham foydalaniladi. 
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarda  iqtisodiy  va  sotsial 
rivojlanishning  asosini  foyda  tashkil  etadi.  Foyda  -  bu  xo’jalik-moliya  faoliyatining 
yakuni,  samarasidir.  Foyda  korxona  (tashkilot)ning  ichki  ehtiyojlarini    qondirish  bilan 
birga  davlat  (respublika  va  mahalliy)  byudjeti  mablag’larini  to’plashda,  byudjetdan 
tashqari fondlarga ajratmalar va xayru-ehsonlar qilishning moddiy asosidir. 
Statistikada    foydaning  bir  necha    ko’rsatkichlari:  yalpi  foyda,  asosiy  faoliyatdan 
olingan  foyda,  umumxo’jalik  faoliyatidan  olingan  foyda,  soliq  to’lagungacha  olingan  
foyda, sof foyda hisoblanadi. Foyda  ko’rsatkichlarining hisoblanishi tartibi 10.3-jadvalda 
ko’rsatilgan. Bulardan tashqari respublika Vazirlar mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi  
54-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga 1-ilova va 2-ilovasida keltirilgan ko’rsatmalar 
e’tiborga  olingan  holda  soliq  solinadigan  baza  aniqlanadi  va  uning  asosida  xo’jalik 
yurituvchi sub’ektga daromad (foyda) solig’i solinadi va undiriladi. 
 
 
 
 
 
10.3-jadval  
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda sotishdan tushgan tushumni va foyda ko’rsatkichlarining 
hisoblanishi 
 (sh № 1-f asosida) 
Ko’rsatkichlar nomi 
Satr xos  
O’tgan yilning tegishli 
davrida 
Hisobot davrida 
 
raqami 
Daromad 
(foyda) 
Xarajat 
(zarar) 
Daromad 
(foyda) 
Xarajat 
(zarar) 






Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan 
tushgan tushum (yalpi tushum)  
011 
 
x  
 
x  
Qo’shilgan qiymat solig’i  
012 

 
x  
 


 
250 
Aktsizlar 
013 

 
x  
 
Boshqa soliq va ajratmalar 
014 

 
x  
 
Mahsulot sotishdan tushgan sof 
tushum [011-012-013-014] 
 
015 
 
 
x  
 
 
x  
Sotilgan mahsulot (tovar, xizmat) 
larning ishlab chiqarish tannarxi 
 
017 
 
x  
 
 
x  
 
Sotishdan olingan yalpi moliviy 
natija (015-017 satrlar) 
018 
 
 
 
 
Davr daromadi (xarajati) ja’mi 
025 
 
 
 
 
Asosiy  ishlab chiqarish 
faoliyatining  moliyaviy natijasi 
(foyda, zarar) (018+025 satrlar) 
 
026 
 
 
 
 
Moliyaviy faoliyat bo’yicha ja’mi 
daromad (xarajat)lar (027 dan 032 
gacha satrlar yig’indisi) 
 
 
034 
 
 
 
 
Umumxo’jalik faoliyatidan 
olingan moliyaviy natija (foyda, 
zarar), (026+034 satrlar)) 
 
 
035 
 
 
 
 
Favqulodda  foydalar va zararlar 
036 
 
 
 
 
Foyda solig’ini to’lashdan oldingi 
umumiy moliyaviy natija (foyda 
yoki zarar), (035+036 satrlar)  
 
037 
 
 
 
 
Foyda (daromad) solig’i 
038 
 
 
 
 
Yuqorida ko’rsatilgan moddalarga 
kirmaydigan boshqa soliq va 
ajratmalar 
 
039 
 
 
 
 
Hisobot davri sof foydasi (zarari), 
(037-038-039 satrlar)  
040 
 
 
 
 
Rivojlangan  mamlakatlar  statistikasida  firmaning  xo’jalik-moliya  faoliyatini  va 
investitsiya  imkoniyatini  bahoashda  «Pul  oqimi»  (Cash  Floy)  ko’rsatkichidan  ham 
foydalaniladi.  Pul  oqimining  hajmi  taqsimlanmagan  foyda  (korxona  balansining  passiv 
qismida)  bilan  asosiy  kapital  va  nomoddiy  aktivlarga  hisoblangan  yillik  amortizatsiya 
summasining yig’indisiga teng. Bunda BMT tomonidan ishlab chiqilgan va 1993 yilda 3-
chi  tahri  qilingan  Milliy  hisoblar  tizimi  (ba’zan  milliy  hisob-varaqlar  tizimi  ham 
deyiladi)da  amortizatsiya  ajratmalari  ishlab  chiqarish  birliklarining  amaliyot  foydasi 
(ijara  haqi,  foizlar,  amortizatsiya  va  foyda)  tarkibiga  kiritilishini  e’tiborga  olinsa,  unda 
amortizatsiya  ajratmalarini  ham  foydaning  bir  qismi,  boshqa  shaklga  o’tkazilgan  qismi 
sifatida qaralmog’i kerak. 
Respublikamizda  amal  qilinayotgan  hamma  qonun  va  qoidalarga  rioya  qilgan 
holda  foyda  summalari  aniqlangandan  so’ng,  uning  statistik  tahlili  boshlanadi.  Bu  ishni 
statistikaning  turli  metodlari  yordamida  bajarish  mumkin.  Hamma  metodlarni  qo’llash, 
ishni hajmini  oshib ketishiga olib kelishini hisobga olgan holda, biz faqat indeks metodi 
yordamida foydani tahlil qilish metodologiyasiga  to’xtalamiz. 
Ma’lumki,  yalpi  foydada  mahsulotni  (ish,  xizmatni)  sotishdan  olingan  foyda 
hissasi  juda  yuqori.  Shu  munosabati  bilan  aynan  shu  ko’rsatkichga  ta’sir  qiluvchi 
omillarni o’rganish zarur. Sotishdan olingan foydaga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilar: 
1)  sotiladigan  mahsulotni  (ish,  xizmatni)  hajmini  o’zgarishi;  2)  sotiladigan  mahsulotni 
(ish,  xizmatni)  tarkibini  o’zgarishi;  3)  sotiladigan  mahsulotni  (ish,  xizmatni)  tannarxini 
o’zgarishi;  4)  sotiladigan  mahsulotga  bo’lgan  sotish  baholarini,  ish  va  xizmatlarga 


 
251 
bo’lgan tariflarni o’zgarishi kiradi. 
Bu omillarning  foydaning umumiy summasiga ta’sirini baholash uchun, o’tgan va 
joriy  davrdagi  sotilgan  mahsulotdan  (ish,  xizmat)  tushgan  tushum  va  ishlab  chiqarish 
tannarxi  haqida  ma’lumotlar  mavjud  bo’lishi  kerak  va  bu  ko’rsatkichlarning  joriy 
davrdagisini o’tgan davr baho va tannarxida qayta hisoblash darkor. Bu ish 10.4-jadvalda 
bajarilgan. 
10.4-jadvalda  keltirilgan  ma’lumotlar  yordamida,  birinchi  navbatda  mahsulotni 
(ish, xizmatni) sotishdan olingan foyda summasi o’zgarishini aniqlaymiz.  
10.4-jadval 
Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan olingan yalpi foydaga  
ta’sir qiluvchi asosiy omillar 
Ko’rsatkichlar 
O’tgan 
davr 
Joriy davr 
Joriy davr, o’tgan 
davr  baho va 
tannarxida 
1. Mahsulot (ish, xizmat) sotishdan olingan 
sof tushum, sotish baholarida,  ming so’m. 
(qp) 
 
12650 
 
16392 
 
13662 
2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, ming 
so’m (qc) 
9614 
11802 
5876 
3. Yalpi foyda, ming so’m (f) 
3036 
4590 
7786 
 
  
1554
3036
4590
0
1







Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish